Respublika ta’lim markazi Inklyuziv va maxsus ta’lim bo‘limining


Download 1.22 Mb.
bet17/71
Sana17.06.2023
Hajmi1.22 Mb.
#1552614
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   71
Bog'liq
3. Тehnologiya 1-4-sinf (qo\'l mehnati) 20.05.21

4-sinf
Bilim
berilgan vazifaga qarab ishni mo‘ljallay olish;
namunani asli bilan taqqoslash;
kerakli material va asboblarni nomini va ishlatishni bilish;
ishni bajarish vaqtida rejaga amal qilish;
ish uchun kerakli material va asboblarni tanlash.
Ko‘nikma
kerakli material va asboblarni ajrata bilish;
o‘zi bajargan ishni o‘rtoqlarining ishlari bilan solishtirish, tahlil qilish;
o‘qituvchi savollari yordamida ish rejasini tuza olish;
mustaqil ravishda ishni mo‘ljallay olish;
buyum namunasini uning asli, tasviri yoki o‘yinchoq bilan taqqoslash.
Malaka
qog‘ozga shablon yoki chizg‘ich yordamida belgi qo‘yish;
qaychi bilan to‘g‘ri yoki egri chiziqlar bo‘ylab qirqish;
kerakli material, asboblarni mustaqil ajrata bilish;
buyum qismlarini ip, tasma yordamida biriktirish;
nutqida ishga doir so‘z va atamalarni qo‘llash;
o‘qituvchi savoliga ko‘ra ish jarayonini sharhlay olish (Nima qilding? Endi nima qilasan?).
1-sinf (66 soat)


I bo‘lim (17 soat)
Tayyorlov davri (2 soat). Mehnat va kasblar haqida suhbat. Qo‘l mehnati darslarida ish joyini tashkil qilish, texnika xavfsizligi qoidalariga amal qilish. Qo‘l mehnati darslarida qo‘llaniladigan asbob uskunalar bilan tanishtirish, ularni asrab avaylashga o‘rgatish.
Atrofimizdagi narsalarni farqlash: rangi bilan, geometrik shakllari bilan farqi. Asosiy ranglarni nomlash.
Plastilin yoki loy bilan ishlash (7 soat). Amaliy ish. Plastilindan buyum yasashni mashq qilish: narvon, zina va to‘siq yasash. Shar shaklidagi buyumlar yasash: koptok, Shar shaklidagi meva va sabzovotlar yasash: (olma, shaftoli, sholg‘om, pomidor olcha). Oval shakli: olho‘ri.
Texnik malumotlar: Loy va plastilin haqida ma’lu-mot. Loy va plastilin turlari va hossalari: quruq, qat-tiq, yumshoq loy. Iliq, yumshoq, mayin plastilin. Loyning rangi, sariq, kul rang. Plastilin rangi: qizil, oq, yashil, ko‘k, sariq, qora, jigarrang. Loy va plastilin bilan ishlaganda ish joyini tashkil etish.
Ish usullari: Plastilin va loyni kaftda va tekis taxtacha ustida doiraviy harakatda ishlov berib, yumaloq shaklga keltirish, yuqori qismini bosib, chuqurlashtirib olma shakliga keltirish. Kaftda yoki tekis taxtacha ustida doiraviy harakatda ishlov berib, oval shaklica keltirish va olhori yasash.

Download 1.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   71




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling