Respublika ta’lim markazi Inklyuziv va maxsus ta’lim bo‘limining


Download 1.22 Mb.
bet22/71
Sana17.06.2023
Hajmi1.22 Mb.
#1552614
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   71
Bog'liq
3. Тehnologiya 1-4-sinf (qo\'l mehnati) 20.05.21

Texnik ma’lumotlar. Ipning xususiyatlari, qalinligi, rangi, ranglarning uyg‘unlashuvi. Ip uchun ishlatiladigan asboblar igna, qaychi, ignani saqlash yostiqchasi ish joyini tashkil etish. Qaychi, igna bilan ishlaganda ehtiyot choralari.
Ish usullari. Asboblarni to‘g‘ri ushlash, angishvonadan foydalanish. Ignaga ip o‘tkazish. Ignada tikish usullari “ustiga”, “tagiga”.


Mustahkamlash darsi (4 soat).
Mavzuiy rejalashtirish





Bo‘limlar nomi

Soatlar taqsimoti

Bo‘lim

Yangi mavzu

Mus-lash

Tak-lash

I bo‘lim

1

Tayyorlov davri

17

2







2

Plastilin yoki loy bilan ishlash

7







3

Tabiiy materiallar bilan ishlash

3







4

Qog‘oz bilan ishlash

5







II bo‘lim

5

Loy yoki plastilin bilan ishlash

14

3







6

Tabiiy materiallar bilan ishlash

4







7

Qog‘oz bilan ishlash

7







III bo‘lim

8

Loy yoki plastilin bilan ishlash

17

4







9

Tabiiy materiallar bilan ishlash

4







10

Qog‘oz bilan ishlash

5







11

Ip bilan ishlash

4







IV bo‘lim

12

Loy yoki plastilin bilan ishlash

14

5







13

Qog‘oz bilan ishlash

5







14

Ip bilan ishlash

4







15

Mustahkamlash darsi

4







4

Jami

66

62

0

4



2-sinf (68 soat)


I bo‘lim (18 soat)
Kirish darsi (2 soat). Qo‘l mehnati darslarida bajariladigan ishlar haqida suhbat. Ish vaqtida ishlatiladigan asbob va materiallar bilan tanishtirish. Dars vaqtida o‘zini tutishga qo‘yiladigan talablar.
Asbob va moslamalarni ehtiyot qilish, ularni asrash. Texnika xavfsizligi qoidalariga va gigiyena talablariga rioya qilish to‘g‘risida ko‘nikma malakalar hosil qilish.
Loy yoki plastilin bilan ishlash (4 soat). Amaliy ish. Loydan yasalgan buyumlar bilan o‘quvchilarni tanishtirish. Geometrik shakllarni yasash: kub, parallelapiped. Namuna bo‘yicha “Bizning hovli” kompozitsiyasini yasash (uyning devori kub shaklida, tomi to‘g‘ri to‘rtburchak). Plastilindan uy jihozlari yasash: stul, divan
Texnik ma’lumotlar. Loy va plastilinning xususiyatlari. Xavfsizlik qoidalari, ish joyini tashkil etish.
Ish usullari. Tekislik va geometrik jism qirralariga tayoqcha bilan ishlov berish. Ko‘z bilan chamalab buyumning uzunligi, balandligi, kengligini aniqlash.
Tabiiy materiallar bilan ishlash (5 soat). Amaliy ish. Tabiatga sayohat (tabiiy materiallar yig‘ish). Quritilgan barglardan applikatsiya yasash: xo‘roz, gul va hayvon shakllari. O‘simlik urug‘lari va danaklar yordamida applikatsiya yasash.
Texnik ma’lumot. Ishlash uchun foydalanilayotgan materiallarning xususiyatlari, rangi, shakli, pishiqligi.
Ish usullari. Buyumlarni yelim, plastilin yordamida yopishtirish.
Qog‘oz va karton bilan ishlash (3 soat). Amaliy ish. Qog‘ozdan konvert yasash, applikatsiya bilan bezash (o‘simliksimon naqsh yoki geometrik shakldagi applikatsiya bilan). Bir nechta qog‘oz bo‘lagidan gilamcha to‘qish. Kartondan ko‘rgazmali qurollar tayyorlash (turli sabzovot, mevalar shaklida). Yupqa kartonga andoza bo‘yicha belgi qo‘yish. Kartonni to‘g‘ri va egri chiziq bo‘ylab qirqish.
Texnik ma’lumot. Qog‘ozning xususiyatlari: yirtiladi, bukiladi, qog‘ozga rasm chiziladi, yoziladi, yelimlanadi. Qog‘oz turlari: rangli qog‘oz, albom qog‘ozi va hokazo. Kartonning xossasi va xususiyatlari: egiladi, bukiladi, bukilgan joyidan sinadi, qirqiladi, namlikni shimadi, qog‘ozga nisbatan pishiq, qalin. Kartonni qog‘oz bilan yelimlash qoidasi. Yelim tarkibi (PVA yelimi, silikat yelim).
Ish usullari. Karton hajmi bo‘yicha yelim surkash. Belgi bo‘yicha kartonni qaychi bilan qirqish.
Ip bilan ishlash (4 soat). Tikuvchilik ustaxonasiga sayohat. Iplarni bog‘lash, uzish va qirqishga doir mashqlar. Ipni kalava qilib o‘rash, ipdan gul hosil qilish, ip bog‘lamlaridan odam shaklini yasash (qo‘g‘irchoq).
Texnik ma’lumotlar. Ipning xillari: ip, tasma, chizimcha, arqon va kanopning qo‘llanilishi. Ipning xususiyatlari: rangi, qalinligi, uziladi, qirqiladi, o‘riladi.
Ish usullari. Ipni tugun qilish, ipni bantik qilib bog‘lash, ipni kalava qilib o‘rash. Karton qog‘ozcha ustida ipni kvadrat, doira shaklida o‘rash, kesish.
O‘quvchilar egallashi kerak bo‘lgan bilim va malakalar:
O‘qituvchi savollariga ko‘ra vazifani anglab olish. Yasalgan ishni namunaga taqqoslay bilish. O‘qituvchining savollari yordamida qilinadigan ish rejasini tuza bilish. Dastlabki ishni o‘qituvchidan ko‘rib, birga bajarish, keyingi shunday ishni mustaqil bajara olish. Buyumni tayyorlash davomida ish rejasiga amal qilish, o‘qituvchi yordamida qilayotgan ishni nazorat qilish.


II bo‘lim (14 soat)
Loy yoki plastilin bilan ishlash (4 soat). Amaliy ish. Konussimon buyumlarni namunaga qarab yasash. Minora. Minorani asliga qarab, sharchalarni birlashtirib yasash. Bandli piyola. (silindr shaklidagi yaxlit bo‘lakdan yasash). Buyumga pardoz berish uchun rangli plastilindan foydalanish. Asliga va xohishga qarab choynak hamda likopcha yasash.
Texnik ma’lumotlar. Kulolchilik buyumlari: idish-tovoqlar bilan tanishish. Buyumga tayoqcha bilan pardoz berish. Sanitariya-gigiyena talablari.
Ish usullari: Ish joyini tashkil etish. Buyumning devorlarini barmoqlar bilan yassilash, bosib chuqur qilish yo‘li bilan idishlar yasash. Bir xil qalinlikdagi, lekin turli kattalikda bo‘lgan ustunchalardan buyum yasash. Buyumga tayoqcha bilan ishlov berish. Cho‘p bilan rasm solish, rangli plastilin bilan pardoz berish.

Download 1.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   71




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling