Riskka ta’sir etish imkoniyati bo‘yicha:
ekzogen (tashqi) risklar, ularga ta’sir etish qaror qabul qiluvchi shaxs ta’siri ostiga tushmaydi va risklarni amalga oshishi natijasida yuzaga keluvchi zararlarni, oqibatlarini kamayishi bilan cheklanadi;
endogen (ichki) risklar, qaror qabul qiluvchi shaxs ta’sir doirasida bo‘ladi, qaysiki ular uchun risklarni yuzaga kelish ehtimolligi kamayadi va ayrim hollarda butunlay bo‘lmaydi.
Iqtisodiy muhitlar uchun xos bo‘lgan risklarning tasnifiy tizimi o‘z tarkibiga guruhlar, toyifalar, turlar, kichik turlar va xillarni oladi. Ularning chizmali ko‘rinishi 1-rasmda aks ettirilgan.
Ehtimolli natijasi (riskli hodisa) bo‘yicha risklar quyidagilarga bo‘linadi:
Haqiqiy risklar – salbiy yoki nolli natijani olish ehtimolligi: tabiiy, ekologik, siyosiy, transport va tijorat risklarining bir qismi (mulkiy, ishlab chiqarish, savdo).
Spekulyativ risklar – ham ijobiy, ham salbiy natijani olish ehtimolligi: moliyaviy risklar.
Risklarni yuzaga kelishining asosiy sabablaridan kelib chiqib, ular quyidagilarga bo‘linadi:
tabiiy;
ekologik;
siyosiy;
transport;
tijorat.
Tarkibiy belgisi bo‘yicha tijorat risklari quyidagilarga bo‘linadi:
mulkiy, mulklarni o‘g‘irlik, sovuqqonlik, texnik va texnologik tizimlarda ortiqcha quvvat va b. sababli yo‘qotish ehtimolligi;
ishlab chiqarish, turli sabablar bilan ishlab chiqarishdagi to‘xtalishlar natijasida zarar ko‘rish ehtimolligi;
savdo, to‘lovlarning kechikishi, tovarlarni transportirovka qilish jarayonida to‘lovlarni rad qilish, tovarlarni yetkazib bermaslik va b. sababli zarar ko‘rish ehtimolligi.
Do'stlaringiz bilan baham: |