S avezbayev, S. N. Volkov


Download 6.41 Mb.
Pdf ko'rish
bet18/85
Sana04.11.2023
Hajmi6.41 Mb.
#1747636
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   85
Bog'liq
26. yer tuzishning imiy asoslari. avazbayev s

9
yer kadastrini yuritish, yer uchun to'lovlam ing um um iy ta ­
moyillari, yerga egalik qilish va yerdan foydalanishning axborot aso- 
sini yaratish bo'yicha tadbirlarni amalga oshirish tartibini belgilash;
• yer tuzish tizim ining asosiy qoidalarini belgilash;
• yerlardan foydalanish va ularni muhofaza qilishni nazorat qilish 
va yer moriitoringini amalga oshirish. 
.
38


S an ab o ‘tilg an ta d b irla r yangi ‘ yer t'u zu m in i y a ra tad i va 
riv o jlan tirad i va u lar bevosita yer islo h o tla rin i t a ’m inlashga 
yo’naltirilgan. Yer fondini boshqarish amaliyoti ko‘p yillar davomida 
yerga tejamkorlik, ehtiyotkorlik m unosabati, uning unum dorligini 
va m ahsuldorlik salohiyatini oshirish, boshqacha aytganda - yerdan 
foydalanish sohasiga, usullariga va hududni tuzish shakllariga, texnik 
vositalarga va agrar texnologiyalarga vaqti-vaqti bilan o'zgarishlar 
kiritilib borgan b o ‘lishiga qaram asdan yer resurslaridan oqilona 
foydalanish b o ‘yicha talablarga javob bermadi. K o'p m intaqalarda 
yer fondini saqlash va undan foydalanish ahvoli og‘irlashdi, deg- 
radatsiya jarayonlari qamrab olgan m aydonlaf keiigaydi. Quyidagilar 
ta ’m inlanganda yerdan foydalanish oqilona deb aytiladi:
* tabiiy va iqtisodiy sharoitlar va m azkur hududning xususiyat­
lari to'la hisobga olinadi;
© jam iyatning tub ijtimoiy-iqtisodiy m anfaatlari ta ’minlanadi;
e ishlab chiqarish va boshqa turdagi faoliyatlarning yuqori 
samaradorligiga erishiladi;
• yerning unum dorligini va boshqa foydali xususiyatlarini qayta 
tiklash va uni m uhofaza qilish ta ’minlanadi,
Yerdan oqilona foydalanish maqsadlari o'zgarmagan holda ularga 
erishish usullari ishlab chiq arish n in g ilm iy-texnik darajasiga, 
jam iyatning iqtisodiy imkoniyatlariga, aholining ijtimoiy talablariga 
bog'liq holda bir-birlaridan farq qiladi. Biroq, yerlarni yaxshilash 
bo'yicha tadbirlarni rejalashtirish va amalga oshirishga tarm oqlar 
b o 'y ich a yondashish, kapital xarajatlarning qoniqarsiz tarkibi, 
ularning nokompleksligi va balanslanm aganligi, qishloq xo'jaligi 
ishlab chiqarishining tabiiy va iqtisodiy sharoitlarini yom on hisobga 
olish sababli bu xarajatlarning qoplanishi juda past edi va qishloq 
xo'jaligi ishlab chiqarishi sam aradorligi aytarlik o'zgarm adi. H ozir 
irrigatsiva va m elioratsiya obyektlarim joylashtirish usullarini 
o'zgartirish, y o i qurilishini kengaytirish, m a ’danli o 'g 'itlard an va 
boshqa intensivlash v o sitalarid an o q ilo n a foydalanish kerak. 
Tarm oqni rivojlantirishning asosiy im koniyatlari uni yuritishning 
adaptiv strategiyasi, xo'jalik yuritish shakllarining h a r xilligi, 
bozor munosabatlariga o 'tish bilan bog'liq.
Yerdan foydalanishning tarixiy vujudga kelgan tarkibi hududlar 
va mintaqalar bo'yicha zamonaviy xo'jalik va ekologik talablarga to'la
39


javob bermaydi. U rushdan keyingi yillarda qishloq xo'jaligi suv bilan 
yaxshi ta ’m inlangan m intaqalardan quruq ch o ‘1 mintaqalariga ko'cha 
boshladi (M irz a c h o i, Qarshi, Jizzax, Sherobod va boshqa c h o ila r). 
Aholi zich joylashgan m intaqalardagi qishloq xo'jalik yerlari may- 
d o n la rin in g q is q a r is h i, c h o ‘l m in ta q a la r id a y an g i y e rla rn i 
o'zlashtirish bilan qoplana boshladi.
C h o ‘1 m intaqalarida bir gektar yerni o'zlashtirish, eskidan deh­
q o n c h ilik b ila n s h u g 'u lla n ila d ig a n m in ta q a lard ag i b ir g ek tar 
u n u m d o r yerni y o 'q o tish n in g o 'rn in i qoplay olm aydi. Sababi, 
ularning hosildorliklari orasidagi farq ikki baravarga yaqin. Shuning 
uchun ham c h o ‘1 m intaqalarida yerdan foydalanishning oqilona 
tark ib in i tik lash va yerlar u n u m d o rlig in i oshirish agrosanoat 
m ajm uasini rivojlantirishning ustivor vazifalaridan biri bo'lib qoladi.
Boshqa mintaqalarda ham yerdan oqilona foydalanish zarur. Deh- 
qonchilikning rivojlanishi bu mintaqalarda haydalm a yerlarning had- 
dan tashqari ko'payishiga, o ‘rm onlar va boshqa dov-daraxtlar m ay- 
donlarining qisqarishiga, eroziya jarayonlarining keng rivojlanishiga, 
gumus m iqdorining keskin kamayishiga olib keldi. Ayrim viloyatlarda 
qishloq xo‘jalik ekinlari hosildorligining o'sishi to'xtadi, yerlarni 
m uhofaza qilishga sarflangan katta kapital xarajatlar esa sezilarli 
natijalam i berm adi. C ho‘1 m intaqalarini o'zlashtirishda sifati past 
yerlar ham o ‘zlashtirilib, haydalm a yerlar tarkibiga q o ‘shildi. Bu 
yerlarda tu p ro q unum dorligini oshirish b o ‘yicha tub choralarni 
ko'rish kerak.
Y erlardan oqilona foydalanish aholining joylashishi va qishloq 
xo'jaligi ishlab chiqarishining m ehnat resurslari bilan ta’minlanishiga 
bog'liq. U n u m d o r yerlar qishloq xo'jaligida faqat yuqori malakali, 
zarur m ehnat qurollari bilan qurollangan ishchilar soni yetarlik 
bo'lgandagina yuqori hosil berishi m um kin. Yer va inson m ehnati 
qishloq xo'jaligida ajralmasdir, ular qishloq xo'jaligi tarm oqlarining 
joylashishini va sarnaradorligini belgilaydi.
O 'zbekistonda yerga egalik qilish va yerdan foydalanishning rivoj- 
lanishida oxirgi o 'n yillikda ikki jarayon - aholining jon boshi hisobiga 
yer bilan ta 'm in lan ish darajasining to'xtovsiz kamayishi va shu 
bilan bir qatorda asosiy dehqonchilik mintaqalarida qishloq xo'jaligida 
band bitta doimiy ishchiga nisbatan haydalma va qishloq xo'jalik yerlari 
m aydonlarining o'sishi kuzatilmoqda.
40


A holining nisbiy yer bilan ta ’m inlanishi - hududning inson 
hayotiy zaruratlarini qondirish uchun yaroqliligini k o ‘rsaluvchi 
asosiy ko'rsatkichdir.
Sobiq ittifoqning ayrim respublikalari aholisining qishloq xo'jalik 
yerlari va haydalma yerlar bilan ta ’minlanishi to ‘g‘risidagi m a’lumotlar 
4-jadvalda keltirilgan.
4 - j a d v a 1

Download 6.41 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   85




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling