Reja: Trombotsitlar agregatsiya va adgeziya xususiyatlarini faollovchi dori vositalari
Download 173.5 Kb.
|
Qon ivishiga, qon tuqimasiga ta’sir qiluvchi dori vositalarining klinik va farmakologik tavsifi
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2.2FIBRIN TROMBLARI HOSIL BULISHINI OSHIRUVCHI DORI VOSITALARI
Etamzilat (ditsinon, siklonamin).
Farmakodinamikasi. Prostatsiklin samarasini falajlab, trombotsitlar agregatsiyasini oshiradi. To‘qima tromboplastinini ozroq faollaydi. Etamzilat kapillarlar devorida mukopolisaxaridlarning polimerizatsiyalanish jarayonini kuchaytirib, tomir devori o‘tkazuvchanligini mustahkamlaydi. Farmakokinetikasi. Etamzilat mushakka, venaga yuboriladi, ichishga berish mumkin. Dori yaxshi tarqaladi, uning bu xususiyati a’zo yoki to‘qimaning qon bilan ta’minlanishiga bog‘liq. Qon oqsili va elementlari bilan yengil bog‘lanadi. Venaga yuborilganda qon to‘xtatish samarasi 5—15 daqiqadan, mushakka yuborilganda 30—40 daqiqadan keyin boshlanadi va 1—2 soatdan keyin eng yuqori cho‘qqisiga chiqadi va 4—6 soat davom etadi, 24 soat davomida saqlanadi. Ichilganda eng yuqori samarasi 3 soatdan keyin boshlanadi. Taxminan 4 soatdan keyin ortanizmdan butunlay chiqib ketadi. Sutka davomida 3—4 marta yuboriladi. Uzaro ta’siri. Uni aminokapron kislotasi, vikasol, kalsiy xlorid bilan birga ishlatish mumkin. Boshqa dorilar bilan bitta shpritsda yuborib bo‘lmaydi. Salbiy ta’sirlari. Qatta miqdorlarda yuborilganda bosh aylanishi, bosh og‘rig‘i kuzatilishi mumkin. Ishlatilishi. Angiopatiya, kapillaropatiyalar natijasida kelib chiqadigan parenximatoz va kapillar yoki trombatsitlar vazifasi buzilishi yoki ularning soni kamayishi natijasida kelib chiqadigan qon oqishlarda samarasi yaxshi. Operatsiyalardan keyingi qon oqishlarda, burrundan, o‘pkadan, ichaklardan, bosh miya to‘qimasidan qon oqqanda ishlatiladi. 2.2FIBRIN TROMBLARI HOSIL BULISHINI OSHIRUVCHI DORI VOSITALARI Bularga trombin, fibrinogen, vitaminK preparatlari kiradi. Bular koagulopatiyalarda ishlatiladi. Samaradorligi va xavfsizligini nazorat qilish usullari. 1. Laboratoriya ko‘rsatkichlari: — LiUayt (normada 5—10 daqiqa) bo‘yicha qon oqish vaktini aniqlash; Protromboplastin vaqtini yoki PTIni aniqlash (normada 50—70%); • Trombotest, mikrokoagulyatsiya testi (norma 10— 12 soniya); — Kalsiy vaqtini (normada 90—130 soniya); — Tromboelastogramma ko‘rsatkichlari; — Qon plazmasining geparinga sezuvchanligini aniqlash (normada 135 soniya). Siydik va axlatda eritrotsitlar borligini aniqlash (Gregersen sinamasi). Klinik ko‘rsatkichlar — yumshoq to‘qimalarga qon quyilish belgilarini va ichki a’zolardan qon ketishini aniqlash. Trombin. Farmakodinamikasi. Donor qonidan olinadigan proteolitik ferment. Fibrinogen molekulasidagi arginilglikol orasidagi maxsus bog‘ni uzadi va molekula yadrosidan manfiy zaradli A va B fibrinopeptidni uzadi. Natijada elektrostatik itarish kuchlari susayadi va kalsiy ishtirokida fibrin polimeri hosil bo‘lishiga imkon yaratiladi. Bundan tashqari, trombin polimeri fibrinni «tikuvchi» va trombotsitlar yuzasidagi maxsus qurilmalarni katalizlovchi jarayonni boshqaruvchi XIII plazma omilini faollashtiradi. Farmakokinetikasi. Trombinni mahalliy ingalatsiya yo‘li bilan va og‘iz orqali kiritish mumkin. Ampuladagi dori natriy xloridning izotonik eritmasida yoki epsilonaminokapron kislotasida eritilib, kuniga 3—4 marta ichishga beriladi. Trombinning chiqib ketishi antitrombin III ta’sirida va qon tomiri endoteliysi yuzasida joylashgan maxsus oqsil trombomodulin bilan birikib kompleks hosil qilish yo‘li bilan organizmda eliminatsiyaga uchraydi. Uzaro ta’siri. Trombinni epsilonaminokapron kislotasi va androkson bilan birga ishlatish mumkin. Ishlatilishi. Qon oqishlarni to‘xtatish uchui, ichki a’zolardan va nafas yo‘llaridan qon oqkanda ingalatsiya bilan kiritiladi. Fibrinogen. Venaga yuboriladi va maxalliy ishlatiladi. Venaga yuborishdan oldin maxsus erituvchi (bidistillangan suv) da eritiladi va 25—Zb^S gacha isitiladi, so‘ngra venaga yuboriladi. Sutka davomida tomchilab bir marta quyiladi. O‘zaro ta’siri. Uni qon ivish jarayoniga ta’sir qiluvchi boshqa dorilar bilan ishlatish mumkin. Ishlatilishi. 1. Fibrin pardasi ko‘rinishida qon oqayotgan joyga qo‘yiladi; 2. Gipo yoki afibrinogenemiya holatlari (yo‘ldoshning vaqtidan oldin ko‘chishi, DVS sindrominiig II va III bosqichlari); 3. Proaktivatorga boy a’zolarda jarrohlik (upka, prostata bezi) operatsiyalaridan keyin; fibrinolitik moddalar ortiqcha yuborilganda; ko‘p miqdorda donor qoni va qon o‘rnini bosuvchi suyuqliklar quyilganda; 4. Agemofiliyada, chunki gemofiliyaga qarshi globulin A (VIII omil) tutuvchi fibrinogen preparati bor. K vitamini preparatlariga; fitomenadion, vikasol kiradi. Vitamin Ki (filloxinon) o‘simliklardan tayorlangan ovqat moddalari va K2 (menaxinon) hayvonot mahsulotlari bilan organizmga kiradi va ayrim ichak bakteriyalarini sintez qilishi bilan farqlanadi. Tabiiy Ki (trans ko‘rinishi) sintetik olingan fitomenadion (trans va sisizomerlar aralashmasi) ratsemat bo‘lib, Ki vitamini biologik xususiyatlarini saqlaydi. Vikasol ham K vitamini sintetik o‘rnini bosuvchi dori, farqi u suvda eriydi va Q3 vitamini (menadion) deb qaraladi. Vikasolning qon oqishini to‘xtatishi uning jigarda parchalanishidan hosil bo‘ladigan Ki va 1<2 vitaminlariga bog‘liq bo‘lib, shu sababli uning qon to‘xtatuvchi samarasi astasekin kuzatiladi. Vikasol kuchli oksidlovchi xususiyatga ham ega. Farmakodinamikasi. K vitamini faqat organizmdagina (probirkada emas) qon ivish jarayoniga ta’sir qiladi. Buning sababi K vitamini organizmda gidroxinonepoksid xinon yo‘nalishida birinketin hosil bo‘lib turadi. Gidroxinonepoksid ko‘rinishidagi shakli turli oqsillar tarkibidagi glutamin kislota koldig‘ini karboksillovchi karboksilaza fermentini faollaydi. Shundan keyin bu sqsillar faollanadi, shu yo‘l bilan qon ivishida ishtirok etuvchi (PprotromVllprokonvertin, IXBgemofiliyaga qarshi globulin, Xtrombotropin) hamda S va S proteinlar (qon ivishini susaytiruvchi xususiyatli) va kalsiyni bog‘lab oluvchi (KBO), qon zardobidagi, ichak devoridagi, buyraklar kanalchalaridagi modda (osteokalsin) lar faollanadi. Vitamin K yetishmasa qon ivishida faol qatnashadigan oqsillar hosil bo‘lsada, nofaol ko‘rinishda (ya’ni akarboksi II, VII, IX, X omillar) bo‘ladi. (akarboksi II protombinga qaramaqarshi xususiyatga ega). Faollangan S va S proteinlar trombotsitlar, endoteliy hujayralari yuzasidagi fosfolipidlar bilan birikib proatsellerin (Va) va Agemofiliyaga qarshi globulin (Villa) plazma omillarini faolsizlantiradi va qon oqishni to‘xtatadi. Bir vaqtning o‘zida ular to‘qimalar aktivatori plazminogenni faolsizlantiruvchi omillarni falajlab, plazminogenning endoteliydan chiqishini ko‘paytiradi, bu esa o‘z navbatida fibrinolizni kuchaytiradi. Normada vitamin K ning bu xususiyati o‘zini namoyon qila olmaydi. Biroq vitamin K raqobatchilari (neodikumarin va boshqalar) ko‘payib ketganda bu mexanizm o‘zini ko‘rsatishi va qon oqishi kuchayishi mumkin. Vitamin K ning organizmdagi yana bir biologik axamiyati shuki, u nafas olish zanjirida vodorod ionining NADN dan KoQ ga o‘tishiga, flavoprotein I (NADN degidrogneza ishtirokisiz) kechishiga yordam beradi. Shu yo‘l bilan u mitoxondriylarda ATF hosil bo‘lishini osonlashtiradi. K vitamini ishtirokida albuminlar, miofibril oqsillar, qon tomirlarining elastiklik omillari hosil bo‘lishi aniqlangan. Farmakokinetikasi. fitomenadion ovqatdan 30 daqiqa oldin ichishga, vikasol esa ichishga, venaga, mushakka yuboriladi. Vikasol oshqozonichak tizilmasida sekin, fitomenadion esa tez so‘riladi, ammo uning o‘zlashtirilishi uchun safro va yog‘lar kerak bo‘ladi. Fitomenadion ichilgach qonda 30 daqiqadan keyin paydo bo‘ladi, eng yuqori miqdori 2—8 s dan keyin kuzatiladi. Vikasol o‘zi emas, balki uning tabiiy metabolitlari, Ki va K2 vitaminlari ta’sir etadi, shu sababli uning ta’siri 24 soatdan keyin kuzatiladi. Bular ishlatilayotganda PTI ko‘rsatkichi o‘zgarmasa, qon oqishni boshqa yo‘l bilan to‘xtatishni o‘ylab ko‘rgan ma’qul. Bular yo‘ldoshdan yomon o‘tadi, sutga esa yaxshi o‘tadi, Dori ichish to‘xtatilgach ularning ta’siri 3—5 kungacha saqlanadi. Ular jigarda metabolizmga uchrapdi, metabolitlari siydik, safro suyuqligi orkali chiqariladi. Sutka davomida 3—4 marta beriladi. Uzaro ta’siri. Q vitaminini atsetilsalitsilat kislotasi, II va III avlod sefalosporinlari, PASK, neodikumarin, fenilinlar bilan birga berib bo‘lmaydi (raqobatchi). K vitamini agregantlar, fibrinoliz ingibitorlari (epsilonaminokapron) bilan birga ishlatilganda ularning qon to‘xtatish samarasi ortadi. Salbiy ta’sirlari. Vikasol oksidlovchi bulganligi sababli katta miqdorlarda yuborilganda yoki to‘planib qolgan holatlarda eritrotsitlarni gemoliz qiladi yoki qonda metgemoglobin hosil bo‘lishiga sabab bo‘ladi. Ayniqsa, eritrotsitlardagi qaytalanish jarayonlarida ishtirok etuvchi glukoza6fosfatdegidrogenazalar, glutationreduktazalar yetishmaganda (enzimopatiya) yoki chaqaloqlarda eritrotsitlar tezda oksidlanish (fetal) xususiyatiga ega bo‘ladi. Shuningdek, megemoglobinreduktaza yetishmovchiligida vikasolning jigardagi biotransformatsiyasi sekinlashadi. Gemolitik sariqlik belgilari bor bemorlarga vikasol berilmaydi, bunday bolalarda eritrotsitlar busiz ham gemolizga beriluvchan bo‘ladi. Fitolinadon bu hodisalarga sabab bo‘lmaydi. Vitamin K preparatlari trombotsitlar funksiyasini buzadi, shu sababli uning preparatlarini trombotsitopeniya va trombotsitopatiyasi bor bemorlarga berib bo‘lmaydi. Ishlatilishi. 1. Vitamin K homiladorlikning oxirgi 2haftasida, emizikli onalarga va yangi tug‘ilgan bolalarga profilaktik maqsadlarda beriladi. 2. Chaqaloqlarda uchraydigan idiopatik yoki homiladorlik davrida onaning neodikumarin, rifampitsin qabul qilishi natijasida kuzatiladigan erta qon oqishlarda tavsiya etiladi. 3. Tug‘ilgandan keyin 2—5 hafta ichida uchraydigan (bolaning sifatli ovqatlanmasligidan, jigar yoki o‘t yo‘llari kasalliklaridan kelib chiqadigan kasallik) qon oqishlarda. 4. 1 oylikdan oshgan chaqaloqlarda (bolalar ovqatida K vitamini yetishmasligi, bolalarda uzoq ich ketishidan, mukovissidoz, o‘t yo‘llari tiqib qolishidan, gepatitlardan, antikoagulyantlar yoki antibiotiklar olayotgan bolalarda uchraydigan) qon oqishlarda. 5. Jarrohlik operatsiyalaridan oldin va keyin, qon almashtirish maqsadida donor qonini quyishdan keyin. 6. Protrombin (II) va prokonvertin (VII) omillaridan kelib chiqqan qon oqishlarda (soxta gemofiliya), 7. K vitamIni antagoyystlari IshlatylgayiDan kyolib chiqqan mushak quvvatsizligi, ichak atoniyasi, yurak yetishmovchiliklarida. 8. Raxitda tavsiya etiladi. 2> Download 173.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling