S. M. Sultanova, E. V. Krivoruchko, G. T. Zakirova, A. A. Baymatov temir yo‘l transporti statistikasi


Mavjud asosiy vositalarni baholash, eskirish va yemirilish


Download 1.73 Mb.
Pdf ko'rish
bet55/100
Sana21.02.2023
Hajmi1.73 Mb.
#1217471
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   100
 
7.3. Mavjud asosiy vositalarni baholash, eskirish va yemirilish 
tushunchalari 
 
Asosiy vositalarni baholash. Mavjud asosiy vositalar har bir inventar 
obyekti bo‘yicha quyidagi baholash qiymatiga ega: boshlang‘ich qiymat, 
qayta tiklash qiymati, qoldiq qiymati. 
Asosiy vositalar boshlang‘ich qiymati - ularni xarid qilishga ketgan 
haqiqiy, shu hisobda transportda tashish, o‘rnatish yoki montaj xarajatlari 
jamidan iborat.  
Qayta tiklangan qiymat - asosiy vositalarni aktiv yangilash va ilmiy-
texnika rivojini tezlatishda iqtisodiy sharoit yaratish uchun, zamonaviy ob-
yektlarga zarur miqdordagi mablag‘larni belgilash maqsadida, O‘zbekiston 
Vazirlar Mahkamasining qaroriga muvofiq asosiy vositalar qayta baholan-
moqda. Asosiy vositalar qayta baholanishi natijasida hosil bo‘lgan qiymat 
qayta tiklangan qiymat deb ataladi va u, boshlang‘ich qiymat sifatida 
qo‘llaniladi. 
Yemirilish va amortizatsiya tushunchalari. Asosiy vositalardan foyda-
lanish muddatining boshidan boshlab ajratilgan amortizatsiya ajratmasi miq-
dori yemirilish deb, bir yil muddatidagi miqdori esa amortizatsiya deb 
ataladi. 
Qoldiq qiymat – asosiy vositalarning, yemirilish miqdoriga 
kamaytirilgan qiymati, boshlang‘ich qiymat deb ataladi. 
Temir yo‘l transportida asosiy vositalar hisobi texnik qurollanganlik 
statistikasi doirasida tashkil etilgan. Temir yo‘l transporti asosiy vositalar 
mavjudligining hisobi, ular aniq nomlari, korxonalari va xo‘jaliklari 
bo‘yicha olib boriladi. 
Lokomotivlar inventar soni to‘g‘risida AGO-14 shakl Hisobotda tortish 
turi va temir yo‘l izi, qurulish yili va konstruktiv tuzilishi bo‘yicha ma’lu- 
83


motlar keltiriladi.
Yuk vagonlari inventar soni to‘g‘risida umumiy Hisobot shaklida 
qurulish, konstruktiv tuzilishi, yuk ko‘tarish qobiliyati va boshqalar 
bo‘yicha vagonlar taqsimoti keltiriladi.
Yo‘lovchi vagonlar turi va xili bo‘yicha taqsimoti, AGO-16 shakl 
Hisobot vagonlar texnik pasporti asosida tuziladi. 
Mexanik, energetik jihoz va qurulmalar to‘g‘risida AGO-7 shakl 
Hisobot temir yo‘l transporti barcha xo‘jaliklari bo‘yicha tuziladi. Bu 
AGO-7 shakldagi Hisobot ma’lumotlari umuman temir yo‘l transporti va 
uning asosiy xo‘jaliklari bo‘yicha mexanik, energetik jihoz va 
qurulmalarni tavsiflashga imkon beradi. 

Download 1.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   100




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling