276
Respublika aholi pul daromadlaridan foydalanish tarkibi va
uning o‘zgarishi (% hisobida)
11.2-jadval
Кo‘rsatkichlar
Yillar
2004 2005 2006 2007 2008 2010
Tovar va
xizmatlar
uchun to‘lovlar
76,9
73,0
74,3
73,5
74,7
70,7
Majburiy to‘lovlar va
badallar
7,7
7,7
7,7
6,7
6,5
7,1
Jamg‘armalar
(qimmatli qog‘ozlar,
valuta
sotib olish va
boshqalar)
14,1
17,3
15,7
18,0
17,1
20,2
Aholi qo‘lidagi
pulning o‘sishi
1,3
2,0
2,3
1,8
1,7
2,0
Jami
100
100
100
100
100
100
3-§. Daromadlar tengsizligi, uning omillari va darajasi
Jamiyat iqtisodiy taraqqiyoti daromadlar mutlaq miqdorining o‘sib
borishini taqozo qilsa-da, lekin uning nisbiy miqdorlaridagi farq (turli
mamlakatlar va alohida mamlakat aholisi turli qatlamlari o‘rtasidagi)
har qanday sharoitda saqlanib qoladi. Demak, iqtisodiy o‘sish va aholi
daromadlari miqdorining ko‘payishi daromadlar
tengsizligini bartaraf
qila olmaydi.
Daromadlar tengsizligi aholi daromadlarining o‘rtacha
daraja-
sidan,
alohida oilalar, aholi qatlamlari va
guruhlari daromadlarining
farq qilishlik darajasini ko‘rsatadi.
Daromadlar tengsizligi va uning miqdori turli darajada aniqlanadi:
dunyo mamlakatlari bo‘yicha;
alohida mamlakatlar darajasida;
ma’muriy-hududiy birliklar darajasida.
Do'stlaringiz bilan baham: