Respublika ta’lim markazi Inklyuziv va maxsus ta’lim bo‘limining


Chiqindi materiallardan o‘yinchoqlar yasash (3 soat)


Download 1.22 Mb.
bet27/71
Sana17.06.2023
Hajmi1.22 Mb.
#1552614
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   71
Bog'liq
3. Тehnologiya 1-4-sinf (qo\'l mehnati) 20.05.21

Chiqindi materiallardan o‘yinchoqlar yasash (3 soat). Bir marta ishlatiladigan plastmassa va qog‘oz idishlardan foydalanish. Plastmassa qopqoqlar, stakanchalar, to‘r (setka) idishlardan o‘yinchoqlar yasash. Qog‘oz yoki plastmassa likopchalardan qorbobo va qorqiz yasash.
Qog‘oz va karton bilan ishlash (4 soat). Amaliy ish. Yangi yil tabriknomalarini yasash. Archa o‘yinchoqlarini tayyorlash. Karnaval niqoblarini yasash. O‘quvchilar kichik guruhlarga (3-4 kishi) bo‘linib bajaradilar. Niqoblar applikatsiya usulida, o‘qituvchi yordamida bezatiladi.
Texnik ma’lumot. Archa o‘yinchoqlari va karnaval kostyumlarining vazifasi, ishlatilish joyi to‘grisida sodda ma’lumot. Qog‘oz va kartonning xillari va xususiyati. Qog‘oz bilan birga ishlatiladigan boshqa materiallar: ip, folga. Ish o‘rnini tashkil qilish. Texnika xavfsizligi qoidalariga rioya qilish.
Ish usullari. Shablon bilan qog‘oz va kartonga belgi qo‘yish. Qog‘ozni qaychi bilan to‘gri va aylana chiziq bo‘ylab qirqish. Qismlarni ip yordamida biriktirish.
O‘quvchilar egallashi kerak bo‘lgan bilim ko‘nikma va malakalar:
Mustaqil ravishda ishni mo‘ljallab olish. Buyum namunasini uning asli, tasviri yoki o‘yinchog‘i bilan taqqoslash. Ish rejasini mustaqil yoki o‘qituvchi yordamida tuzish. Asbob va moslamalarni o‘qituvchi yordamida tanlay bilish. Reja asosida ishlash. Buyum yasashda hisobot berish. Ishga doir atamalarni qo‘llash. O‘zi va o‘rtoqlari yasagan buyumlarni tahlil qilish. Hajmli va yassi buyumlarni yasashda fazoviy mo‘ljal olish, detallarni to‘gri joylashtirish. Nutqida predmetning fazoviy belgilarini bildiruvchi so‘zlarni qo‘llash. 1-2-sinfda o‘rgangan so‘z va jumlalarni mustahkamlash.


III bo‘lim (20 soat)
Qog‘oz va karton bilan ishlash (6 soat). Amaliy ish. Yon daftarcha yasash. Qog‘ozdan mozaika yasash: “Qo‘ziqorin”, “Mevalar”. Darslikdan foydalanib mustaqil mozaika yasash.
Texnik ma’lumot. Qog‘oz turlari. Mozaika to‘grisida sodda ma’lumot. Ish joyini tashkil etish, texnika xavfsizligi qoidalari.

Download 1.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   71




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling