Risk tushunchasi va tavsifi Risklarning turlari va ularning turkumlanishi
Download 232 Kb.
|
buxgaltera
- Bu sahifa navigatsiya:
- Sug‘urtaviy risk
Moliyaviy risklar, pul mablag‘larini yo‘qotish ehtimolligi bilan bog‘liq. Moliyaviy risklar ikki turga bo‘linadi: pulning xarid quvvati bilan bog‘liq bo‘lgan risklar va sarmoyalarni qo‘yish bilan bog‘liq bo‘lgan risklar (investitsion risklar).
Pulning xarid quvvati bilan bog‘liq bo‘lgan risklar quyidagi xillardan iborat: inflyatsion; deflyatsion; valyuta; likvidlik. Investitsion risklar quyidagilardan iborat: boy berilgan naf riski – bu qandaydir amalni (misol uchun, sug‘urtalash, xedjirlash, investitsiya va sh.k.) bajarilmasligi natijasida bilvosita moliyaviy zarar (foyda ololmaslik)ga olib keluvchi risk; daromadlarni pasayish riski portfelli investitsiyalar, omonatlar va kreditlar bo‘yicha foizlar va dividendlar hajmining kamayishi natijasida yuzaga kelishi mumkin. Daromadlilikni pasayish riski quyidagi xillardan iborat: foiz risklari – tijorat banklari, kredit muassasalari, investitsion institutlar tomonidan jalb qilingan mablag‘lari bo‘yicha to‘layotgan foizlarining taqdim etilayotgan kreditlar bo‘yicha foiz stavkalaridan ko‘tarilib ketishi natijasidagi yo‘qotishlar xavfi. kredit riski – qarz oluvchi tomonidan asosiy qarzini va tegishli foizlarni to‘lanmaslik xavfi. Shuningdek kredit risklariga qimmatli qog‘ozlarni muomalaga chiqargan emitentning ular bo‘yicha foizlarni yoki asosiy qarz summasini to‘lay olmaslik holatiga kelib qolish riski ham kiradi. Kredit bevosita yo‘qotishlar risklariga bo‘linishi mumkin Bevosita moliyaviy risklar quyidagi xillarga bo‘linishi mumkin: birja riski, selektiv risk, bankrotlik riski hamda kredit riski. Sug‘urtada barcha risklar ikki guruhga bo‘linadi: sug‘urtaviy va nosug‘urtaviy (sug‘urta shartnomasiga kiritilmagan). Sug‘urtaviy risk – bu sug‘urta hodisasini ro‘y berish ehtimolligi va ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararning miqdoriy hajmi nuqtai nazaridan baholanishi mumkin. 1-rasm. Risklarning tasnifiy tizimi Sug‘urta riskining asosiy mezonlari: risk tasodifiy xarakter kasb etishi kerak, bunda sug‘urta shartnomasida ishtirok etayotgan barcha tomonlarga sug‘urta hodisasining ro‘y berish aniq vaqti va ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararning hajmi oldindan ma’lum emas; mazkur riskning namoyon bo‘lish tasodifiyligini bir turdagi obyektlar jamlamasi bilan solishtirish mumkin, ya’ni statistik kuzatuvlar olib borish kerak; riskni amalga oshishida aks etuvchi sug‘urta hodisasining ro‘y berishi sug‘urtalanuvchi yoki boshqa manfaatdor shaxsning xohish-irodasi bilan bog‘liq bo‘lmasligi kerak; sug‘urta hodisasining ro‘y berishi davr va makonda ma’lum emas; riskni amalga oshish oqibatlarini pul ifodasida obyektiv o‘lchash va baholash imkoni mavjud. Download 232 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling