Reja: Tutash avlodlar iqtisodiy o*sish modelida jamg‘arishning mohiyati va omillari Uy


tarmoq va fîrmaning tashqi raqobat ustunliklariga quyidagilar


Download 315.85 Kb.
bet7/10
Sana23.04.2023
Hajmi315.85 Kb.
#1387935
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
3-mavzu Tutash-avlodlar iqtisodiy o`sish modeli

tarmoq va fîrmaning tashqi raqobat ustunliklariga quyidagilar kiradi:

      • mamlakat raqobatbardoshligining yuqori darajasi;

      • kichik va o‘rta biznesning davlat tomonidan faol qo‘llab- quvvatlanishi;

  • mamlakat iqtisodiyoti faoliyat ko‘rsatishining sifatli huquqiy tartibga solinishi;

  • jamiyat va bozorlarning ochiqligi;

  • mamlakat iqtisodiyotini boshqarishning yuqori ilmiy darajasi;

    • standartlashtirish va sertifikatlash milliy tizimining xalqaro tizim bilan uyg‘unlashuvi;

    • fan va innovatsiya faoliyatining davlat tomonidan tegishlicha qo‘llab-quvvatlanishi;

    • mamlakatni boshqarishni axborot bilan ta’minlashning yuqori sifati;

    • mamlakat ichida va jahon hamjamiyati doirasida integrat- siyalashuvning yuqori darajasi;

    • mamlakatda past soliq stavkalari;

    • qulay va arzon resurslarning mavjudligi;

    • mamlakatda boshqaruv kadrlarini tayyorlash va qayta tayrorlashning sifatli tizimi va boshqalar.

rarmnq f irzria)ning ichki raqobat ustunliklariga quyidagilar
mr z ‘-

    • tovarga bo‘lgan yuqori ehtiyoj;

    • jamlash, ixtisoslashuv va kooperatsiyaning optimal darajasi;

    • boshqaruvning yuqori sifatli axborot va me’yoriy—uslubiy asosi;

    • yetkazib beruvchilarning raqobatbardoshligi;

    • sifatli xomashyo va boshqa resurslardan foydalanish imkoniyatining mavjudligi;

    • resurslardan foydalanish samaradorligini optimallashtirish ishlarining bajarilishi;

    • tub yangiliklaming yuqori darajasi (patentlangan tovar, texnologiyalar, axborot tizimlari va h.k.),

    • menejerlarning raqobatbardoshligi;

    • tovarning eksklyuzivligi;

    • ko‘p ilm talab qiluvchi tovarlar eksportining yuqori ulushi;

    • raqobatbardosh tashkilotlar va tovarlarning yuqori salmog‘i va boshqalar;

Mamlakat faoliyat ko‘rsatishining umumiy ko‘rsatkichlariga o‘z ichiga YAIM, aholi, aholi jon boshiga YAIM, aholi jon boshiga YAIMning real o‘sishi, ishsizlik darajasi hamda aholining bandligi ko‘rsatkicNarini oladi. Xalqaro tashkilotlar (banklar)ga esa o‘z navbatida Jahon banki (JB) ning biznesni rivojlantirishga investitsiyalarining samaradorligi, Jahon bankining mamlakatni
ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga investitsiyalarining samaradorligi, Xalqaro valuta fondi (XVF)ning biznesni rivojlantirishga investitsiya- larining samaradorligi, XVFning mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga investitsiyalarining samaradorligi, Mintaqaviy Tiklanish va taraqqiyot banklari (TTB)ning biznesni rivojlantirishga investitsiyalarining samaradorlig, Mintaqaviy TTBning mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga investitsiyalarining samaradorligi kiradi.
Jahon Iqtisodiy Forumining metodikasiga muvofiq har bir mamlakat uchun iqtisodiy o‘sish nuqtai nazaridan eng muhim bo‘1gan makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar asosida o‘lchanadigan o‘zining raqobatbardoshlik indeksi ishlab chiqiladi.
Mamlakat raqobatbardoshligi omillari (ko‘rsatkichlari)ning tahlili milliy iqtisodiyotlar rivojlanishning jahon tendensiyalaridan kelib chiqqan holda ular ichidan mamlakat iqtisodiyotining rivojlanishiga va uning raqobatbardoshligini oshirishga katta ta’sir ko‘rsatuvchi asosiylarini aniqlash imkonini beradi, xususan inson salohiyatini rivojlantirish (ta’1im, sog‘1iqni saqlash, ijtimoiy soha), fan-texnika inqilobi, innovatsiyalarni rivojlantirish va h.k.
Mamlakatning raqobatbardoshligini baholash uchun dastlab axborotni yig‘ish va uning ishonchliligini tekshirish, so‘ngra keyingi bosqichda mamlakat unga intilisbi lozim bo‘lgan raqobatbardoshlik darajasining me’yorlarini belgilash zarur. Ushbu holatda biz milliy iqtisodiyotning raqobatbardoshligini oshirish uchun qaysi yo‘nalshda ish olib borish lozimligini aniqlash maqsadida jahondagi eng yaxshi hisoblangan me’yorlarni ko‘zda tutish lozim.
Shuni ta’kidlash lozimki, turli ko‘rsatkichlar jahondagi eng yaxshi ko‘rsatkichlarga qaraganda katta yoki kichik qiymatga ega bo‘lishi mumkin, chunki har bir mamlakat o‘z xususiyatiga va mamlakat uchun qandaydir optimal qiymatga ega, ya’ni mamlakat barcha ko‘rsatkichlar bo‘yicha raqobatbardosh bo‘lishi mumkin emas.
AQSH misolida ko‘rgazmali hisob-kitoblami amalga oshiramiz. Nima uchun biz ushbu mamlakatni tanladik? Buning bir necha sabablari mavjud: birinchidan, bu jahonning bozor iqtisodiyotiga ega bo‘lgan eng rivojlangan mamlakati, ikkinchidan, so‘nggi yillarda u JIFning jahonda mamlakatlarning raqobatbardOShligi bo‘yicha reytingida yuqori mavqelarni egallagan. Aynan AQSHda iqtisodiyot-
ning raqobatbardoshligini oshirish bo‘yicha 2015-yilgacha mo‘ljal- langan strategik dasturlar qabul qilinganligi va AQSH ma’muriyati tomonidan mazkur dasturlarning amalga oshirilishiga juda katta e’tibor qaratilishi ham muhim omil hisoblanadi. Ushbu dasturlarda barcha ko‘rsatkichlami, ayniqsa inson saJohiyatini rivojlantirish va ITTKI bo‘yicha ishlarni ko‘paytirishga doir ko‘rsatkichlami yaxshilash chora- tadbirlari ko‘zda tutilgan.
Ko‘rsatkichlarning ushbu tarkibidan dastlabki uchtasi eng muhim, chunki ular jamiyat rivojlanishining harakatlantiruvchi kuchi hisoblanadi, demak, ular milliy iqtisodiyotning rivojlanish darajasini belgilab beruvchi strategik ko‘rsatkichlardir. Lekin ko‘rsatkichlar qiymatini baholashda «Mamlakat aholisi turmushining sifati» ko‘rsatkichini biz jamiyatni rivojlantirishdan maqsad aholining farovonligini oshirishdan iboratligidan kelib chiqqan holda uchinchi ko‘rsatkichdan yuqoriga qo‘ydik. Shunday qilib, mamlakat aholisi turmushining sifati muhim samarali ko‘rsatkich hisoblanadi.
Iqtisodiyotni globallashtirish va baynalminallashtirish davrida uning samaradorligi va ishlab chiqarilayotgan mahsulot talabgir- ligining yagona mezoni bo‘lib raqobatbardoshlik hisoblanadi. Hozirgi vaqtda «raqobatbardoshlik» tushunchasining yagona ta’rifi mavjud emas. Ushbu tushuncha talqinlarining ko‘p bo‘lishi ehtimolini belgilab beruvchi asosiy omillar —bu iqtisodchilarning turli xil boshlang‘ich pozitsiyalari hamda ishlab chiqaruvchi sifatida faqat alohida korxona, tarmoq yoki butun iqtisodiyotning ko‘rib chiqilishidir. Raqobatbar- doshlik — nisbiy tushuncha, chunki bir turdagi bozorlarda muvaffaqiyatli raqobatlashuvchi tovar boshqa bozorlarda umuman raqobatbardosh bo‘lmaydi. Bu hoI tashqi va ichki bozorlarda raqobatbardoshlikni chegaralash zaruratini keltirib chiqaradi. Shunday qilib, raqobatbardoshlik sohasida umumiy konsepsiyani shakllantirish uchun mazkur holatning barcha tomonlarini hisobga olish lozim. Biroq qator mamlakatlar tajribasiga ko‘ra ichki bozordagi raqobat xalqaro raqobatning asosi hisoblanadi.
3.1-jadval
Mamlakat raqobatbardoshligining taxminiy ko‘rsatkichlari va me’yorlari’






Download 315.85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling