S. N. Maxsudov, G. R. Shukurova
S U T T IS H L A R IN IN G A N A T O M IY A SI VA FIZ IO L O G IY A SI
Download 2.96 Mb. Pdf ko'rish
|
Bolalar stomatologiyasi. Maxsudov S.N
S U T T IS H L A R IN IN G A N A T O M IY A SI VA FIZ IO L O G IY A SI
Sut tishlarining umumiy tuzilishi doimiy tishlar tuzilishiga o ‘xshasa-da, b a’zi bir xususiy belgilari bilan ulardan farq qiladi. Sut tishlari doimiy tishlardagidek koronka — toj, bo‘yin va ildiz qismlaridan iborat. Sut tishlari o‘z oichamlari bilan doimiy tishlardan biroz kichikdir. Ayniqsa, ulaming toj qismida bu farq yaqqol namoyon bo‘ladi. Sut tishlarining ildizlari toj qismida nisbatan uzunroq bo‘ladi. Doimiy tishlarga nisbatan sut tishlarining toj qismi pastroq va eniga kengroq bo'ladi. M a ’lum otlarga qaraganda, doim iy tish lard a toj qism i o ‘lchamining umumiy tish o ‘lchamiga nisbati 1:1,33 ni hosil qilsa, sut tishlarida bu ko‘rsatkich 1:1,66 ga tengdir. Doimiy tishlarda toj qismining kengligi, tish umumiy o ‘lchamining 1:3,2 qismini, sut tishlarida bu nisbat 1:2 ni tashkil qiladi. Sut tishlari doimiy tishlardan o ‘ziga xos oqish-ko‘kimtir rangi bilan farq qiladi. Sut tishlarining o ‘ziga hos belgilaridan biri — toj qismining ildizga o‘tish sohasidagi emalning qalinlashib, yostiqsimon shaklni olishidir. Bu, ayiniqsa, chaynov tishlarida yaqqol namoyon bo‘ladi. Sut tishlarining bo‘shlig‘i doimiy tishlarnikidan kengroq bo‘ladi. Tish pulpasining shohlari o ‘tkirlashib, tishning kesuvchi yoki chaynov yuzasiga keskin yaqinlashadi. Sut tishlarining ildizlari ancha kerilgan bo‘lib, bu ko‘p ildizli tishlarda ayniqsa, yaqqol seziladi. Sababi, ular o ‘zlarining orasida doimiy tish kurtaklarini saqlaydi. Tish ildizi cho‘qqisiga yaqin joyda hosil bo‘lgan qo‘shimcha ildiz kanalchalari doim iy tishnikidan son jihatidan ozroq bo'ladi. 2,5—3 yoshda shakllanib chiqqan sut tishlari bir-biriga zich yopishib turadi. T o ‘rt yoshdan boshlab tishlar orasida tirqish hosil b o ‘la boshlaydi. Bunday holat fiziologik diastema deb ataladi. Olti yoshdan boshlab tishlar orasidagi masofa sezilarli darajada kengaya bosh laydi. Fiziologik diastema — tirqishning hosil bo‘lishi jag‘ suyaklarining o ‘sishi va doimiy tish kurtaklarining kattalashuvi bilan bog'liqdir. Sababi, keyinchalik sut tishlarining o‘rnini doimiy tishlar egallashidir. Fiziologik diastema — tishlar orasidagi masofaning kengayishi ko‘p hollarda yuqori jag‘da yaqqol ko‘rinadi. Agar besh yoshlik bolada fiziologik diastema kuzatilmasa, bu hoi jag‘ suyaklarining me’yordagi o‘sishi buzilganligidan darak beradi va o ‘sib chiqishi zarur bo'lgan doimiy tishlar uchun joy tanqisligini bildiradi (3- rasm). Buni nazarda tutgan holda ortodontik tadbirlar qo'llab, diastema hosil qilinadi. Jag‘ suyaklari o ‘sishida faol chaynov jarayoni yaxshi yordam berishini shifokorlar bilishlari zarur. 3- rasm. Joy tanqisligi oqibatida yuzaga kelgan zichlik. Yuqorida zikr etilgan o ‘zgarishlardan tashqari sut tishlarida doimiy tishlardagidek yemirilish jarayoni qayd etiladi. Bu hoi fiziologik jarayon bo‘lib, bolaning uch yoshidan boshlab kuzatiladi. Sut tishlarining chaynov faoliyati davomida yemirilishi bolalarda chaynov a’zolarining to ‘g‘ri shakllanib rivojlanishini ta ’minlaydi. T o‘liq chiqib shakllangan tishlar ovqat mahsulotlarini kesish, uzib olish, chaynab maydalash, aralashtirish kabi jarayonlardan tashqari, so‘zlashish, yutinish, tovush o ‘zgartirish kabi vazifalami ham bajaradi. Download 2.96 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling