Respublika ta’lim markazi Inklyuziv va maxsus ta’lim bo‘limining
Download 1.22 Mb.
|
3. Тehnologiya 1-4-sinf (qo\'l mehnati) 20.05.21
- Bu sahifa navigatsiya:
- Amaliy ish. Texnik ma’lumotlar. Ish usullari.
Texnologiya “Qo‘l mehnati” o‘quv dasturi quyidagi bo‘limlarga ajratiladi:
Tayyorlov davri (1-sinfda): qog‘oz bilan ishlash; loy va plastilindan buyumlar yasash; tabiiy materiallar bilan ishlash; ip va gazlama bilan ishlash; bir marta ishlatiladigan buyumlardan narsalar yasash; yog‘och bilan ishlash. Mehnat faoliyatining barcha bosqichlarida o‘quvchining og‘zaki nutqi rivojlanib boradi. Shuningdek, qo‘l mehnati darslari o‘qish, odobnoma, tasviriy san’at, matematika darslari bilan bog‘liq holda olib boriladi. O‘qituvchi bajariladigan ishni o‘quvchilarning bilish imkoniyatlariga qarab tanlaydi va moslashtiradi. Bunda bilim va amaliy ishni soddalashtirish, ularni qisimlarga bo‘lish va ularning har birini alohida o‘rganish kabi usullar qo‘llaniladi. Dastur materiali har bir sinf o‘quvchisining yosh xususiyatlarini hisobga olib, uni soddalashtirish yoki murakkablashtirish imkonini beradi. Dasturda mavzular quyidagi bo‘limlarga ajratilgan: Amaliy ish. Texnik ma’lumotlar. Ish usullari. Texnologiya “Qo‘l mehnati” mashg‘ulotlari alohida jihozlangan xonalarda o‘tkazilishi tavsiya etiladi. “Qo‘l mehnati” fanidan 1-4-sinf o‘quvchilari o‘quv faoliyati natijalariga qo‘yiladigan talablar 1–sinf Bilim buyum namunasini o‘qituvchidan eshitib so‘ng takrorlay bilish. buyum nimadan yasalganini bilish. geometrik shakllarni ko‘rsatish va nomini aytish. savollarga o‘qituvch yordamida javob berish. buyumni uzun–qisqa, katta–kichikligini o‘qituvchi yordamida ko‘rsatish. o‘qituvchi yordamida materiallarni, asbob va moslamalarning nomini aytish. o‘qituvchi yordamida ish ketma-ketligini rejalashtirish. bajargan ishni namuna bilan solishtirish, o‘z ishiga baho berish (ozoda, chiroyli). Ko‘nikma o‘qituvchining og‘zaki tushuntirishi va ish usullarini ko‘rsatgandan keyin buyumni bosqichma-bosqich bajara olish. o‘qituvchi boshchiligida buyum shaklini tahlil qilish. o‘qituvchi yordamida ish bosqichlarini mo‘ljallab olish. qilayotgan ishi to‘g‘risida o‘qituvchi savollariga ko‘ra hisobot berib borish. buyum qismlarining katta kichikligini to‘g‘ri qo‘llay bilish, qismlarni joylashtira bilish. bajargan ishni namuna bilan taqqoslay bilish. Malaka o‘qituvchi ko‘rsatmasiga ko‘ra buyumni yasash. buyum detallarini to‘g‘ri joylashtirilganligini tekshirish. buyum bo‘laklarini katta kichikligiga qarab to‘g‘ri joylashtirish. o‘qituvchi yordamida buyumni yasashda, detallarni joylashtirishda mo‘ljalni to‘g‘ri olish. Download 1.22 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling