Tabiiy materiallar bilan ishlash (3 soat). Amaliy ishlar. Tabiat qo‘yniga ekskursiya uyushtirish. Tabiiy materiallarni yeg‘ish: barglar, gullar, urug va xokozo. Rangli qog‘oz ustiga quritilgan barglarni yopishtirish. Katta va kichik barglardan naqsh hosil qilish. Namuna bo‘yicha barglardan “Guldasta” yasash.Yongoq postidan oyinchjqlar yasash
Texnik ma’lumotlar. Tabiiy materiallar haqida qisqacha tushuncha berisn. Tabiiy materiallarning hususiyati rangi, shakli, hajmi, quritilgan gul va barglarni pishiqligi. Tabiiy materiallar bilan ishlaganda gigiyena talablariga rioya qilish. PVA, silikat yelimi haqida tushuncha berish.
Ish usullari. Murakkab bo‘lmagan kompozitsiya tuzish (barg va gullardan) tabiiy materiallarni plastilin yordamida yopishtirish.
Qog‘oz bilan ishlash (5 soat). Qog‘oz, qog‘oz bilan ishlaganda foydalaniladigan asboblar (qaychi, qalam, andoza, tekis taxta) To‘gri chiziq bo‘yicha qog‘ozni bukish, yirtishni mashq qilish. Namuna bo‘yicha qalin qog‘ozdan samalyot yasash. Namuna bo‘yicha urug‘ solish uchun stakan yasash.
Tayyor kvadrat, dumaloq shakllardan “O‘tloqdagi jo‘jalar, uycha, qayiq Applikatsiyasini yasash. Qog‘ozni buklab kitobcha tayyorlash
Texnik ma’lumotlar. Qog‘oz bukiladi, g‘ijimlanadi, suv o‘tkazadi, yirtiladi, qirqiladi va xokozo. Qalin yupqaligiga qarab qog‘ozni farqlash. Qog‘oz turlari haqida ma’lumot berish (yozuv qog‘ozi, bosma qog‘oz, rangli qog‘oz, gazeta qog‘ozi,rasm qog‘ozi, gul qog‘ozi). Qog‘ozning asosiy ranglari: qizil, sariq, bilan ishlaganda havfsizlik qoidalari va sanitariya gigiyena talablari. Applikatsiya haqida ma’lumot.
Ish usullari. Qog‘oz varag‘ini u burchagidan bu burchagigacha to‘gri chiziq bo‘yicha aniq taxlash. Buklangan yerdan qog‘ozni yirtish. Asbobni ishlatishni bilish. Har ikkala qo‘lni barobar ishlatish. O‘ng qo‘l bilan qaychida qirqsa, chap qo‘l bilan qogozni ushlab turish. Qog‘ozga cho‘tkacha yordamida yelim surtish.
II bo‘lim (14 soat)
Loy yoki plastilin bilan ishlash (3 soat). Amaliy ish. Namuna bo‘yicha konussimon, noksimon buyumlar yasash: sabzi, nok, bodring. Namuna bo‘yicha o‘yinchoqlar yasash. O‘rdakcha (bo‘laklardan yasash) Baliq (yahlit bo‘lakdan), qo‘ziqorin.
Do'stlaringiz bilan baham: |