Respublika ta’lim markazi Inklyuziv va maxsus ta’lim bo‘limining


O‘quvchilar egallashi kerak bo‘lgan bilim, malaka va ko‘nikmalar


Download 1.22 Mb.
bet25/71
Sana17.06.2023
Hajmi1.22 Mb.
#1552614
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   71
Bog'liq
3. Тehnologiya 1-4-sinf (qo\'l mehnati) 20.05.21

O‘quvchilar egallashi kerak bo‘lgan bilim, malaka va ko‘nikmalar:
Ishni mo‘ljallab olish, buyum namunasini uning asli, tasviri bilan mustaqil yoki qisman o‘qituvchi yordamida taqqoslash. Qiyin bo‘lmagan buyum ustida ish rejasini tuzish, murakkab buyumlarga o‘qituvchi savoliga ko‘ra reja tuzish.
Buyumni mustaqil yoki qisman o‘qituvchi yordamida bajarish. Reja bo‘yicha ishlash, o‘qituvchi yordamida bajarilayotgan ishni nazorat qilish. Bajarilgan ish yuzasidan mustaqil hisobot berish. O‘zi yasagan va o‘rtog‘i yasagan buyumlarni mustaqil tahlil qilish. Nutqida ishga doir atamalarni qo‘llash.
Qog‘ozni chamalay bilish. Geometrik shakllarni farqlay olishlari kerak. Nutqida fazoviy belgilarni bildiruvchi katta-kichik, baland-past, keng-tor, baravar, oldinda-orqada, yonida, tepasida-pastida kabi so‘zlarni qo‘llay olishlari kerak.


IV bo‘lim (16 soat)
Loy yoki plastilin bilan ishlash (5 soat). Amaliy ish. Plastilindan gul yasash (ingichka plastilin arqonchalardan, karton qog‘oz ustida bajariladi). “Bo‘g‘irsoq” ertagi qahramonlarini yasash. Xohishga ko‘ra kompozitsiya yasash: “Bo‘g‘irsoq va tulki”, “Bo‘g‘irsoq va bo‘ri” va hokazo.
Texnik ma’lumotlar: Hayvonlar, ularning yashash joyi, tuzulishi, nomi. Buyumni yasashda praportsiyaga e’tibor qaratish. Plastilin rangining ahamiyati. Buyumning asosiy va ikkilamchi bo‘laklari.
Ish usullari. Yumshoq xomashyoni ishlatish usullari: dumaloqlash, yassilash, yoyish, mustahkamlash. Bo‘laklarni biroz ezib birlashtirish.
Qog‘oz va karton bilan ishlash (5 soat). Amaliy ish. Qog‘ozdan applikatsiya yasash (bo‘rttirilgan applikatsiya–o‘rdak va kuchukcha, qat-qat buklangan qog‘ozdan–“Gulzorda” applikatsiyasi), qog‘oz o‘ramidan hajmli o‘yinchoqlar yasash (quyon, qog‘ozni buklab kapalak yasash).
Texnik ma’lumot. Qog‘ozni qat-qat buklab applikatsiya yasash.
Ish usullari. Qog‘ozni buklash orqali applikatsiya yasash.
Ip bilan ishlash (2soat). Amaliy ish. Tugma qadash. Tugmani yelim bilan yopishtirib devoriy bezak yasash.

Download 1.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   71




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling