Respublika ta’lim markazi Inklyuziv va maxsus ta’lim bo‘limining


Download 1.22 Mb.
bet20/71
Sana17.06.2023
Hajmi1.22 Mb.
#1552614
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   71
Bog'liq
3. Тehnologiya 1-4-sinf (qo\'l mehnati) 20.05.21

III bo‘lim (17 soat)
Loy yoki plastilin bilan ishlash (4 soat). Amaliy ish. Namuna bo‘yicha harf va raqamlar shaklini qog‘oz ustiga yasash. Plastilin arqonchalardan gul yasash. Namuna bo‘yicha shar shaklidagi plastilindan “Qo‘g‘irchoq” yasash.
Texnik ma’lumotlar. Xavfsizlik qoidalari, sanitariya–gigiyena talablari, ish joyini tashkil etish.
Ish usullari. Loy yoki plastilindan arqoncha yasash va shar shaklini hosil qilish.
Tabiiy materiallar bilan ishlash (4 soat). Amaliy ish. Yong‘oq po‘stidan o‘yinchoqlar yasash. Namuna bo‘yicha quritilgan barglardan qush yasash. Namuna bo‘yicha archa g‘uddasidan qush yasash (dumi, qanoti qush patidan, boshi plastilindan) Namunaga qarab qayiq, baliq yasash (dumi, qanotlari daraxt barglaridan).
Texnik ma’lumot. Plastilin, tabiiy materiallar xususiyati. Ish joyini tashkil qilish. Texnika xavfsizligi qoidalariga rioya qilish.
Ish usullari. Ayrim buyum bo‘laklarini yelim va plastilin yordamida birlashtirish Qo‘shimcha materiallar qo‘llash, buyum bo‘laklarini taglik ustiga joylashtirish.
Qog‘oz bilan ishlash (5 soat). Amaliy ish. Qog‘ozni yirtib applikatsiya qilish. Namuna bo‘yicha “Qorbobo” applikatsiysaini yasash. Chiziq ichida naqsh, turli rangdagi barglardan (applikatsiya) hosil qilish. Namuna bo‘yicha kompozitsiya tuzish: laylaklar uchib keladilar. “Oltin baliqchalar” (xohishga qarab) yirtib hosil qilish. Origami usulida “Xo‘roz” yasash.
Texnik ma’lumot. Qog‘oz rangining tuslari bilan tanishtirish naqshlarda qog‘oz ranglarining uyg‘unligi. Applikatsiya tuzish qoidalari.
Ish usullari. Andoza bilan ishlash, yirtib applikatsiya hosil qilish usullari. Qaychi bilan to‘g‘ri va egri chiziqlarni qirqish. Applikatsiya elementlarini ijodiy joylashtirish va tartibli yelimlash.
Ip bilan ishlash (4 soat). Kirish darsi: ip turlari, xususiyatlari va xossalari (qalin, ingichka). Tikuvchilik ustaxonasiga sayohat. Ishlatiladigan asboblar bilan tanishish. Ipni uzish va qirqishni mashq qilish. Igna bilan ishlaganda ehtiyot choralari.
Amaliy ish. Qalin rangli ipdan arqon tayyorlsh. 3 ta yoki 4 ta bo‘lak ip o‘ramidan soch o‘rish. Botinka ipini bog‘lash. “Kim botinka ipini tezroq bog‘laydi” o‘yinini (kartonda mashq qilish). Ipdan popuk hosil qilish va hatcho‘p tayyorlash.

Download 1.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   71




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling