Respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi toshkent davlat texnika universiteti qo‘qon filiali ijtimoiy va gumanitar fanlar kafedrasi dinshunoslik uslubiy qo‘llanma Bakalavrning barcha ta’lim yo‘nalishlari uchun qo‘qon-2023
Xojagon tariqati va Bahouddin Naqshband
Download 2.19 Mb.
|
Respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi toshke
4.Xojagon tariqati va Bahouddin Naqshband
Bahouddin Naqshband asos solgan so‘fiylik ta’limotining nazariy asoslaridan birini Xudo, dunyo va insonning o‘zaro nisbati muammosi tashkil etadi. Bu bosh muammo talqinida so‘fiylarni ikki yo‘nalish – teistik va panteistik yo‘nalishlarga ajratish mumkin. Alloh hamma narsaning yaratuvchisi deb e’tirof etilgan, insondan tashqarida turgan, dunyo uzra yuksalgan va bilish mumkin emas deb e’lon qilingan bo‘lsa, so‘fiylar ta’limoti monoteizm shakl-shamoyilini kasb etgan, dunyo va Xudo tushunchalari tenglashtirilgan taqdirda bunday ta’limot panteistik deb hisoblangan11. Xojagon tariqatidagilar Tangrini haq deb, unga yetishish, uni bilish va tanishni haqiqatga erishish, deb bilganlar. Xojagon tasavvufiy ta’limotining falsafiy asosi “vaxdati-vujud” bo‘lib, borliq – yagona asl zotning tajalliysi, nuri deb qaraladi. Ular ta’limoti bo‘yicha, butun borliq Haqning jamol va jalolining tajalliysi va ko‘rinishlaridir. “Qalb to‘la soflikni topganidan so‘ng, - deb yozadi Xoja Ali Romitoniy, - unda vahdoniyatning nuri porlar, u tajalliy ahli bo‘lur” . Turk olimi Usmon Turorning fikricha, “vahdati vujud” aqliy dalil bilan emas, qalbiy mushohada, zavq va hol bilan erishiladigan bir “irfon” bo‘lib, aqliy nazariy emas” . Abdulxoliq G‘ijduvoniy ilmni har tomonlama va chuqur o‘rganishga, har qanday amalni ixlos bilan ado etishga da’vat qiladi. “Islom asosi uchun etgaysiz sidqi ixlos bilan eting” – deydi o‘gitlarida G‘ijduvoniy12. Yusuf Hamadoniy, Abdulxoliq G‘ijduvoniy va Bahouddin Naqshband so‘fiylar amal qilishi lozim bo‘lgan 11 ta xulq-odob qoidalarini ishlab chiqqanlar. Bular “rashha” deb atalib, shulardan uchtasi Hamadoniyga, to‘rttasi G‘ijduvoniyga, yana to‘rttasi Naqshbandga tegishlidir. Naqshbandiya tariqatining asosiy diniy-falsafiy g‘oyalari quyidagi uch manbaga tayanadi: a) tariqatning o‘n bir rashhasi (qoida). Ulardan to‘rt mashhur kalima (chahor kalima): “Hush dar dam”, “Hilvat dar anjuman”, “Nazar bar qadam”, “Safar dar vatan” asosiy qoidalardir; b) tariqatning asosiy shiori bo‘lgan “Dil ba yoru, dast ba kor”; v) naqshbandiyona hikmatlar, ya’ni yuksak insonparvarlikni, halolu poklikni yoritishga qaratilgan Naqshband “virdlari”, ya’ni iltijo, nido va o‘gitlari tashkil etadi. G‘ijduvoniy va Bahouddin Naqshband hazratlari o‘n bir rashhada lo‘nda ifodalangan ta’limotni yaratganlar. 1.“Xush dar dam”. Tasavvuf ta’limotiga ko‘ra, olam ikkiga: foniy va boqiy dunyoga bo‘linadi. Bu olam foniy – o‘tkinchi dunyodir. Inson uchun cheklangan miqdordagi bu dunyoni g‘animat bilib, uning har bir lahzalarini xursandchilik va shukronalik bilan o‘tkazmoqlik lozim bo‘ladi. 2.“Nazar bar qadam” qoidasi kishining hayotida qo‘yadigan har bir qadami nazorat ostiga olinmoqligini ta’kidlaydi. Bu qoida o‘zlikni tanishga, idora etishga qaratilgandir. Bunda inson har bir qo‘yilgan qadamini, har bir so‘zini va fe’li-xayolini nazorat qilib turmog‘i lozim. Har bir insonning o‘z-o‘zini nazorat qilishi esa uni komillikka, Haqqa tomon yetaklaydi. 3.“Safar dar vatan”. Inson borki, u sayyohdir. Uning xayoli ham, jismi ham sayr etadi. Islomda safarning eng oliysi – bu Haq yo‘liga safardir. Tiriklikda esa kishining eng oliy safari Haj safaridir. Tasavvufda darvesh-qalandarlarning asosiy xususiyati safar qilib, hayot kechirish bo‘lgan. Bu tartib naqshbandiyada ham o‘z ifodasini topgan. 4.“Xilvat dar anjuman”. Uning oddiy ifodasi jamoa ichida yakkalik, yolg‘izlik, ya’ni faqat xudo haqida o‘ylab o‘tirishlikdir. Hazratdan “tariqatingizning asosi nimadan iborat?”, deb so‘raganlarida, “xilvat dar anjuman ba zohir bo xalq va ba botin bo Haq” (“Halq orasidagi o‘tirishlarda tashqi tomondan go‘yo ular bilan, ammo ichki tomondan faqat Xudoni o‘ylab o‘tirish”), -deb javob berganlar. 5.“Yodkard” – bu qoida “Rashaxot” da bayon etilishicha, lisoniy yoki qalbiy zikrdir. Yodkard (Xudoni doimo eslash) qoidasidan keyingi uch maqom avvalgi maqom-qoidalarni mazmunan to‘ldirib boradi. Yodkardning ma’nosi tariqatdagi so‘fiylar foniy dunyoda hamisha haq yodi bilan yashamog‘i lozimligini anglatadi. 6.“Bozgasht” – buning ma’nosi inson umrining foniyligi, ushbu yorug‘ dunyodan albatta narigi, ya’ni boqiy dunyoga qaytib borishi ta’kidlanadi. 7.“Nigohdosht” – buning ma’nosi kishi o‘zini har qanday shaytoniy nafs qutqusidan pok saqlashi kerakligini uqtiradi. 8.“Yoddosht” – haq subhanahu va taoloni doimo zavqu-shavq bilan yodda (xotirada) tutib, ogoh bo‘lishdir. Ma’lumki, naqshbandiya tariqatida Bahouddin Naqshbandning o‘zlari asos solgan rashhalar alohida ahamiyat kasb etadi. Ular uchta bo‘lib, tariqatning 9, 10, 11-rashhalarini tashkil etadi: 9.“Vuqufi zamoniy” – buning ma’nosi so‘fiy o‘z umridagi har bir lahzani, soniyani Allohga shukr aytish bilan va uning bandalariga faqat yaxshilik qilish bilan o‘tkazmoqlikni bildiradi. 10.“Vuqufi adadiy” – buning ma’nosi zikr jarayonida tartib, son alohida o‘rin tutishligini qayd etishdan iborat. “. . . ul zikrda adadni rioya etmakdin iboratdur” . Muqaddas duolarni, kalimalarni zikr qilinishini sanash, ularni bilish va ularga rioya qilish kerakligini uqtiradi. 11.“Vuqufi qalbiy” – buning ma’nosi so‘fiyning zikri qalban bo‘lmog‘i zarurligini ifodalaydi. Naqshbandiya tariqatiga binoan, yuqoridagi o‘n bir muqaddas qoidalarni mukammal bajargan kishi komil inson darajasiga yetishadi. Naqshbandiyaning asosiy rashhalari bilan birga “Dil ba yoru, dast ba kor” shiori ushbu tariqat negizini tashkil etadi. “Dil ba yoru, dast ba kor”da asosiy g‘oya – inson qalbi muttasil Alloh yodi bilan, inson qo‘li, amaliyoti esa ijtimoiy foydali mehnat, kasb-hunar bilan band bo‘lmog‘i ta’kidlanadi. Bahouddin Naqshband dunyoqarashini ifoda etuvchi yana bir omil, bu uning purma’no irfoniy hikmatlari, o‘git, iboralaridir. Ulardan: “Agar do‘st aybiga boqsak, do‘stsiz qolamiz, hech kim dunyoda beayb emas”; “Sabr va chidamda nog‘ora kabi bo‘lmoq lozimki, u qanchalik shapaloq yemasin, biroq o‘z odatiga xilof ovoz chiqarmaydi”; “Shamga o‘xshagin, toki hammaga ravshanlik bag‘ishla, o‘zing esa qorong‘uda bo‘l” kabi bir qator o‘gitlarini ko‘rsatish mumkin. Download 2.19 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling