Rivojlangan mamlakatlarda logistikaning rivojlanish omillari va tendensiyalari


Download 283.61 Kb.
bet9/10
Sana18.11.2023
Hajmi283.61 Kb.
#1784054
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
20-94 Sayfullayev Bahrom

Xulosa va takliflar
Ushbu kurs ishida " rivojlangan mamlakatlarda logistikaning rivojlanish omillari va tendensiyalari" mavzusida qisqacha fikr va mulohazalar yuritildi. Yuqorida qayd etilganidek logistikani sanoatning barcha sohalarida keng qoʻllaniladigan element sifatida uning ta'rifi, boshqarish tizimlari, respublikamizda yuritilish tartib va qoidalari haqida maʼlumotlar berildi. Bugungi kundagi oʻrganish jihatidan dolzarb mavzulardan biriga aylangan "logistik jarayonlar va ularni boshqarish" hayotiy jarayonlarni "tomiri" sifatida xom ashyodan boshlab isteʼmolchilar qoʻliga yetib borgungacha boʻlgan davrda oʻzining dolzarbligi, tizimdagi muammo yechimlari moddiy- texnik bazalarni yaratish, ishlab chiqarish logistikasi hamda buxgalteriya hisobi bilan uzviy bogʻliqdir.Bu muammolarga yechim topishning eng yaxshi yo’li esa hozirda rivojlangan va sanoatda yetakchi davlatlaring logistika sohasida qo’llayotgan usullari va rivojlanish omillari va tendensiyalarini ularning shu marraga qadar bosib o’tgan yo’llarini o’rganish muhim bo’ladi.Mamlakatimiz iqtisodiyotiga, birinchi navbatda, bizning sharoitimizga to‘g‘ri keladigan, jarayonlar samaradorligining keskin о‘sishi ga imkon beruvchi logistika falsafasini tadbiq etish lozim. Yangi ilmiy va o'quv «logistika» fanini o‘rganish obyekti moddiy va ular bilan bog'liq bo'lgan axborot oqimlari hisoblanadi. Fanning dolzarbligi va uni o'rganishga bo'lgan qiziqishning keskin ortishi logistik yondoshuvdan foydalanish orqali logistik tizimlar faoliyati samaradorligini oshirishning potensial imkoniyatlari bilan bogiiqdir. Logistika xomashyo va yarimtayyor mahsulotlar olib kelish bilan iste’molchiga tayyor mahsulot yetkazib berish o'rtasidagi vaqt oralig‘ini keskin qisqartirish imkonini beradi.Bugungi kunda zamonaviy texnologiyalardan foydalangan holda logistika jarayonlari, ishlab chiqarish, sanoat va tijorat sohalari faoliyatini tubdan o‘zgartirish maqsadida Respublikamizda yangi o‘zgarishlar va islohatlar amalga oshirilmoqda.Moddiy oqimlar va ularni boshqarish jarayoni bir necha bosqichlarda amalga oshirilib, xom ashyo va materiallar, ishlab chiqarish hajmi, ishlab chiqarish xarajatlari, tayyor mahsulotlarni sotish, ularni oʻz egalariga isteʼmolchilarga betalofat yetkazish kabi jarayonlarni oʻz ichiga olib boshqariladi. Mahsulot ishlab chiqarish hajmi zaxiralaming va alohida ishlab chiqarishning hajmini, ularning miqdorini hamda yuk oqimlarining quvvatini aniqlaydi. Ishlab chiqarilayotgan mahsulot hajmi qancha katta bo‘lsa, shuncha ishlab chiqarish bo‘linmalari yirikroq, ularning maxsus yo‘naltirilganligi aniqroq, korxonaga kelib tushayotgan va undan chiqib ketayotgan yuklaming hajmi katta bo‘ladi. Ishlab chiqarilayotgan mahsulot hajmining o'sishi o‘rtacha bir kunlik materiallar xarajatining o‘sishiga olib keladi va kattaroq zaxiralarni tashkil etishni asoslaydi. Yuklarni tashishni tashkil etish uslubi transport bo‘linmalarining soniga, ishlaming bajarilishi qatnashchilarining tarkibiga, mahsulot harakatida bo‘g‘inlarning soniga va oraliq omborlaming miqdoriga ta’sir qiladi. Masalan, yuk oqimlarini tashkil etishning tranzit sxemasiga o’tish , mahsulot harakatida bo‘g‘inIar sonining susayishiga va yuklarni qayta ishlash bo'yicha ishlar hajmining qisqarishiga olib keladi.Yaxshi ishlangan logistik tizim esa moddiy oqimlarni vaqt boʻylab qayta ishlash amallarining bajarilish ketma-ketligi oldindan aniqlab beradi.Mavzuning dolzarbligi mamlakatimiz logistika tizimlarini va boshqarish usullarini rivojlangan davlatlarning logistik tizimlaribilan solishtirish haqida edi.Menimcha biz eng avvalo o’z ijtimoiy ahvolimizni yaxshi o’rganishimiz,oldingi xatolar va yutuqlarni hisobga olgan holda boshqa davlatlarning tizimlarini oz’ sharoitimizga to’g’ri keladiganini tanlab o’sha tizimni o’zimizga o’zimiz uchun moslashtirishimiz kerak.Biz boshqa tizimga moslashmasligimiz kerak chunki boshqa tizimlar ham qaysidir davlatning kamchiliklarini yopish uchun mo’ljallangan bo’ladi.Biz ham shu yo’nalishda o’zimiz uchun logistik tizimlarimizni rivojlantirishimiz zarur.

Download 283.61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling