S avezbayev, S. N. Volkov
Yer - ishlab chiqarish vositasi
Download 6.41 Mb. Pdf ko'rish
|
26. yer tuzishning imiy asoslari. avazbayev s
2. Yer - ishlab chiqarish vositasi.
Ijtim oiy ishlab chiqarish, tarixan, inson m ehnatining yer va boshqa tabiiy resurslar bilan o'zaro ta ’siri natijasida yuzaga keldi. «M ehnat boylikning otasi va faol tamoyili, yer esa uning onasidir», degan edi klassik iqtisodiy nazariya asoschisi, XVII asrdagi ingliz iqtisodchisi Vilyam Petti (У. Петти, Э коном ические и статис тические работы .-М .:С оцекгиз, 1940. 55.). Sivilizatsiyaning boshlang'ich bosqichlarida odam ning yashash vositalarini olishida yerning ahamiyati har tom onlam a katta edi; hozir ham 75% atrofidagi iste’mol mahsulotlari agrar sohada yctishtiriladi. Yer oldingidek odam hayotida yetakchi rol o'ynaydi. Insoniyat sivilizasiyasi - yerga ta ’sir etadigan asosiy omildir. Bir avlod hayoti davridagi tabiiy - tarixiy jarayonlar yerning ahvoliga doimiy o^sib boruvchi texnogen (ishlab chiqarishning rivojlanishi bilan bog'liq) ta ’sirlarga qaraganda kam ta ’sir ko'rsatadi. Oziq - 12 ovqat mahsulotlariga va xomashyoga b o ‘lgan talabning o ‘sishi, ularni qondirish usullaridagi, texnika va texnologiyalardagi o ‘zgarishlar bir vaqtning o ‘zida ularning unum dorlik sifatlarini qayta tiklash uchun o ‘sib boruvchi potensial im koniyatlarda yerlarning degradat- siyasiga (buzilishiga) olib keladi va olib kelishi mum kin. Ijtimoiy ishlab chiqarishda yerning qatnashishi m ehnat jarayoni asosida sodir b o ‘ladi. M ehnat jarayoni quyidagi elem entlam i o ‘z ichiga oladi: inson m ehnati, m ehnat predm eti va m ehnat vositasi. Qishloq xo'jaligida odam yerga boshqa m ehnat vositalari yordamida ta ’sir etib, to ‘g ‘rid a n -to ‘g‘ri iste’m ol qilish va keyinchalik qayta ishlash uchun m ahsulot yetishtiradi. Sanoatning qazib oladigan va qayta ishlaydigan tarmoqlarida yerdan olinadigan m ahsulot (m a’danli xom ashyo) ishlab chiqarish vo- sitalariga moslashtiriladi va aylantiriladi, bu odam larning yerga ta ’sir etishdagi va iste’mol m ahsulotlarini ishlab chiqarishdagi im koni- yatlarim kengaytirish im konini beradi. Yerning ham m a uchun um um iy ishlab chiqarish vositasi deb atalishi bejiz emas, sababi, u ishchiga u turadigan o'rinni, m ehnat jarayoniga esa - harakat doirasini beradi. Yer keng m a’noda bu jarayon sodir bo'lishi uchun zarur barcha m oddiy sharoitlarni o'zida mujassamlashtiradi. Yer har qanday faoliyatning birlam chi asosi hisoblanadi. Yer uning paydo bo'lishining m oddiy sharoiti, uni amalga oshirishning kenglik asosi (bazisi), odam ishlab chiqarish masalalarini yechishda ta’sir etadigan jism (predm et) hisoblanadi. Yana, yer m ehnat quroli yoki vositasi, m adaniy o'simliklarga ta ’sir etib dehqonchilik m ahsu lotlarini yetishtirishda - mehnat quroli hisoblanadi. Bu esa unga hamma uchun um um iy ishlab chiqarish vositasi xalq xo'jaligining barcha tarmoqlari uchun m ehnat predmeti, qishloq va o'rm on xo'jaliklarida mehnat quroli sifatida qarash uchun asos bo'ladi. Agrar ham da industrial sohalar faoliyatida, shu jum ladan, qayta ishlovchi va qazib oluvchi sanoatda yerning roli ham m a vaqt faoldir. Sanoat korxonalarini joylashtirish va ularning m e’yorida ishlashi yer qatlamlari sifatiga, xomashyo olish va iste’mol qilish ham da tayyor m ahsulotlarni topshirish joylariga nisbatan o'm iga, tuproq unumdorligi va yerning boshqa xususiyatlariga, bunda yerning biologik salohiyatidan qisman foydalanilsa yoki um um an foydalanilmasa ham, bog'liq bo'ladi. 13 Yerning jamiyat uchun foydaliligining eng to ‘la nam oyon bo'lishi qishloq xo'jaligida ko'rinadi, bu yerda ishlab chiqarish jarayoni bevo- sita uning unum dorligi va m ahsuldorligi bilan bog'liq. Odam biolo- gik, kimyoviy, texnik vositalar bilan qurollanib o'sim liklarni o'sti- radi, hayvonlarni parvarishlaydi, bunda u yer va u bilan bog'liq b o shqa tab iiy resurslardan ham m ehnat predm eti, ham ishlab c h iq arish quroli sifatid a foydalanadi. Q ishloq xo'jaligi ishlab chiqarishida (ham da o 'rm o n xo'jaligida) yerning o'ziga xos o'rni uning bu tarm o q lard a asosiy ishlab chiqarish vositasi sifatidagi vazifalarini belgilaydi. Yerning amaliy ahamiyati xalq xo'jaligining ham m a tarm oqlarida bir xil bo'lm aganligi sababli, u yoki bu ishlab chiqarish faoliyatini amalga oshirish uchun yerning bajaradigan asosiy vazifalari va zarur sifatlarini ko'rib chiqam iz (2-jadval). 2 - j a d v a 1 Download 6.41 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling