S. N. Maxsudov, G. R. Shukurova


Download 2.96 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/77
Sana12.11.2023
Hajmi2.96 Mb.
#1768456
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   77
Bog'liq
Bolalar stomatologiyasi. Maxsudov S.N

T IS H EM ALI
Yorib chiqqan tish, xoh u sut tishi bo‘lsin yoki doimiy bo‘lsin, 
uning emal organi anatomik jihatdan to‘liq shakllangan holda bo‘ladi. 
Kimyoviy jihatdan so‘lak tarkibining ta ’siri ostida em alning 
minerallashuvi davom etadi, ayniqsa, kalsiy va fosfat tuzlari hisobiga 
uning minerallanish darajasi ortib boradi. Emal, dentin va sement 
kabi tish qattiq to‘qimalaming asosiy stromasi appatitlar, ya’ni kalsiy 
fosfat tuzlari yig‘indisidan tashkil topgandir. Tish emalining asosiy 
mikroelementlari — natriy, magniy, xlor, kaliy, ftor va tem ir


hisoblanadi. Kalsiy m iqdori 33—39 % ni, fosfor elemcntinikl esa 
16—18 % ni tashkil etishi mumkin.
Ftor elementi tishni kariyes kasalligiga chalinmasligida muhim, 
ya’ni asosiy rol o‘yinaydi. Mazkur element tish emalining eng tashqi 
yuzalarida ko‘p miqdorda uchraydi.
Emalning 95 % ini neorganik m oddalar (minerallar) tashkil 
etsa, 5 % ini esa organik moddalar va bog‘langan suv tashkil etadi.
Og‘iz bo‘shligi — hazm organlari tizimining boshlang‘ich qismi 
bo‘lib, oshqozonga tushib boruvchi ovqat luqmasi bu bo‘shliqda awal 
mexanik va kimyoviy ishlovdan o ‘tadi. Mexanik ishlovni asosiy omili 
tishlar hisoblansa, kimyoviy omil og‘iz bo‘shlig‘idagi so‘lak hisobidan 
yuzaga keladi. Og‘iz bo‘shlig‘i tashqi muhit bilan og‘iz teshigi orqali 
bog‘lanadi. Og‘iz teshigini ochilib-yopilishi og‘iz atrofi muskullarining 
faoliyatiga bog‘liq. Lablaming qizil hoshiyasi og‘iz bo‘shlig‘i shilliq 
pardasiga o‘tadi.
Og‘iz bo‘shlig‘i ikki qismdan: og‘iz dahlizi va xususiy og‘iz 
bo‘shlig‘idan iborat. Og‘iz dahlizi tashqaridan (atrofdan) lunjlar va 
lablar, ichkaridan tishlar va alveolyar o‘simtaning shilliq qabati bilan 
chegaralangan bo‘shliqdan iborat.
Xususiy og‘iz b o ‘shlig‘i yon va oldingi tom ondan tishlar
alveolyar o ‘simtaning shilliq qabati (pastki jag‘da) bilan chega­
ralangan, orqa tomondan esa to yutqinga qadar davom etadi. Yuqoridan 
qattiq va yumshoq tanglay bilan, pastdan esa og‘iz tubi — diafragmal 
muskullami o‘rab turuvchi fibroz to ‘qimalar yuzasidagi shilliq parda 
bilan chegaralangan.

Download 2.96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   77




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling