Respublika ilmiy-amaliy anjumani
Download 4.27 Mb. Pdf ko'rish
|
Konfirensiya to\'plam Termiz 23-24.07.2023 (2)-страницы-1
“Informatika va axborot texnologiyalarining dolzarb muammolari”
RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI “Informatika va axborot texnologiyalarining dolzarb muammolari” 123 ko‘nikmalari bo‘ladi. Boshqa tarafdan hayot ko‘nikmasi faqat maktab va universitetlar hayotida emas, balki barcha sohalarda muhim sanaladi. (Botvin & Kantor) Shuning uchun ish beruvchi insonlar barcha sohalar uchun hayotiy ko‘nikmaga ega bo‘lgan ishchilarni kutishadi. Yuqoridagilardan kelib chiqib shuni ta’kidlash kerakki, hayotiy ko‘nikmani rivojlantirish uchun ta’lim dasturlariga turli xildagi qo‘shimcha mashg‘ulotlarni kiritish lozim.( Mone). Olib borilgan izlanishlar shuni ko‘rsatadiki, o‘qituvchilar hayot darslarini o‘qitishda juda muhim rol o‘ynaydi. Hayot ko‘nikmalarini o‘qitishdagi yo‘llardan biri studentlarning kelajak uchun ishonchini oshirishda har qanday salbiy harakatlardan ular ongini yiroqlashtirish va ijobiy harakatlar bilan o‘quvchilarni ruhlantirishdir.(Ibrahhon) Bu jarayon davomida o‘qituvchi va ota-onalar bolalarga hayot bilimlarini o‘qitishlari uchun avvalo ularning o‘zlari dastlabki tushunchaga ega bo‘lishlari kerak. Ular bolalarni turli xizmat ko‘rsatish ishlari bilan shug‘ullantirish orqali hayot haqidagi bilimlarini to‘ldirib borishga undashi kerak. Bu jarayon bolalarning kelgusidagi ishlari uchun kerak bo‘ladigan hayotiy ko‘nikmaning shakllanishiga yordam beradi. Shuning uchun o‘qituvchilar har ikkala usul: hayot bilimlarini o‘qitish va uni amalda qo‘llash borasida yetarli tajribaga ega bo‘lishlari lozim. Bugungi kunta’lim tizimidagi o‘qituvchi va olimlar hayot bilimlarini orttirish va ularning ta’sir darajasini har tomonlama o‘rganishgan. Shuning uchun ham ular hayot ko‘nikmalari haqidagi izlanishlarini quyidagi savollar orqali olib borishadi. 1. Hayot ko‘nikmasining mazmuni nima? 2. Qanday hayotiy bilimlar o‘quvchilar tomonidan o‘zlashtirilishi kerak? 3. Hayotiy bilimlarni o‘rganish nima uchun muhim? 4. Qanday o‘quv dasturlari o‘quvchilarning hayot bilimlarini orttirishda muhim sanaladi? 5. O‘quvchilar hayotiy bilimlarini o‘rganish uchun qanday turdagi mashg‘ulotlar va manbalardan foydalanishlari kerak? 6. Hayot bilimlarini o‘qitishda qanday qonunlarga amal qilish kerak 7. O‘qituvchilarga hayot bilimlarini o‘qitish bilan bog‘liq qanday mahorat kerak bo‘ladi? 8. Hayotiy bilimlarni o‘rgatish bilan bog‘liq qanday muammolar yuzaga kelishi mumkin? 9. Hayot bilimlarini o‘qitishda qanday mashg‘ulotlarni o‘tkazish va muammolarga qanday yechim topish kerak? Ushbu noananaviy ta’lim dasturining asosiy maqsadi o‘quvchilarning turli ma’lumotlar haqidagi fikr mulohaza va tajribalarini namoyish etishdan iborat. Dastur tushuncha yoki hodisalar haqidagi tajribalarning mohiyatini oddiy usulda ta’riflab beradi. Asosiysi insonlarning sodir bo‘layotganhodisalarni qanday qabul qilishi va bu jarayonda o‘zini qanday his qilishidadir. Izlanishdagi xulosar quyidagicha; Muammolarni yecha olish, qaror qabul qila olish, tanqidiy fikrlash,o‘ziga nisbatan ishonch, hamkorlik va hamjihatlik. Bu turdagi o‘qitish dasturining asosiy maqsadi fan o‘qituvchilarining hayotiy bilim darajasini aniqlash va o‘quvchilarda bu bilimni o‘stirish uchun turli manbalardan 2 4 .6. 2 02 3 “Informatika va axborot texnologiyalarining dolzarb muammolari” RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI “Informatika va axborot texnologiyalarining dolzarb muammolari” 124 foydalanishda o‘qituvchilarning roli va malakasining ahamiyatini ko‘rsatib berishdan iborat. Yuqoridagi barcha ma’lumotlar asosan tarkibni tahlil qilish orqali tekshiriladi. Tarkibni tahlil qilish ma’lumotlarni chuqur anglash va tegishli tushunchalarni analiz qila olish imkonini beradi. Turk ekspertlari tomonidan so‘rovlar asosida yozib olingan intervyular shuni ko‘rsatadiki, matnlar mualliflar tomonidan o‘qituvchilar uchun kodlanadi. O‘zaro bog‘liq kodlar o‘xshash va farqli tomonlariga ko‘ra tasniflandi. Tadqiqotchilar esa ma’lumotlar qaysi mavzular bo‘yicha yig‘ilgan va taqdim etilganligi to‘g‘risida qaror qabul qilishadi. Shunga ko‘ra, tadqiqotning ishonchliligi 0,97foiz ekanligi aniqlandi. Yuqorida aytib o‘tilganidek, tadqiqot fan o‘qituvchilari va sinf o‘qituvchilarining yondoshuvlari va ularning hayotiy ko‘nikmalarini aniqlashga qaratilgan.Ushbu analiz 9 ta kategoriyani o‘z ichiga oladi. 1. Hayotiy ko‘nikmalarni aniqlash - Sifatli hayotni saqlab qolish qobiliyati - Qiyinchiliklarni yengish - O‘qishni doimiy faoliyatga aylantirish 2. Har bir shaxs tomonidan olinadigan hayotiy ko‘nikmalar - Qaror qabul qilish va tanqidiy fikrlash qobiliyati - Muloqot va shaxslararo ko‘nikmalar - Boshqalarni va o‘zini o‘zi boshqarish qobiliyati 3. Hayotiy ko‘nikmalarning mavjudligi - Iqtidorli odamlarda - Iqtidorli jamiyatda 4. Hayotiy ko‘nikmalarni takomillashtirish bo‘yicha ilmiy ta'lim dasturlari ijobiy fikrlar va salbiy qarashlar 5. Hayotiy ko‘nikmalarni orttirishdafaoliyat va manbalar davomiyligi - Sinf faoliyati - Boshqa tadbirlar - Manbalar 6. Hayotiy ko‘nikmalarni egallashda o‘qituvchilarning roli - Shaxsiy rollar - Professional rollar 7. O‘qituvchilarning hayotiy ko‘nikmalarini egallashdagi vakolatlari - Kompetentlik 8. Hayotiy ko‘nikmalarni egallash bilan bog‘liq muammolar - Ota-onalar - O‘qituvchilar - Ta’lim dasturi - Ta’lim tizimi - Maktab boshqaruvi - O‘quvchi - Jamiyat 2 4 .6. 2 02 3 “Informatika va axborot texnologiyalarining dolzarb muammolari” RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI “Informatika va axborot texnologiyalarining dolzarb muammolari” 125 9. Yechimlar va taxminlar - O‘qituvchilar va ota-onalar - O‘quvchi - Dastur, maktab va ta’lim tizimi O‘tkazilgan tajribalar shuni ko‘rsatdiki, hayotiy ko‘nikmalar mavzusiga oid uchta kichik yo‘nalish mavjud: "sifatli hayot kechirish qobiliyati", "qiyinchiliklarni engish" va "inson hayot faoliyatida o‘rganish tarmoqlarini o‘zgartirib turishi” Ushbu kichik sxemalarga tegishli toifalar quyidagi jadvalda keltirib o‘tilgan. Download 4.27 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling