277
Daromadlar tengsizligini keltirib chiqaruvchi umumiy
omillar
Кishilarning qobiliyati, layoqatidagi (jismoniy, aqliy,
estetik
va boshqa) farqlar.
Ta’lim va malakaviy tayyorgarlik darajasidagi farqlar;
Tadbirkorlik mahorati va riskka moyilligi darajasidagi farqlar;
Bozorda
hukmronlik qilish layoqati;
Mulkka egalik qilishdagi farqlar;
* Omad, tasodif va boshqa favqulodda holatlar.
Daromadlar tengsizligini aniqlash usullari.
I. Lorens egri chizig‘i
Mamlakatlar va aholi turli qatlamlari o‘rtasida
daromadlar teng-
sizligini miqdorini aniqlash uchun
Lorens egri chizig‘idan foyda-
laniladi. Uning yotiq chizig‘ida «oilalar ulushi», tik chizig‘ida «daro-
madlar ulushi» joylashtiriladi.
Daromadlarning mutlaq teng taqsimlanish
imkoniyatini xarakter-
lovchi va haqiqatda oilalar ulushiga daromadlar taqsimotining real
darajasini ko‘rsatuvchi ma’lumotlar (11.2-jadval)
grafikda joylash-
tirilib, daromadlar tengsizligi darajasi miqdoriy aks ettiriladi (11.1-
grafik).
Oila daromadlarining tabaqalanishi
(% hisobida)
11.3-jadval
Oila hissasi
Daromadlar ulushi
Mutlaq tenglik
Haqiqiy darajasi
20
20
5
40
40
15
60
60
35
80
80
55
100
100
100
278
11.1-
grafik
Mutlaq tenglikni ifodalovchi va Lorens egri chizig‘i o‘rtasidagi
farq qanchalik katta bo‘lsa, daromadlar tengsizligi darajasi shuncha
yuqori bo‘ladi. Aksincha
farq qanchalik qisqarsa, daromadlar
tengsizligi yumshayotganligini bildiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: