S. J. Razzaqov Namangan muhandislik-qurilish instituti
Download 3.98 Mb. Pdf ko'rish
|
Beton told texnologiyasi darslik
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2-ilova 193 Kichik guruhlarda ishlash qoidalari
- 3-ilova Kichik guruhlar uchun topshiriqlar: 1-guruh uchun topshiriq
- 3-guruh uchun topshiriq Beton uchun boshqa g’ovak to’ldiruvchilar ishlab chiqarish usullarini izohlab bering. Keys N o 2
1-ilova
Savollar: 1. Keramzit ishlab chiqarishning quruq usulini tushuntiring? 2. Keramzit ishlab chiqarishning ho’l usulini tushuntiring? 3. Keramzit ishlab chiqarishning poroshok-plastik usulini tushuntiring? 4. Qum olish usullari va texnologiyasini keltiring? 5. SHag’al (chaqiq tosh) ishlab chiqarish usullarini keltiring? 6. SHlakli pemzani hovuzda olish usulini tushuntiring? 7. SHlakli pemzani olishning xandaq-sachratish usulini tushuntiring? 8. SHlakli pemzani olishning gidroekran usulini tushuntiring? 2-ilova 193 Kichik guruhlarda ishlash qoidalari: Har kim o’z o’rtoqlarini tinglashi, hurmat bildirishi kerak. Har kim faol, berilgan topshiriqga mashuliyat bilan qaragan holda ishlashi kerak. Har kim zarur holda yordam so’rashi lozim. Har kim undan yordam so’ralganda albatta yordam berishi kerak. Har kim guruh ishi natijasini baholashda ishtirok etishi shart. 3-ilova Kichik guruhlar uchun topshiriqlar: 1-guruh uchun topshiriq Chaqiq tosh ishlab chiqarish texnologiyasini izohlab bering. 2-guruh uchun topshiriq Qum olish usullarini aytib bering. Zich tog’ jinslari asosidagi shag’al (chaqiq tosh) olishni tushuntirib bering. 3-guruh uchun topshiriq Beton uchun boshqa g’ovak to’ldiruvchilar ishlab chiqarish usullarini izohlab bering. Keys N o 2 Beton uchun ishlatiladigan tuldiruvchilar fizik va mexanik xususiyatlari, texnik-iqtisodiy samaradorligi va ishlatilish soxasi bo‘yicha ajralib turadi. Beton to’ldirgichlarining yaroqliligini tekshirishda uning quyidagi asosiy xossalarini bilish zarur xisoblanadi va bu xossalar nazariy yoki amalda laboratoriya sharoitida tekshirilib aniqlanadi: To’ldiruvchilarning uyilma zichligi: to‘ldiruvchilar uyilma zichligi deb, to‘ldirgich massasining u egallagan xajmga nisbatiga aytiladi (zarrachalar orasidagi bo‘shliq xisobga olinadi); 1. To’ldiruvchilarning dona va modda zichligi: to’ldiruvchilar donalari zichligi, bu quruq shag‘al ëki shag‘al namunasi massasining uning donalari xajmi yig‘indisiga nisbatan aytiladi; 194 2. To’ldiruvchilarning bo’shliqligi: to’ldiruvchi bo’shliqligi ëki donalar orasidagi bo’shliq, to’ldirgich erkin to’kilgandagi donalar orasidagi bo’shliqni umumiy xajmga bo’lgan nisbatiga aytiladi va % da aniqlanadi (zichlanmagan xolda); 3. To’ldiruvchilarning dona g‘ovakligi: g‘ovaklik - to’ldiruvchi donasidagi barcha g‘ovaklarning xajmlari yig‘indisini dona xajmiga nisbatiga aytiladi. Ko’pincha xar bir donaning aloxida g‘ovakligi emas, balki olingan namunadagi donalarning o’rtacha g‘ovakligi aniqlanadi; 4. To’ldiruvchilarning namligi va suvshimuvchanligi: to’ldiruvchilarning namligi va suvshimuvchanligini aniqlashda donalar g‘ovakligi asosiy faktorlardan biri xisoblanadi; 5. To’ldiruvchilarning dona shakli va donadorlik tarkibi: uyilma zichlik, bo’shliqlik kabi to’ldiruvchilarning xaraktiristikasini donalar shakli orqali aniqlanadi. Birinchi marta buni B.Nikolaev tadqiq etdi va 1914 yilda «Material donalari shakli va o’lchamiga mos beton va qorishmalar tarkibi» ishida keltirib o’tdi; 6. To’ldiruvchilarning strukturasi: to’ldiruvchi donalari tarkibini tashkil etuvchi moddalar amorf ëki kristall, shu bilan birga g‘ovak ëki zich strukturani tashkil etadi; 7. To‘ldiruvchilarning mustahkamligi: to‘ldiruvchilar tog‘ jinslarini maydalash orqali olinsa, u holda shu tog‘ jinsining mustahkamligi aniqlanadi; 8. To‘ldiruvchilarning suvga va sovuqqa chidamliligi: to‘ldiruvchilarning mustahkamligi ular olinadigan tog‘ jinsidan kelib chiqib, suvga bo‘ktirilgan holatida aniqlanadi. To‘ldiruvchilarning sovuqqa chidamliligi ularni suvga bo‘ktirilgan holatda ko‘p martali muzlatish va eritish natijasida tekshiriladi. Talabalar tomonidan erishilgan natijalar formulalar yordamida xisoblanib, so‘ngra davlat standartlarida keltirilgan ko‘rsatgichlar bilan solishtiriladi. SHundan so‘ng olingan to‘ldiruvchi beton uchun yaroqli yoki yaroqsiz ekanligi aniq bo‘ladi. G‘ovak to‘ldiruvchi ishlab chiqarishda xomashyo materiallarni to‘g‘ri tanlash va to‘g‘ri proportsiyada qo‘llash katta axamiyatga ega. Download 3.98 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling