S. M. Sultanova, E. V. Krivoruchko, G. T. Zakirova, A. A. Baymatov temir yo‘l transporti statistikasi


Download 1.73 Mb.
Pdf ko'rish
bet54/100
Sana21.02.2023
Hajmi1.73 Mb.
#1217471
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   100
7.2. Asosiy vositalarni guruhlash 
Asosiy vositalar turli belgilari bo‘yicha guruhlarga ajratiladi: vazifasi, 
ishlab chiqarish jarayonidagi ishtirok xususiyati, mansubligi bo‘yicha. 
Vazifasi bo‘yicha asosiy vositalar ishlab chiqarish va noishlab chiqarish 
turlariga bo‘linadi. Asosiy ishlab chiqarish vositalari ishlab chiqarishda 
qo‘llaniladi, noishlab chiqarish vositalariga ishlab chiqarishda ishtirok 
etmaydigan vositalar kiradi. Asosiy ishlab chiqarish vositalarining umumiy 
tavsifi uchun mamlakatimizda, quyidagi guruhlar alohida ko‘rsatiladigan, 
umumiy klassifikatsiyasi qo‘llaniladi: imorat; inshootlar; mashina va 
asbob-uskuna hamda jihozlar; o‘lchash va boshqaruv qurilmalari va 
uskunalari; hisob texnikasi; transport vositalari; asbob-uskuna, ishlab 
chiqarish va xo‘jalik anjomlari va buyumlari; ishchi va zotli hayvon, ko‘p 
yillik daraxt va butalar; yerlarni obodonlashtirishga sarflangan kapital 
xarajatlar; xo‘jalik ichi yo‘llari va boshqa obyektlar. Guruhlardagi asosiy 
vositalar quyidagicha jamlangan:
9 imoratlar guruhiga lokomotiv va vagon depolari, bekatlar, yo‘l 
distansiyalari, signal va aloqa distansiyalari, energetika xo‘jaligi va 
boshqalarning ishlab chiqarish va xizmat imoratlari kiradi; 
9 inshootlar va uzatish uskunalari guruhiga - yo‘l, uning barcha 
qurilmalari va elementlari, ko‘priklar, tonnellar, signal va aloqa uzatish 
uskunalari; kontakt simi liniyalari va boshqalar kiradi
9 mashina va asbob-uskuna hamda jihozlarga – kuch mashinalari va 
jihozlar; generatorlar; bug‘ qozoni va turbinalari; ichi yonadigan 
dvigatellar; to‘g‘rilagichlar; barcha turdagi stanoklar; presslar; o‘lchov 
va boshqaruv qurilmalari va uskunalari; hisob texnikasi; o‘quv-sinov 
qurulmalari va boshqalar kiradi; 
9 transport vositalariga – lokomotivlar; motovagonli harakatdagi tarkib; 
barcha turdagi vagonlar; avtomotorelsli transport; avtomobillar, temir 
yo‘l izi mashinalari va boshqalar kiradi; 
9 boshqa asosiy ishlab chiqarish vositalariga – yordamchi-qo‘shimcha fa-
oliyat mehnat vositalari sifatida ishlatiladigan obyektlar, qurulish, qish-
loq xo‘jaligi, o‘rmon xo‘jaligi, savdo va umumiy ovqatlanish obyekt- 
82


lari kiradi; 
9 noishlab chiqarish vositalariga – uy-joy va kommunal xo‘jalik, ta’lim, 
madaniyat va san’at, sog‘liqni saqlash, jismoniy tarbiya va ijtimoiy 
ta’minot mehnat vositalari kiradi
Ishlab chiqarish jarayonidagi ishtiroki bo‘yicha foydalanuvdagi va no-
foydalanuvdagi turlariga ajratiladi. Nofoydalanuvdagi asosiy vositalar qa-
toriga zaxiradagi, konservatsiyadagi va yo‘ldagi obyektlar kiradi. Ishlab chi-
qarish jarayonidagi faoliyat xususiyati bo‘yicha asosiy vositalar aktiv va 
passiv turlarga bo‘linadi. Mansubligi bo‘yicha xususiy va ijaradagi (qisqa 
muddatli yoki uzoq muddatli) asosiy vositalarga ajratiladi. Asosiy ishlab chi-
qarish vositalari tarkibini tavsiflash va tarkibiy o‘zgarishlarni aniqlash uchun, 
umumiy klassifikatsiya asosida yiriklashtirilgan guruhidan foydalaniladi. 

Download 1.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   100




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling