4. Tayanch iboralar
Sug‘urta – ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni manfaatdor jismoniy va yuridik shaxslar o‘rtasida qoplash.
O‘z-o‘zini sug‘urtalash – yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan o‘z moddiy va pul rezervlarini yaratish.
Sug‘urtalovchi – sug‘urtani amalga oshiruvchi ixtisoslashtirilgan tashkilot.
Risk – tabiiy-iqlimiy, iqtisodiy va ijtimoiy hodisalar xususiyatlaridan kelib chiqadigan yo‘qotishlar xavfi ehtimoli.
Hodisa – tabiiy yoki ijtimoiy-texnik jarayonlar, tashqi subyektlarning maqsadga yo‘naltirilgan xatti-harakatlari yig‘indisi yoki subyektning o‘zini xatti-harakati.
Subyekt uchun xavf-hatarlar – amalga oshishi subyektga zarar (ziyon) yetkazishi mumkin bo‘lgan hodisalar
Zarar – har qanday moddiy yoki ma’naviy talofat, ziyon.
Manfaat – naf, foyda.
Haqiqiy risklar – salbiy yoki nolli natijani olish ehtimolligi: tabiiy, ekologik, siyosiy, transport va tijorat risklarining bir qismi (mulkiy, ishlab chiqarish, savdo).
Spekulyativ risklar – ham ijobiy, ham salbiy natijani olish ehtimolligi: moliyaviy risklar.
Foiz risklari – tijorat banklari, kredit muassasalari, investitsion institutlar tomonidan jalb qilingan mablag‘lari bo‘yicha to‘layotgan foizlarining taqdim etilayotgan kreditlar bo‘yicha foiz stavkalaridan ko‘tarilib ketishi natijasidagi yo‘qotishlar xavfi.
Kredit riski – qarz oluvchi tomonidan asosiy qarzini va tegishli foizlarni to‘lanmaslik xavfi.
Sug‘urtaviy risk – bu sug‘urta hodisasini ro‘y berish ehtimolligi va ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararning miqdoriy hajmi nuqtai nazaridan baholanadigan xavf.
Nosug‘urtaviy risklar – bu risklar obyektiv mavjud bo‘ladi, ammo sug‘urtalovchi mas’uliyati hajmiga qo‘shib, ya’ni sug‘urtaga qabul qilib bo‘lmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |