Respublika ta’lim markazi Inklyuziv va maxsus ta’lim bo‘limining


Tabiiy materiallar bilan ishlash (4 soat). Amaliy ish


Download 1.22 Mb.
bet23/71
Sana17.06.2023
Hajmi1.22 Mb.
#1552614
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   71
Bog'liq
3. Тehnologiya 1-4-sinf (qo\'l mehnati) 20.05.21

Tabiiy materiallar bilan ishlash (4 soat). Amaliy ish. Qurigan barglardan applikatsiya (qush, olmaxon), namuna bo‘yicha kompozitsiya yasash (guldasta). Namunaga qarab urug‘ va danaklardan (tarvuz, qovun, qovoq va hokazo) doira ichida bezaklar hosil qilish.
Ish usullari. Plastilin yordamida yoki yelimlash usullari bilan bezak hosil qilish.
Qog‘oz va karton bilan ishlash (6 soat). Amaliy ish. “Paxta” applikatsiyasini yasash. Andoza yordamida barg va paxta ko‘sagini, paxtani yasash. Namuna bo‘yicha tekis qo‘g‘oz bo‘lagidan hajmli o‘yinchoqlar yasash “Jo‘ja“, “Mushukcha”. Hajmli archa o‘yinchoqlar yasash. Qog‘ozdan qor parchalari yasash (andoza yordamida).
Texnik ma’lumotlar. Qog‘ozning xillari va xususiyatlari. Archa o‘yinchoqlari uchun ishlatiladigan qog‘ozlar.
Ish usullari. Qog‘ozga andoza bo‘yicha belgi qo‘yish, teng belgilash. Buyumni bir necha qavat qilib buklash, qaychi bilan aylana bo‘yicha qirqish (egri chiziqlar bo‘ylab). Applikatsiya bo‘laklarini yelimlash, archa o‘yinchoqlari uchun ipni ilgak qilib mahkamlash.
O‘quvchilar egallashi kerak bo‘lgan bilim, malaka va ko‘nikmalar:
O‘qituvchi yordamida va mustaqil buyumni asli bilan solishtirish. Murakkab bo‘lmagan buyum yasash uchun mustaqil ravishda ish rejasini tuzish. Murakkab buyumlarga o‘qituvchi savollari orqali reja tuzish. Buyumni reja bo‘yicha bajarish.
O‘qituvchi yordamida ishning borishini nazorat qilish. Nutqida texnik atamalarni ishlatish, qog‘oz varog‘ida to‘g‘ri mo‘ljal ola bilish. Geometrik shakllarni bilish va nomini aytish. Buyumning joyini ko‘rsata olish: qarshisida, ostida yoki ustida.
Predmetning fazoviy holatini ko‘rsatuvchi so‘zlarni nutqda qo‘llash: katta-kichik, baland-past, keng-tor, teng, yonida, o‘rtasida, balandda, pastga.


III bo‘lim (20 soat)
Loy yoki plastilin bilan ishlash (5 soat). Amaliy ish. Namunaga qarab “xo‘tikcha” yasash. Namuna (o‘yinchoq)ga qarab “mushuk”, “olmaxon” yasash. Mustaqil ravishda namunaga qarab “fil” yasash. Ixtiyoriy biror-bir hayvonning shaklini yasash.

Download 1.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   71




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling