S d a d a y e V p a r a z I t o L o g I y a
Download 6.91 Mb. Pdf ko'rish
|
Parazitologiya.Дадаев С
28-rasm .
S erb ar tasm asim on ch u valch an gin in g h ayotiy sikli: 1-asosiy xo'jayin - odam, 2-tashqi muhitga chiqayotgan serbar tasm asi mon chuvalchangining tuxumi, 3-ko- ratsidiyning tuxumdan chiqishi, 4-er- kin suzib yurgan koratsidiy, 5-birinchi oraliq xo'jayin - siklop, 6-ikkinchi oraliq xo'jayin - baliq muskulida plerotserkoid lichinkasi bilan. B o 'g 'im lar, y a ’ni proglottidaiar soni har bir voyaga yetgan keng tasm asimon chuvalchangda 4000 tagacha boradi. B o 'g 'im la m in g eni b o 'y ig a nisbatan uzun 79 bo'ladi. Skoleksi, y a ’ni boshchasi, boshqa tasmasimon chuvalchanglardan farq qi ladi. Ularning boshchasida so 'rg 'ic h o 'm id a 2 ta chuqur egatchalar - botriyalari mavjud, shu organi yordamida ular ichak devoriga yopishadi. Xitinli ilmoqchalari y o ‘q. Germafrodit proglottidalarida jinsiy organlar sistema si qoramol tasmasimonnikiga o'xshash, lekin keng tasmasimon chuvalchanglarda 3 ta teshik tashqariga ochiladi, bularning biri bachadon teshigi, qolganlari esa qin va urug' yo'llari teshigi hisoblanadi. M azkur teshiklar boshqalam ikiga o 'xshab proglottidalaming yon tomonlariga ochilmay, balki oldingi yuzasiga ochiladi. Oxir gi b o 'g 'im larin in g kengligi uzunligiga nisbatan ancha serbar bo'lganligi uchun parazitning nomi serbar yoki keng tasmasimon chuvalchang deyiladi. Yetilgan b o 'g 'im la r bem or axlati orqali tashqariga chiqadi. U ru g 'd o n lar har bir b o 'g 'im d a 7 0 0 -80 0 tagacha, tuxumdoni esa bir dona bo'lib, ikki bo'lak d an iboratdir. Yetilgan b o 'g 'im lard ag i bachadonlar ham o'zining shox- lanishi bilan boshqa tasmasimon chuvalchanglardan farq qiladi. Bachadon shoxlari uzun, har bir b o 'g 'im n in g markazida, y a ’ni o'rtasida joy lash gan, shakli rozetkasimon, gul bezagiga o'xshaydi. Keng tasmasimon chuvalchangning rivojlanishida 3 ta xo'jayin ishtirok eta di. Asosiy xo'jayini - odam, mushuk, it, tulki, ayiq va boshqalar. Birinchi oraliq xo'jayini suvda yashovchi mayda qisqichbaqasimoniar (siklop va diaptomuslar) va ikkinchi oraliq xo'jayini (qo'shim cha xo'jayini ham deb ataladi) baliqlar (cho'rtan, okun, losos) hisoblanadi. Bunda asosiy xo'jayinda yetilgan keng tasmasimon chuvalchangning tuxumlari axlat bilan birga tashqi muhitga chiqariladi. Bu tuxumlar faqat suvda rivojlanadi. Oradan 3 -5 hafta o'tgach, tuxumdan usti kiprikchalar bilan qoplangan koratsidiy chiqadi. Korasidiy sharsimon bo'lib, suvda kipriklari yordamida suzib yuradi. Ko- ratsidiyiaming kiprikli epiteliyasi ostida 6 ilmoqli onkosfera bo'ladi. Koratsidiy- lami suvdagi qisqichbaqasimonlardan - sikloplar ozuqa sifatida yutib yuboradi. Sikloplar ichida koratsidiylar kipriklarini yo'qotadi va onkosferalar ichak de- vorim teshib tana b o 'sh lig 'ig a o'tadi. Bu joy d a onkosfera keyingi lichinkalik stadi- yas! - protserkoidga aylanadi. Protserkoidning bosh qismida 6 ilmoqli yumaloq, kichkina o 'sim ta bo'ladi. Protserkoidnmg rivojlanishi 3 haftacha davom etadi. Keyinchalik bunday lichinka lar bilan zararlangan sikloplami cho'rtan, nalim va b a z i losossimon baliqlar yutib yuboradi. Protserkoidlar baliq osnqozonidan muskullari, jigari va bosnqa organiari- ga o 'tad i va keyingi lichinkalik davri - plerotserkoidga aylanadi. Plerotserkoidning 80 uzunligi 10-15 mm b o ii b , bosh qismida so'rg'ichlar - botriylari aniq shakllangan- dir. Bu lichinkalik stadiya yuqumli hisoblanadi. O dam lar xom va chala pishirilgan plerotserkoidli baliq go'shtini yoki ikrasini iste’mol qilganda, serbar tasmasimon chuvalchangni o'zlariga yuqtiradilar. Odam organizmida 2 1 -3 6 kundan keyin plerotserkoiddan 8-15, b a ’zan 20 m uzunlik- dagi jinsiy voyaga yetgan keng tasmasimon chuvalchang yetishadi. Shuni ham aytib o'tish kerakki, bu parazitning rivojlanishida asosiy xo'jayin va ikkita oraliq xo'jayindan tashqari, ayrim hollarda, yana rezervuar xo'jayin ham ishtirok etishi mumkin. Bunday rezervuar x o ‘jayinlar har xil yirtqich baliqlar bo'lib, ular plero- tserkoid bilan zararlangan mayda baliqlarni yutib yuboradi. Bunda mayda baliqlar- dagi plerotserkoid yirtqich baliqlar muskullariga va boshqa organlariga o'rnashadi va o'zining tiriklik holatini saqlab qoladi. Masalan, bitta cho'rtan baliqda 250 ta- gacha plerotserkoid uchraganligi aniqlangan. Bir sutkada kasallangan odam yoki hayvon ichagidagi parazit tashqi muhitga 2,1 mln. gacha tuxum chiqaradi. Serbar tasmasimon chuvalchang keltirib chiqaradigan kasallik difillobotrioz deb ataladi. Bu parazit odam ichagida 15 yilgacha va undan ham ko'proq yashashi mumkin. Ular yirik bo'lganligi uchun jud a ko 'p ovqatni iste’mol qiladi. Bir odam ichagida 143 tagacha parazit uchraganligi m a ’lum. Difillobotrioz bilan kasallangan odamlarda bosh og'rishi, ish qobiliyatimng pasayishi, ko'ngli behuzur bo'lishi, ich yurishining o'zgarishi kabi holatlar kuzatiladi. Odamda gemoglobin va eritrotsitlar miqdori kamayib ketadi, bu esa kamqonlik kasalligini tug'diradi. Parazit o'zidan turli zaharli moddalar ajratib chiqarib organizmni zaharlaydi. Serbar tasmasimon chuvalchang daryo va ko'llar bo'yidagi aholisi ko'pincha baliq bilan oziqlanadigan hududlarda keng tarqalgan (masalan, Kareliyada, Sankt- Peterburg viloyatida, Boltiq bo'yida. Sibirda, Irtish, Ob. Lena, Yenisey, Amur, Pe chora, Neva, Volga havzalarida. Baykal ko'li atrofida yashaydigan aholi va yirtqich hayvonlar k o'p zararlangan). Difillobotrioz kasalligiga qarshi yalpi kurash tadbirlari ko'riladi. Jumladan, kasallangan odamlami davolash, suv havzalarining ifloslanishini oldini olish, zarar langan baliqlarni, y a ’ni yaxshi tuzianmagan va yangi muzlatilgan baliqlarni, ular ning ikraiarini iste’mol qilmaslik, shaxsiy gigiyena qoidalariga rioya qilish kabi tadbirlar amalga oshiriladi. Kasallangan odamlar fenasal va oshqovoq urug'i bilan davolanadi. Download 6.91 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling