Sug‘urtada risk qator jihatlari bo‘yicha ifodalanadi:
aniq bir hodisa yoki hodisalar yig‘indisi (voqea yoki voqealar yig‘indisi), qaysiki ularning sodir bo‘lishi bilan ilgari shakllantirilgan sug‘urta fondidan to‘lovlar amalga oshirilishida;
aniq bir sug‘urtalangan obyekt bilan bog‘liqlikda, har qanday risk namoyon bo‘lish obyektiga ega;
sug‘urtaga qabul qilingan obyektni shikastlanish (zarar ko‘rish) ehtimolligi sifatida.
Risk sug‘urtada obyekt hisoblanadi va uni tasodifiy voqealar va hodisalar natijasida amalga oshishi sug‘urta hodisasini yuzaga kelishini bildiradi.
Texnologiyalarning yangilanishi, ularning yuqori darajada xavfsizligi, favqulotda holatlarning matematik modellashuvi tasodifiylikni chegaralaydi.
2. Risklarning turlari va ularning turkumlanishi
Risklarning turkumlanishi deganda oldinga qo‘yilgan maqsadlarga erishish uchun ularni ma’lum belgilari bo‘yicha alohida guruhlarga ajratish tushuniladi. Risklarni turkumlashning quyidagi mezonlari mavjud:
Risk obyektlarining kompleks sinflari:
ishchi kuchi;
mol-mulk;
sarmoya;
axborot.
Yuzaga kelish sabablari bo‘yicha risklar quyidagilarga bo‘linadi:
tabiiy hodisalardan kelib chiquvchi – suv toshqini, do‘l, yer qimirlashi, epidemiya va sh.k.;
ijtimoiy-jamoat muhitdan kelib chiquvchi – aldov, jinoyat, ko‘zda tutilmagan ziyon yetkazish;
texnikaviy muhitdan kelib chiquvchi – texnikaviy vositaning ishdan chiqishi;
xo‘jalik jarayonlari va iqtisodiyotning holati bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan - inflyatsiya, bozor kon’yunkturasi, bank foizi, valyuta kurslari va b.
Do'stlaringiz bilan baham: |