S. M. Sultanova, E. V. Krivoruchko, G. T. Zakirova, A. A. Baymatov temir yo‘l transporti statistikasi


Download 1.73 Mb.
Pdf ko'rish
bet51/100
Sana21.02.2023
Hajmi1.73 Mb.
#1217471
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   100
Tayanch iboralar 
Lokomotivlar, vagonlar, elektro-dizel seksiyalari, tortish turi, yuk 
aylanmasi, vagonlarning mavjud parki, tranzit, poyezd-netto va poyezd-
brutto og‘irligi. 
6.4. Mustaqil ishlash uchun masalalar 
 
1-masala. Sutka boshida Mintaqaviy temir yo’l uzelidagi (MTU) 
ishchi parkida 1826 ta vagonlar mavjud edi, jumladan 875 yuklangan va 
951ta yuksiz. Ishdan chiqqan vagonlar soni – 97 ta. Bir sutka mobaynida 
mazkur korxonada quyidagi o‘zgarishlar ro’y berdi: 
1. Qo‘shni Mintaqaviy temir yo’l uzeli (MTU)dan 46 yuklangan va 21 
yuksiz vagonlar qabul qilindi. 
2. Qo‘shni Mintaqaviy temir yo’l uzel (MTU)ga 77 yuklangan va 54 
yuksiz vagonlar yuborildi. 
3. Ijaradan 12 ta vagon qaytarildi. 
4. Ijaraga 4 vagon berildi. 
Bulardan tashqari: 
1. 46 ta vagonga yuk ortildi. 
2. 28 ta vagon bo‘shatildi. 
3. Ishdan chiqqani sababli 10 ta vagon ishlovsiz parki hisobiga o‘tkazildi. 
4. Ta’mirdan chiqqan 5 ta vagon ishchi parki hisobiga o‘tkazildi. 
5. «O‘TY» AJning zaxira hisobiga 2 ta vagon o‘tkazildi. 
6. «O‘TY» AJning zaxirasidan 3ta vagon olindi. 
Sutka oxiriga, umumiy va foydalanish toifalari bo‘yicha mavjud 
vagonlarning balans sonini aniqlang. 
2-masala. Mintaqaviy temir yo’l uzeldagi (MTU) mavjud vagonlarning 
tavsifi hisobot kunining oxirida quyidagi ma’lumotlar bilan ifodalanadi:
a) yuk ortishga tayyor vagonlar soni – 348 ta, yuk tushirishga tayyor 
vagonlar – 114 ta, poyezdlar tarkibida -1742 ta, shu jumladan 1312 tasi 
yuklangan, 430 ta yuksiz, bo‘sh holatda; 
b) peregondagi poyezdlar tarkibida 316 ta vagon, shu jumladan 250 ta 
yukli, 66 tasi yuksiz. 
Hisobot sutkaning boshida Mintakaviy temir yo’l uzelning (MTU) 
ishchi vagonlar parkida 546 ta vagonlar mavjud edi, shu jumladan – 192 
yuklangan va 354 vagon yuklanmagan. Ishsiz park hisobida 43ta vagon 
78


bo‘lib, ulardan «O‘TY» AJ zaxira xisobida – 20ta, ishdan chiqqan vagonlar 
soni – 6, turar joy va ombor hisobida – 3ta, maxsus va texnik ehtiyojlari 
uchun – 14ta. 
Hisobot sutka mobaynida quyidagi ishlar qilindi: 
1) Qo‘shni bekatlardan 105 yuklangan va 42 yuksiz vagonlar qabul 
qilindi. 
2) Qo‘shni bekatlarga 17 yuklangan va 74 yuksiz vagonlar yuborildi. 
3) 416 vagon band etilib, shundan 407tasiga yuk ortilgan. 
4) 47ta vagon bo‘shatilgan, ulardan 36tasidan yuk tushirilgan. 
5) «O‘TY» AJ zaxira hisobidan 4ta vagon olingan. 
6) 14 ta vagon ta’mirlashdan qaytib kelingan, 3 ta yangi vagon qabul 
qilingan, 2 ta vagon ishga yaroqsiz holda bo‘lganligi uchun hisobdan 
o‘chirildi, 10 vagon ta’mirga berilgan. 
Hisobot sutkaning oxirida vagonlarning balans va tezkor mavjudlik 
miqdorini, shu jumladan toifalar bo‘yicha aniqlang. 
3-masala. Quyidagi jadvalda berilgan ma’lumotlarga asoslanib jami va 
uchastkalardagi vagon-soatlar miqdorini aniqlang. 
6.4.1-jadval 
Ko‘rsatkichlar Miqdori 
Vagonlar bosib o‘tgan umumiy masofasi, vag-km
1857 
Poyezd boshida lokomotiv bosib o‘tgan masofasi, lok-km 
39366 
Uchastkadagi poyezd boshida lokomotivning vaqt xarajatlari 
15 
Vagonlar ishchi parki
450 
Operatsiyalar bo‘yicha vagon-soat: 
- yuk tashishda 
- texnik operatsiyalarda 
80162 
16099 
Ishlovsiz 
ishlovchi 
64103 

Download 1.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   100




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling