Reja: Tutash avlodlar iqtisodiy o*sish modelida jamg‘arishning mohiyati va omillari Uy


Download 315.85 Kb.
bet2/10
Sana23.04.2023
Hajmi315.85 Kb.
#1387935
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
3-mavzu Tutash-avlodlar iqtisodiy o`sish modeli

Ijtimoiy-madaniy sohadagi jamg‘arish (noishlab chiqarish jamg‘arishi) uy-joy fondini, kasalxonalar, o‘quv muassasalari, madaniyat, sog‘liqni saqlash, sport muassasalari, ya’ni nomoddiy soha va tarmoqlarni kengaytirish, rekonstruksiyalash, yangilashga sarflanadi. Noishlab chiqarish sohasini kengaytirish ham ishlab chiqarishni rivojlantirishning zarur shartidir.
Jamg‘arish summasi, uning hajmi va tarkibi takror ishlab chiqarish sur’atlarini belgilab beradigan hal qiluvchi omillardir. Jamg‘arish ııoroıasi bevosita jamg‘arish so’mmasining butun milliy daromad hajmiga nisbati bilan aniqlanadi:
EN —— {JSIMO) 10tP/«,
bunda: IN - jamg‘arish normasi; JS - jamg’arish so’mmasi;
MD - milliy daromad.
Jamg‘arish normasining ham o‘z chegarasi bo‘lib, uni me’yoridan oshirish iqtisodiy jihatdan samarasiz bo‘1ib chiqishi va salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin. Masalan, uning haddan tashqari ortishi natijasida iste’mol fondining hajmi kamayishi, investitsion sarflar samaradorligi pasayib ketishi mumkin, chunki kapital mablag‘lar hajmi bilan qurilish tashkilotlarining quvvatlari, materiallar va uskıınalar yetkazib berish imkoniyatlari, infratuzilmaning rivojlanishi o‘rtasida nomutanosiblik paydo bo‘ladi. Oqibatda iqtisodiy o‘sish pasayib ketish tamoyiliga ega bo‘ladi.
Jamg‘arish hajmi milliy daromadning bir qismini tashkil etadi va shu sababli milliy daromad hajmi ko’payishini belgilaydigan omillar jamg‘arish miqdorini ham belgilab beradi. Bu omillardan asosiysi qo‘1laniladigan resurslar massasi va ularning unumdorligidir. Jamg‘arish miqdori ishlab chiqarish jarayonida xomashyo, materiallar, energiyani tejab-tergab sarflashga ham bog‘1iq. Mahsulot birligiga ularni sarflashni kamaytirish moddiy vositalaming o‘sha miqdorida mahsulotlami ko‘proq hajmda ishlab chiqarishga imkon beradi.



3. J-ras zzs Jamg’arma va iovestitsiya o’rtasidagi muvozanatning kfassik modeli
Klassik iqtisodchilar nuqtai nazaridagi eng markaziy holat — bu ular tomonidan foiz stavkasining ham investitsiyaning, ham jamg‘armaning funksiyasi sifatida qaralishi hisoblanadi.
Rasmdan ko‘rinadiki, klassik modelni tuzishda tik o‘q bo‘yicha real foiz stavkasi, yotiq o‘q bo‘yicha esa jamg‘arma va investitsiya hajmi ko‘rsatkichlari joylashtirilgan. Investitsiya va foiz stavkasi o‘rtasida teskari funksional bog‘liqlik mavjud: foiz stavkasi qanchalik yuqori bo‘lsa, investitsiya hajmi shu qadar past bo‘ladi va aksincha. Jamg‘arnia esa to‘g‘ri, o‘suvchi funksional bog‘liqlikka ega, ya’ni foiz stavkasining yuqori bo‘lishi jamg‘arma darajasining ham yuqori bo‘lishiga olib keladi.
Iqtisodiyotdagi investitsiya va jamg‘arma hajmlari o‘rtasida muvozanat (E nuqta)ga erishish uchun foiz stavkasining ro darajasi ta’minlanishi lozim. Foiz stavkasi darajasining muvozanat darajasidan shetlanishi (r; past varz yuqori bo‘lgan holatlar) investitsiya va jamg‘arma hajmi o‘rtasidagi muvozanatning buzilishiga olib keladi. Foiz stavkasining ri darajasida investorlar uchun qulay narxlarning vujudga kelishi investitsion resurslarga bo‘lgan talabni oshiradi, biroq bunday darajada jamg‘arma uchun rag‘bat pasayib ketadi. Natijada investitsion resurslar taqchilligi paydo bo‘ladi. r2 darajada esa barcha subyektlar uchun jamg‘armaning nafliligi oshadi, biroq bunday foiz darajasida barcha investorlar ham o‘z faoliyatining foydaliligini ta’minlay olmaydilar. Natijada jamg‘armaning ahamiyatli qismi investitsiyalarga aylana olmaydi.
Keynschilaming investitsiya va jamg‘arma o‘rtasidagi muvozanat modeli o‘z tuzilishiga ko‘ra klassik modeldan farq qiladi. Bunda eng markaziy nuqta — J.M.Keyns tomonidan jamg‘arma foiz stavkasining emas, balki daromadning funksiyasi deb qaralishi hisoblanadi: S —— S(Y) . Investitsiya esa, klassik modeldagi singari, foiz stavkasining funksiyasi deb olinadi: Z = ?(r). Ya’ni, keynscha konsepsiyaning asosida jamg‘arish va investitsiya darajalarining boshqa-boshqa omillar ta’sirida o‘zgarishi yotadi. Keynscha modelning mohiyatini quyidagi rasm orqali izohlash mumkin (10.3-rasm).
s3
0
3.2-rast Jamg’arma vii investitsiya o’rtasidagi muvozanaming keynscha modeli

Rasmdan ko‘rinadiki, grafik ko‘rsatkichlarining joylashuvi ham klassik modeldan farq qiladi. Tik o‘qda jamg‘arma (S) va investitsiya



  1. darajasi, yotiq o‘qda esa milliy daromad darajasi (NI) joylashgan. Iqtisodiyotdagi jamg‘arma darajasi milliy daromad hajmiga bog‘liq holda o‘zgaradi. Milliy daromad hajmi amalda investitsiya darajasiga ham ta’sir ko‘rsatsa-da, mazkur modelda uni milliy daromadga bog‘liq bo‘lmagan, ya’ni avtonom holda beriladi. Grafikda investitsiya va jamg‘arma egri chiziqlari e nuqtada kesishadi. Agar iqtisodiyotdagi to‘la bandlik holatiga milliy daromadning F darajasida erishiladi, deb tasavvur qilsak, u holda bu darajada investitsiya va jamg‘arma muvozanatini (Er nuqta) ta’minlash uchun investitsiya IF darajada bo‘lishiga erishish lozim bo‘1adi. Biroq, Keyns talqiniga ko‘ia, investitsiya va jamg‘arma darajasining muvozanati to‘la bandlik bo‘lmagan sharoitda hann ta’minlanishi mumkin: grafikdagi milliy daromadning N hajmida aynan shu holatga (E nuqta) erishiladi.

Investitsiya va jamg‘arma darajalari muvozanatining klassik va keynscha modellari o‘rtasidagi farq quyidagilar orqali namoyon bo‘ladi: birinchidan, klassik modelda bu muvozanat ro‘y berishi uchun iqtisodiyotning doimiy ravishda to‘la bandlik holatida bo‘lishi taqozo etiladi. Keynscha modelda esa, yuqorida ko‘rib chiqilganidek, bu muvozanatga to‘1a bandlik bo‘1magan holatda hann erishish mumkin; ikkinchidan, klassik modelda narx mexanizmi juda harakatchan bo‘ladi. Keynscha modelda narxning bunday moslashuv- chanligi inkor etiladi; uchinchidan, yuqorida ta’kidlanganidek, klassik modelda jamg‘arma foiz stavkasining funksiyasi sifatida, keynsvha
modelda esa daromad funksiyasi sifatida qaraladi. Demak, yuqoridagilardan ko‘rinadiki, jaing‘arma va investitsiya o‘rtasidagi muvozanatning keynscha modeli klassik modelga nisbatan asoslangan, real hayot, ya’ni iqtisodiyotning to‘la bandligi mavjud bo lmagan holatga nisbatan ham tatbiq etilib, takomillashtirilgan modet hisoblanadi. Shunga ko‘ra, biz ham makro darajadagi boshqa muammolarni ko‘rib chiqish va tahlil qilishda, asosan, ushbu modeldan foydalanamiz.

    1. Download 315.85 Kb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling