S. N. Maxsudov, G. R. Shukurova


STOMATOLOGIK ORGANLAR TARAQQIYOTI


Download 2.96 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/77
Sana12.11.2023
Hajmi2.96 Mb.
#1768456
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   77
Bog'liq
Bolalar stomatologiyasi. Maxsudov S.N

STOMATOLOGIK ORGANLAR TARAQQIYOTI 
VA ULARNING TU ZIL ISH I
Bugungi kunga kelib ko‘pchilik m utaxassislar orasida bosh 
suyagi yu z-jag ‘ qism idagi o ‘sib rivojlanish q o n u n iy atlarin i 
sinchkovlik bilan o'rganishga b o ‘lgan qiziqish tobora ortib 
bormoqda. Buning natijasida orttirilgan bilim esa m azkur soha 
anomaliyalari va deformatsiyalarini bashoratlash, ularni barvaqt 
oldini olish yoki davolashda m uhim omil b o ‘lib xizmat qiladi.
Olim larning ilmiy kuzatishlari shuni ko‘rsatm oqdaki, ikki 
yoshli bolaning yuz qismi 75 % gacha, to ‘qqiz yoshida esa 85 % 
gacha o ‘sib rivojlanishi m um kin ekan. Bunday jadal jarayon 
mazkur soha organlarining m e’yoriy o ‘sib rivojlanishi uchun 
zaruriy shart-sharoitlarni o ‘z vaqtida yaratib berishimizni taqazo 
etadi. Shuning uchun ham tish va ja g ‘larning o ‘sib rivojlanishi 
haqidagi birlam chi bilimga nafaqat stom atologlar, qolaversa
pediatrlar, hattoki, ota-onalar ham ega b o ‘lmoqliklari zarur.
Tishlar taraqqiyoti — bu m urakkab jarayon hisoblanib, 
homila rivojlanish davrining eng awalgi pallasidan boshlanadi va 
inson um rning 18—20 yoshiga qadar, ayrim hollarda, hattoki 
25 yoshlik davrigacha davom etishi mumkin. M azkur murakkab 
jarayonni shartli ravishda bir necha davrlarga b o ‘lib o ‘rganishimiz 
mumkin.
I davr — bolaning tug‘ilgan vaqtidan boshlab 6—7 oylik 
davriga qadar. Bu davrda sut tishlar hali yorib chiqmagan bo'lib, 
ular jag‘ suyaklari qarida m urtak shaklida joylashgan b o ‘ladi. 
Mazkur m urtaklar em brion shakllanishining 4 0 - 4 5 - kunidayoq 
hosil bo‘la boshlaydi.
II davr — 6—7 oylik davridan 6—7 yoshga to'lguniga qadar 
davom etadi. Bu davrda 20 ta sut tishlari m a’lum tartib bilan 
yorib chiqadi. Ushbu davrni shartli ravishda 3 ta pallaga b o ‘lib 
o ‘rganish mumkin: birinchi palla — sut tishlarining yorib chiqishi 
bilan kechadi (6—7 oylik vaqtidan 2,5—3 yoshlik davrigacha).


2—3 yoshlik davriga kelib barcha 20 ta sut tishlari chiqib bo‘ladi va 
shunga yarasha tish yoylarining shakli ham to ‘liq anatomik (yarim 
doira) shaklga ega b o ‘ladi; ikkinchi pallasi bolaning 3—4 yoshlik 
davriga to ‘g‘ri kelib, bu davrda hech qanday tashlar yorib 
chiqmaydi; tish yoylarining shakli ham deyarli o ‘zgarishsiz qoladi.
U chinchi pallasida esa, yuqorigi va pastki frontal (oldingi) 
tishlararo yoriqchalar hosil b o ‘la boshlaydi, oxirgi jag ‘ tishlarni 
(ikkinchi sut m olyarlari) distal (orqa) tarafidagi m ilk m ay- 
donchasining yuzasi uzaya boradi. Bunday o ‘zgarishlar doimiy 
frontal (oldingi — kurak) tishlarining va birinchi m olyarlarning 
tez orada yorib chiqishining belgisi hisoblanadi.
III davr — bolaning 6 yoshlik davrida boshlib 12—13 yoshlik 
davrigacha b o ‘lgan vaqtni o ‘z ichiga oladi. Bu davr ham shartli 
ravishda 2 bosqichga bo‘lib o ‘rganiladi: birinchi bosqichda doimiy 
kurak (frontal) va birinchi m olyarlar yorib chiqadi; ikkinchi 
bosqichda esa, aw al birinchi, keyin ikkinchi premolyarlar, so‘ngra 
qoziq tishlar yorib chiqadi.
IV davr — bu vaqtga (12—13 yoshlik davri) kelib uchinchi 
molyarlardan tashqari barcha doimiy tishlar yorib chiqqan bo‘ladi 
va ulaming soni 28 taga etadi. 17—25 yoshlik davriga kelib uchinchi 
doimiy molyarlar (aql tishlari) yorib chiqishi mumkin (1 -jadval).

Download 2.96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   77




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling