S. N. Maxsudov, G. R. Shukurova
Download 2.96 Mb. Pdf ko'rish
|
Bolalar stomatologiyasi. Maxsudov S.N
Chaynov muskullari kalla suyagidan boshlanadi va pastki jag‘
suyagining turli qismlariga birikadi. Chaynov muskullari to ‘rt juft: chakka muskuli, chaynov muskuli, lateral qanotsimon va medial qanotsimon muskullar. Barcha chaynov muskullarining vazifasi asosan pastki jag‘ni yuqori jag‘ suyagiga tortib yaqinlashtirish hisoblanadi. Agar har ikki tomondagi lateral qanotsimon muskullar bir vaqtda qisqarsa, pastki jag‘ old tomonga siljiydi. Oldinga siljigan pastki jag‘ni chakka muskullarining orqa tolalari o ‘z joyiga qaytaradi. Agar qanotsimon muskullarning bir tomondagisi qisqarsa, pastki jag‘ yon tomonga siljiydi. Pastki jag‘ suyagining pastka tortilish harakati til osti suyagi bilan pastki jag‘ga birikkan muskullar hisobiga amalga oshadi. Tishlar inson hayoti uchun kerak bo‘lgan eng zarur va butun umr xizmat qilishi kerak bo‘lgan a’zolardan biridir. Tishlar bir qancha hayotiy muhim vazifalami bajaradi. Inson tanasi tishlar tufayli tabiat ehsonlaridan to‘la bahramand bo‘ladi. Chunki tishlar yordamida oziq- ovqatlar tutib, uzib olinadi, chaynab maydalanadi hamda so‘lak va m e’da shirasi ajralishini tezlashtirib, ovqatning m e’dada hazm bo‘lishini osonlashtiradi. NAI^AN^'"’ ~'*AVLA^ 2 — 33 17 UNIVf. Ч Л ET! Ah bo rot- Гг- 5 ’ . ; z I j Chaynash — ovqat hazm qilishning boshlang‘ich mexanik bosqichi bo‘lib, tishlar yordamida ovqatni maydalab, so‘lak bilan aralashtirishdan iboratdir. Ana shundan so‘ng so'lak tarkibidagi fermentlar ta’sirida og‘iz bo‘shlig‘ida ovqatni hazm qilish boshlanadi. Ovqatni to ‘la chaynash oshqozonda uning yengil hazm bo‘lishiga y o rd am b erad i. P astk i ja g ‘ ch aynov h a ra k a tla ri ch aynov muskullarining qisqarishi natijasida va lab, lunj, til muskullari ishtirokida amalga oshadi. Oldingi tishlar bilan ovqat uzib olinadi, so'ngra u til yordamida katta va kichik oziq tishlarning chaynov yuzalariga uzatiladi. Bu paytda lunj muskullari tishlaiga yaqinlashishga harakat qilishi tufayli ovqat luqmasi tishlar yuzasida qolib mexanik ezilib-chaynalishga majbur b o ‘ladi. So‘lakka qorishib shilimshiq bo‘lgan ovqat massasi tilning ustki yuzasiga uzatiladi va chaynash bir oz to ‘xtab(pauza), yutish refleksi vujudga keladi va ovqat luqmasi yutqin orqali qizilo‘ngachga, so‘ngra oshqozonga o‘tib boradi. Agar ovqat yaxshi chaynalmasa yoki so'lak bilan yetarli namlanmasa, m e’dada uzoqroq turib qoladi, yaxshi hazm bo‘lmaydi, binobarin, bola yaxshi o'smaydi, rivojlanmaydi. Qolaversa, bunday bola me’da va ichaklar yallig'lanishi yoki yam kasalligiga duchor bo‘lishi mumkin. Ovqatni chaynash, ayniqsa, bolalar va o ‘simrlar jag‘ suyak- larining normal o ‘sishida, tishlarning o ‘z vaqtida yorib chiqishida va ulam ing fiziologik siyqalanishida, jag‘-yuz muskullarining uyg‘un rivojlanishida muhim ahamiyatga ega. Biror tish kemtik bo‘lib qolsa yoki tushib ketsa, yo bo‘lmasa noto‘g‘ri joylashgan bo‘lsa, boshqa tishlarga ham ta ’sir qiladi, boshqa tishlar tushib ketgan tish o ‘miga og‘ib, qiyshayib o‘sadi. Oqibatda bolaning jag‘-yuz tuzilishida o‘zgarish paydo bo‘ladi, tish-jag‘ apparati fimksiyasi buziladi, uning ish qobiliyati pasayadi. Bu o ‘z navbatida organizmdagi fiziologik taraqqiyotning buzilishiga olib keladi. Sog‘lom tishlar ovqatni chaynash bilan birga so‘lak ajralishiga, oshqozon faoliyatiga va undan shira ajralib chiqishiga ijobiy ta ’sir qilib, moddalar almashinuvi oshadi. Tishlar jag‘laming tarkibiy qismi bo‘lganligi uchun ular kasallanganda yoki tushib ketganda tish-jag‘ apparatining faoliyati qiyinlashadi. Natijada insonning butun organizmida turli kasalliklar rivojlanadi (4- rasm). |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling