S d a d a y e V p a r a z I t o L o g I y a


ODAM VA HAYVONLARDA PARAZITLIK QILUVCHI


Download 6.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet110/133
Sana12.11.2023
Hajmi6.91 Mb.
#1767884
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   133
Bog'liq
Parazitologiya.Дадаев С

ODAM VA HAYVONLARDA PARAZITLIK QILUVCHI 
HASHAROTLAR
Odam va hayvoniarda parazitlik qiluvchi hasharotlarning umumiy tasnifi. 
Parxo 'rlar, bitlar, qandalalar, burgalar va ikki qanotlilar turkumlari vakillarining 
tuzilishi, ко ‘payishi, zarari va ularga qarshi kurash choralari.
H A SH A R O T L A R (IN SE C T A ) sinfi vakillan yer yuzida ju d a keng tarqalgan 
b o ‘lib, xilma-xil tabiiy sharoitlarda hayot kechirishga moslashgan. Hasharotlar sin­
fi traxeya bilan nafas oluvchilar (Tracheata) kenja tipi, b o'g 'im o y o q lilar (Arthro- 
poda) tipiga kiradi.
Hasharotlar sinfiga 1,5 mln. dan ortiq tur kiradi. Hasharotlar orasida odam va 
hayvoniarda parazitlik qiluvchi hamda turli kasalliklar tarqatuvchi turlari ham 
k o 'p lab uchraydi.
Hasharotlar orasida ayniqsa bitlar, burgalar, ko'pchilik ikki qanotlilar, qandala­
lar, parxo'rlar turkumlari vakillari odam va m ahsuldor hayvoniarda parazitlik qilib, 
har xil xavfli kasalliklarni q o 'z g ‘atadi va tarqatadi. Quyida ana shunday hasharotlar 
to ‘g ‘risida m a ’lumotlar keltiriladi.
P arxo‘rlar (M allophaga) turkumi vakillari qanotsiz b o ‘lib, qushlarning va qis- 
man sutemizuvchilarning parazitlari hisoblanadi. Parxo'rlam ing tanasi bir oz yas- 
silashgan, k o ‘zlari o ‘z navbatida reduksiyaga uchragan. O g ‘iz apparati kemiruvchi 
tipda, parazitlik hayotiga maxsus moslashgan. Oyoq panjalari 1-2 b o ‘g ‘imdan 
iborat b o ‘lib, bitta yoki ikkita “ tirnoqcha” bilan tugallanadi. Parxo'rlar o ‘zlarining 
tuzilishi bilan bir tomondan pichanxo‘rlarga o ‘xsnasa, ikkinchi tom ondan bitlarga 
o ‘xshab ketadi.
P arxo'rlar patlar, parlar, sochlar, tuklar orasida yoki terida parazitlik qilib hayot 
kechiradi. Ularning ayrim turlari hatto yirik qushlarning o g ‘iz b o 's h lig 'id a uchrab, 
ularning endoparazitlanga ayiangan. Tuxumlari qopqoqchali b o ‘lib, patlarga, soch-
172


larga, junlarga yopishib turadi. Bunday tuxumlardan tez muddat ichida lichinkalar 
paydo b o ‘ladi. Lichinkalar o ‘z tuzilishiga k o 'ra voyaga yetganlariga o ‘xshab keta­
di, faqat o ic h a m la ri va teri pigmentlari bilan farq qiladi, Parxo‘rlaming um um iy 
rivojlanishi 3 - 4 haftani o 'z ichiga oladi. Ular asosan teri epidermisi, patning ayrim 
qismlari, teridan ajraladigan mahsulotlar hisobiga, shuningdek, yaralardan ajraladi- 
gan moddalar hisobiga oziqlanadi. Ular o ‘zlari yashayotgan organizmni ju d a ham 
bezovta qiladi, buning evaziga hayvonlarning mahsuldorligi kamayadi.
It va mushuklaming junxo'rlari ju n ostida yashab, parazitlik qilish bilan birga, 
b a ’zan ayrim tur parazit chuvalchanglaming tuxumlarini ham tarqatadi.
Parxo'rlam ing 2600 ga yaqin turi m a ’lum, shulardan 300 ga yaqin turi sutemi- 
zuvchilarda, qolganlari esa qushlarda parazitlik qiladi. Ulardan taxminan 400 ga 
yaqin turi M DH mamlakatlarida uchrashi qayd qilingan.
P arxo'rlar turkumi o 'z navbatida 2 ta kenja turkumga va bir nechta oilaga 
b o iin ad i. Haqiqiy parxo'rlar kenja turkumiga oqish tovuq p arx o ‘rini misol qilib 
olish mumkin. Pat va ju n x o ‘rlar kenja turkumiga esa tovuqlaming bosh p a rx o ‘ri 
va kaptar parxo'rini ko'rsatish mumkin. Shuningdek, ularga kattaligi 4 - 5 m m ke- 
ladigan yirik o ‘rdak parxo'ri, it, mushuk va boshqa sutemizuvchilarda uchraydigan 
ju n x o ‘rlami ham k o ‘rsatish mumkin (65-rasm).
Kimyoviy preparatlardan foydalanib, parxo'rlarga qarshi kurash olib boriladi.

Download 6.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   133




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling