Risk tushunchasi va tavsifi Risklarning turlari va ularning turkumlanishi


Download 232 Kb.
bet6/10
Sana09.02.2023
Hajmi232 Kb.
#1182896
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
buxgaltera

Risk tahlili – boshlang‘ich bosqich bo‘lib, uning maqsadi obyektning hozirgi vaqtdagi tarkibi, xususiyatlari haqida, kelajakda uning holatini o‘zgarishi haqida zarur axborotlarni olish hisoblanadi.
Riskni aniqlash bosqichi obyektning mavjud risklarini tavsifini, ya’ni ularning sifat jihatlari va ta’rifini nazarda tutadi.

2-rasm. Riskni boshqarish jarayonining umumiy sxemasi
Baholash – bu aniqlangan risklarning miqdoriy tavsiflarini aniqlash: ehtimolligi va ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlar hajmi. Mazkur bosqichda noqulay holatlarning rivojlanish ssenariylari jamlamasi shakllanadi; zarar ko‘rish ehtimolligini taqsimlash funksiyalari quriladi.
Aniqlash va baholash o‘zaro uzviy bog‘liq hisoblanadi va har doim ham ularni alohida mustaqil qismlarga ajratish imkoni bo‘lmaydi. Undan tashqari, riskni boshqarish jarayoni qarama-qarshi yo‘nalishda borishi ham mumkin: baholashdan aniqlashga, misol uchun, zarar ko‘rib bo‘lingadan keyin uning sabablarini aniqlashda.
Riskka ta’sir etish usullarini tanlash bosqichida kelajakda ko‘rilishi mukin bo‘lgan zararlarni minimallashtirish rejalashtiriladi. Buning uchun uni kamaytirishning turli uslub va usullari qo‘llaniladi. Riskka ta’sir etish usullarini tanlash ularning samaradorligini solishtirish orqali, shu jumladan turli usullarning kompleks kombinatsiyalarini hisobga olgan holda amalga oshirilishi lozim
Riskka bevosita ta’sir etish bosqichi to‘rtta asosiy uslublardan tashkil topadi: istisno qilish, pasaytirish, saqlash va riskni o‘tkazish (3-rasm).
Riskni istisno qilish deganda mazkur risk bilan bog‘liq bo‘lgan har qanday xatti-harakatlar va chora-tadbirlarni rad qilish tushuniladi.
Riskni pasaytirish - ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni yoki noqulay holatlarni ro‘y berish ehtimolligini kamaytirishni bildiradi. Bu yo‘nalishda oldini olish tadbirlari amalga oshiriladi. Bunday tadbirlar deganda binolar va inshootlarlarning xavfsizlini kuchaytiruvchi turli xildagi choralar, nazorat va ogohlantiruvchi tizimlarni, yong‘inga qarshi qurilmalarni o‘rnatish, ekstrimal holatlarda harakatlanish bo‘yicha xodimlarni o‘qitish va sh.k. tushuniladi.



3-rasm. Riskka ta’sir etish usullarining asosiy usullari

Download 232 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling