138
Har bir fraksiya uchun nominal o‘lchamga nisbatan
10% gacha yirik donalar
ruxsat etiladi. Baraban tipidagi elaklar (groxot)ning samaradarligi yuqori emasligi,
keramzitni fraksiyalarga to‘liq ajratish qiyin kechadi.
Keramzit shag‘alining uylma zichligiga ko‘ra 10ta markaga bo‘linadi:
M250-800, bunda M250 markali keramzit shag‘alining uyma zichligi 250 kg/m
3
,
M300 markali keramzit shag‘alining uyma zichligi 300 kg/m
3
va xokazo. Uyma
zichlik materialning fraksiyalari bo‘yicha o‘lchov idishlarida aniqlanadi. Keramzit
shag‘alining fraksiyalari qancha yirik bo‘lsa, uyma zichligi shuncha kichik bo‘ladi,
chunki yirik fraksiyalar nisbatan ko‘p ko‘pchigan granulalardan tashkil topadi.
Keramzit shag‘alining uyma zichligi bo‘yicha
markasi uchun silindrda
maydalanishga bo‘lgan mustahkamligi standartda ko‘zda
tutilgan
Keramzit shag‘alining mustahkamligiga qo‘yilgan talablar
7.1-jadval.
Uyma
zichligi
bo‘yicha
markasi
YUqori sifat kategoriyasi
Birinchi sifat kategoriyasi
Mustahkamligi
bo‘yicha markasi
Silindrda
maylanishi
bo‘yicha
mustahkamligi,
MPa
kam emas
Mustahkamligi
bo‘yicha
markasi
Silindrda
maylanishi
bo‘yicha
mustahkamligi,
MPa kam emas
250
P35
0,8
P25
0,6
300
P50
1
P35
0,8
350
P75
1,5
P50
1
400
P75
1,8
P50
1,2
450
P100
2,1
P75
1,5
500
P125
2,5
P75
1,8
550
P150
3,3
P100
2,1
600
P150
3,5
P125
2,5
800
P250
5,5
P200
4,5
139
Keramzit shag‘alining hisobiy mustahkamligi shuni ko‘rsatadiki, bu g‘ovak
to‘ldiruvchi yetarli mustahkamlikka ega bo‘lib, standart sinovlarda mustahkamlik
ko‘rsatkichlari past bo‘lishiga qaramay, yuqori
mustahkamlikdagi yengil
konstruksion betonlar olinadi.
Keramzit shag‘ali donasi shar yoki syuri shaklida bo‘lib,
asosan xom
granulalar shakliga bog‘liqdir. Standartga ko‘ra dona
shakl koeffitsientining
o‘rtacha qiymati 1,5 dan katta bo‘lmasligi kerak. YUqori sifat kategoriyasiga ega
keramzit shag‘ali uchun dona shakl koeffitsienti 2,5 dan katta bo‘lmasligi kerak va
birinchi navli keramzit shag‘ali uchun bunday donalar massa bo‘yicha 15 % dan
oshmasligi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: