Respublika ta’lim markazi Inklyuziv va maxsus ta’lim bo‘limining
Download 1.22 Mb.
|
3. Тehnologiya 1-4-sinf (qo\'l mehnati) 20.05.21
- Bu sahifa navigatsiya:
- Bo‘limlar nomi Soatlar taqsimoti Bo‘lim
- Karton va qog‘oz bilan ishlash (8 soat). Amaliy ish.
- Texnik ma’lumotlar.
- Tabiiy materiallar bilan ishlash (6 soat). Amaliy ish.
- Texnik ma’lumot.
- O‘quvchilari egallashi kerak bo‘lgan bilim ko‘nikma va malakalar
- II bo‘lim (14soat) Loy yoki plastilin bilan ishlash (3 soat). Amaliy ish.
- Ish usullari.
Ish usullari: Turli ish usullari bilan bezak hosil qilish.
Lego bilan ishlash (2 soat). Yil davomida o‘tilganlarni takrorlash (2 soat). O‘quvchilar egallashi kerak bo‘lgan bilim ko‘nikma va malakalar: O‘qituvchi yordamida ishni mo‘ljallay olish. Buyum namunasini uning asli va tasviri bilan taqqoslash. O‘zi va o‘rtogi yasagan buyumlarni mustaqil nazorat qilish. Savollarga to‘liq javob berish. O‘rtoqlarini javobini to‘ldirish. Nutqida yangi o‘rgangan so‘z va jumlalarni qo‘llash. Mavzuiy rejalashtirish
3-sinf (68 soat) I bo‘lim (18 soat) Kirish darsi (1 soat). Qo‘l mehnati darslarida bajariladigan ishlar haqida suhbat. Ish vaqtida ishlatiladigan asbob va materillar bilan tanishtirish. Dars vaqtida o‘zini tutishga qo‘yiladigan talablar. Karton va qog‘oz bilan ishlash (8 soat). Amaliy ish. Qog‘oz turlari va xususiyatlari, ishlatiladigan asboblar, yelimlar. Dumaloq shakldagi qog‘ozdan applikatsiya yasash. Applikatsiya usulida gul yasash. Kartonga qog‘ozdan hoshiya qilish. Hoshiyani applikatsiya qilib bezatish. Kartondan andoza yordamida odam shaklini yasash. Qo‘g‘irchoqlarni kiyintirish. Texnik ma’lumotlar. Buyumlarda kartondan qilingan hoshiyalarning vazifasi. Qog‘ozning turlari va xususiyati. Yelimlar: PVA, silikat, kleyster. Xavfsizlik qoidalari. Ish usullari. Qog‘oz va kartonga andoza va chizg‘ich yordamida belgi qo‘yish, turli shakllar qirqish. Simmetrik shakldagi buyumlar qirqish (gul barglari). Tabiiy materiallar bilan ishlash (6 soat). Amaliy ish. Tabiatga sayohat (tabiiy materiallar yig‘ish). Tabiiy materiallarni ishlatish uchun asboblar. Xavfsizlik qoidalari. Temir yoki plastmassa idishni urug‘lar bilan bezatish. Urug‘larni plastilin bilan yopishtirish. Namuna bo‘yicha cho‘p, g‘ubba yordamida qushcha yasash. Plastilindan ninachi yasash. Qanotlari yasen yoki klyon urug‘laridan. Texnik ma’lumot. Tabiiy material xususiyati: hajmi, rangi shakli. Birlashtirish usullari. Xavfsizlik qoidalari. Ish o‘rnini tashkil etish. Ish usullari. Bo‘laklarni plastilin, yelim, cho‘p yordamida birlashtirish, materiallardan unumli foydalanish. Yog‘och qipig‘idan applikatsiya (3soat). Xavfsizlik qoidalariga rioya qilgan holda, mustahkam asos ustiga yog‘och qipig‘ini sepish orqali hosil qilinadi, kuchukcha, o‘rdakcha, sichqon, ayiqcha. O‘quvchilari egallashi kerak bo‘lgan bilim ko‘nikma va malakalar: Buyum namunasini uning asli, tasviri yoki o‘yinchog‘i bilan taqqoslash. Ish rejasini o‘qituvchi yordamida tuzish. Asbob va moslamalarni o‘qituvchi yordamida tanlay bilish. Reja asosida ishlash. Buyum yasashda hisobot berish. Ishga doir atamalarni qo‘llash. O‘zi va o‘rtoqlari yasagan buyumlarni tahlil qilish. Hajmli va yassi buyumlarni yasashda fazoviy mo‘ljal olish, detallarni to‘g‘ri joylashtirish. Nutqda predmetning fazoviy belgilarini bildiruvchi so‘zlarni qo‘llash. 1-2-sinflarda o‘rgangan so‘z va jumlalarni mustahkamlash. II bo‘lim (14soat) Loy yoki plastilin bilan ishlash (3 soat). Amaliy ish. Loydan yasalgan sopol buyumlar bilan tanishish. Loy tayyorlash. Tasavvur bo‘yicha loy yoki plastilindan turli shaklarni yasash usullari. Plastilindan kapalak va gul yasash. Texnik ma’lumotlar. Loyni ishga tayyorlash tog‘risida sodda ma’lumot berish. Sopol haqida ma’lumot berish. Loy bilan ishlaganda texnika xavfsizligi qoidalariga rioya qilish. Ish usullari. Kaftlarda loyni yumaloqlash, cho‘zish, tekkislash. Buyumni estetik ko‘rinishiga erishish. Tabiiy materiallar bilan ishlash (4 soat). Amaliy ish. Urug‘lar, danak, rangli qog‘ozdan foydalanib applikatsiya yasash: Boychechak, bug‘doy boshog‘i. Tabiiy materiallardan ornament, yong‘oq po‘stidan “Xonqizi” yasash. Texnik ma’lumot. Foydalanilgan tabiiy materiallarning xususiyati: qattiqligi, hajmi, rangi, shakli. Yelim va plastilindan foydalanganda ehtiyot choralarini ko‘rish. Ish usullari. Bo‘laklarni birlashtirish usullari: yelim, plastilin, yordamida. Buyum yasashda qismlarni mutanosibligiga e’tibor berish. Download 1.22 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling