Risk tushunchasi va tavsifi Risklarning turlari va ularning turkumlanishi
Iqtisodiy muhit risklarini pasaytirish
Download 232 Kb.
|
buxgaltera
- Bu sahifa navigatsiya:
- Risklarni saqlash
- Risklarni o‘tkazish
Iqtisodiy muhit risklarini pasaytirish uchun turli xildagi usullardan foydalaniladi:
diversifikatsiya – mablag‘larni (kapitalni) qo‘yilmalarning turli obyektlari bo‘yicha, foydalanishning turli yo‘nalishlari bo‘yicha taqsimlash jarayoni; qo‘shimcha axborotlarga ega bo‘lish; limitlashtirish – xarajatlar, sotuv, kredit va sh.k. limitini (chegarasini) o‘rnatish. Risklarni saqlash zararlarni kompensatsiyalashga yo‘naltirilgan har qanday ta’sirlardan voz kechish yoki noqulay holatlar ro‘y berganda zararlarni qoplashga mo‘ljallangan maxsus rezerv fondlarini tashkil qilish (o‘z-o‘zini sug‘urtalash). Riskka ta’sir etishning oxirgi usuli o‘z-o‘zini sug‘urtalash nomini olgan. Risk saqlanishi holatida amalga oshiriladigan chora-tadbirlarga yana zararlarni kompensatsiyalash va ishlab chiqarishni tiklash uchun kredit va qarzlar olish, davlat dotatsiyalarini olish va b. kiradi. Risklarni o‘tkazish bo‘yicha choralarga mavjud daraja saqlangan holda u uchun javobgarlikni uchinchi shaxslarga o‘tkazish tushuniladi. Ularga ma’lum to‘lov asosida riskni sug‘urta kompaniyasiga o‘tkazishni nazarda tutuvchi sug‘urtalash, shuningdek turli xildagi moliyaviy kafolatlar, kafilliklar va b. kiradi. Riskni o‘tkazish, shuningdek ko‘zda tutilmagan holatlar ro‘y berganda o‘z javobgarligini kamaytiruvchi yoki riskni kontragentga o‘tkazuvchi maxsus kelishuvlarni hujjatlar (shartnomalar, savdo bitimlari va b.) matniga kiritib qo‘yish bilan ham amalga oshirilishi mumkin. Aniq bir risklarga ta’sir qilishning optimal usullari tanlanganidan so‘ng korxonaning barcha risklari jamlanmasini boshqarish strategiyasini shakllantirish imkoni paydo bo‘ladi. Bu bosqich qaror qabul qilish hisoblanib, unda talab qilinadigan moliyaviy va mehnat resurslari aniqlanadi, menejerlar o‘rtasida vazifalarni aniqlash va taqsimlash amalga oshiriladi, tegishli xizmatlar bozori tahlil qilinadi, mutaxassislar bilan maslahatlar o‘tkaziladi. Risk-menejmentning yakunlovchi bosqichi olingan natijalarni hisobga olgan holda va yangi axborotlarning paydo bo‘lishi bilan tanlangan strategiyani amalga oshirish natijalarini nazorat va tahrir qilish hisoblanadi. Nazorat menejerlardan ko‘rilgan zararlar, uni kamaytirish bo‘yicha qo‘llangan choralar, ularning amaliy samaralari haqida axborot olishdan iborat. Olingan natijalar tahlili va ishlovi muntazab o‘tkazilib turilishi lozim. Riskni boshqarish ko‘plab rahbarlarda, avvalo, odatiy sug‘urtalash bilan bog‘lanadi. Haqiqatdan ham, sug‘urta azaldan riskka ta’sir etishning dunyoda keng tarqalgan usullaridan hisoblanadi va hozirgi kunda ham shundayligicha qolmoqda. Bugungi kunda AQSh, Yaponiya, Germaniya kabi rivojlangan yirik mamlakatlarda yillik sug‘urta mukofotlarining to‘lovlari yalpi ichki mahsulotining 7-9%ini tashkil qilmoqda. Horijda inson faoliyatining deyarli barcha sohalari sug‘urta bilan qamrab olingan: tibbiy sug‘urta, hayot sug‘urtasi, mulkiy sug‘urta, yuklarni sug‘urtalash, foyda sug‘urtasi, bankrotlik sug‘urtasi, fuqarolik javobgarligining har xil turlari. Hech bo‘lmaganda sug‘urtaning bitta turi amal qilmaydigan soha topilmaydi, undan tashqari sug‘urtaning ko‘plab turlari turli mamlakatlarda majburiy hisoblanadi. Biroq, bozor iqtisodiyotiga yangi o‘tgan mamlakatlarda, shu jumladan O‘zbekistonda ham sug‘urta bo‘yicha holat quvonarli emas. Bu shu bilan izohlanadiki, hali hanuz iqtisodiyotni markazlashgan holda boshqarish orqali noqulay holatlar ro‘y berganda korxonalarni qo‘llab-quvvatlash va aholiga yordam ko‘rsatish uchun sarflanishga mo‘ljallangan davlat rezervlarini shakllantirilishi tushunchasining mavjudligidir. Bozor iqtisodiyoti sharoitida davlat qo‘llab-quvvatlashlari hajmi ko‘m martaga qisqaradi. Korxonalarning o‘zlari qiyinchilik holatlarida ko‘riladigan zararlarni bartaraf etish mexanizmlarini yaratish “g‘amini yeyishlari” kerak. Bu yerda sug‘urta eng qulay va bozor nuqtai nazaridan mukammal bo‘lgan mexanizmlardan hisoblanadi. Download 232 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling