Ri-11-21 Guruh talabasi Umarov saidakbar


-MAVZU: Elektr zanjirlarda o’tkinchi jarayonlar


Download 0.64 Mb.
bet2/5
Sana24.04.2023
Hajmi0.64 Mb.
#1395773
1   2   3   4   5
Bog'liq
Elektronika 3-mustaqil ish

2-MAVZU: Elektr zanjirlarda o’tkinchi jarayonlar
REJA:
1. Kommutatsiya qonunlari
2. Ikkinchi tartibli elektr zanjirda o’tkinchi jarayonlar
3. Xulosa

Elektr zanjirining avvalgi rejimidan boshqa rejimga o’tishi o’tkinchi jarayon deyiladi. U kommutatsiya natijasida boshlanadi. Kommutatsiya (ulanish yoki uzilish) bu elektr zanjiri parametrlarining ideal elektron kalit yordami bilan oniy o’zgarishi (bir lahzada o’zgarishi).




Kommutatsiyaning vaqti (payti) t=0 deb olamiz.



Kommutatsiya qonunlari

To’plangan (mujassamlashgan) elementlardan iborat elektr zanjirida magnit maydonining energiyasi induktivlikda va elektr maydonining energiyasi sig’imda joylashgan bo’lsin:





(L va C - o’zgarmas kattaliklar).


Energiyaning birinchi hosilasi quvvatga mos keladi, demak, energiyaning oniy o’zgarishi cheksiz quvvatga mos keladi. Lekin amalda har bir manbaning quvvati cheklangan, shu sababdan induktivlik orqali o’tayotgan tok va sig’imdagi kuchlanish o’z kattaliklarini oniy ravishda o’zgartira olmaydi. Bu xususiyatlarni ifodalovchi kommutatsiya haqidagi qonunlarni keltiramiz.



1-qonun. Kommutatsiyaning boshlanish paytida (t=0) induktivlik orqali o’tayotgan tok qiymati kommutatsiyadan oldingi tokka teng va keyin tekis ravishda o’zgaradi.


(vaqt)

2-qonun. Kommutatsiyaning boshla- nish paytida (t=0) sig’imdagi kuchlanish qiymati kommutatsiyadan oldingi kuchlanishga teng va keyin tekis ravishda o’zgaradi.




Eslatma: 1) Sig’im orqali o’tayotgan tokning va induktivlikdagi kuchla- nishning kattaliklari oniy ravishda o’zgarishi mumkin; 2) kommutatsiya paytida (t=0) induktivliklar orqali o’tayotgan toklarning va sig’imlardagi kuchlanishlarning kattaliklari mustaqil boshlang’ich shartlarni tashkil etadi, undan foydalanishni keyinroq ko’rib chiqamiz.





Download 0.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling