Texnik ma’lumot. Havyonlar to‘g‘risida sodda ma’lumotlar berish: tuzilishi, jun bilan qoplanganligi, hayot tarzi. Xayvonlarning umumiy va farq qiluvchi belgilari. Hayvonlar qomatining praportsiyasi.
Ish usullari. Ko‘rilayotgan shakldagi oddiy geometrik shakllarini aniqlash: oval, shar. Buyum praportsiyasini (mutanosiblikni) aniqlash. Yumshoq xomashyoga qo‘l va moyqalam bilan ishlov berish. Dumaloqlash, yoyish, ezish, chimdish. Bo‘laklarni ezish orqali birlashtirish.
Tabiiy materiallar bilan ishlash (3 soat). Archa g‘uddasi, urug‘ ya plastilin yordamida pingvin yasash. Urug‘ va danaklardan devoriy bezak yasash: “Tovus”, “Shaftoli gulladi”.
Momiq doirachalar bilan ishlash (3 soat). Momiq doirachalardan applikatsiya yasash: “Tovuq”, “O‘tloqdagi quyoncha”. Xohishga ko‘ra rasmga qarab applikatsiya yasash.
Qog‘oz va karton bilan ishlash (6 soat). Amaliy ish. Applikatsiya usulida yuk mashinasini yasash. Xohishga qarab boshqa turdagi mashinalarni yasash. Karton va rangli qog‘oz bilan tabriknomalar yasash. “8-Mart”, “Navro‘z keldi”, “Qushlar” va “Gullar” applikatsiyasi.
Texnik ma’lumotlar. Qog‘oz turlari va xususiyati. Rangli qog‘ozni tejamli ishlatish. Yelimlash vositalari. Ranglarni moslash. Qaychi va yelim bilan ishlaganda xavfsizlik qoidalariga rioya qilish.
Ish usullari. Andoza yoki chizg‘ich yordamida qog‘oz va kartonga belgi qo‘yish. Qaychi yordamida egri va to‘g‘ri chiziq bo‘ylab qirqish. Qog‘oz varag‘ida to‘g‘ri mo‘ljal olish.
Gazlama va ip bilan ishlash (3 soat). Kirish mashg‘uloti. Gazlama va ip turlari, xususiyati va ishlatilish joyi. Tikuvchi kasbi to‘g‘risida tushuncha. Karton qog‘oz ustida gazlamalar kolleksiyasini tuzish. Kvadrat yoki to‘rtburchak shaklidagi andoza yordamida gazlamani bichishni mashq qilish. Gazlamadan applikatsiya yasash: Moychechak gullari, geometrik shakllardan uy.
Texnik ma’lumotlar. Gazlama turi va xususiyati. Inson hayotida gazlamaning o‘rni, ishlatilishi: ustki kiyimlar, ichki kiyim, kashta uchun ishlatiladigan gazlamalar. Gazlamaning farq qiluvchi tomonlari: qalin, yupqa, silliq, mayin, dag‘alroq. Gazlamaning o‘ng va teskari tomoni.
Ish usullari. Kerakli o‘lchamdagi andozani o‘qituvchi yordamida tayyorlash. Andoza yordamida gazlamani bichish. Gazlamani tejash. (bo‘sh o‘zlashtiruvchi o‘quvchilarga o‘qituvchi tayyor bichilgan gazlama bo‘lagini beradi).
Do'stlaringiz bilan baham: |