muassasasi
funks iyalari
-
pedagogik
jarayonlarda quyidagi funksiyalami amalga oshiradi: ta'limiy
(tushunchalar tizimi, dunyoviy tushunchalar, fanlar bo'yicha
umumiy bilimlar, ko'nikma va malakalar; mustaqil ta'lim);
tarbiyaviy (ta'lim jarayoni ishtirokchilarida dunyoqarash,
o'zini-o'zi anglash va ijtimoiy mavqe, motivlashtirish, tajriba
va axloqiy odat, muhim ijtimoiy ko'nikma va malaka, xulq va
muomala, ma'naviy va axloqiy madaniyat, o'zini-o'zi tarbiya
ko'nikmalarini shakllantirish); psixologik rivojlanish (oliy
psixologik
funksiyalar:
idrok,
hissiyot,
iroda,
ruhiy
kechinmalar,
o'zini-o'zi
anglash,
shaxsiy
faolligini
shakllantirish),
ta'lim
jarayoni
ishtirokchilarida
yaratuvchanlikni rivojlantirish; ijodiy faoliyatga tayyorlash;
sog'lom turmush tarziga odatlantirish; ta'lim muassasasi
bitiruvchilarini ijtimoiy-shaxsiy ahamiyatga ega bo'lgan turli
xil faoliyatga tayyorlash; pedagogik jarayonlarni tashkil
etish, o'zaro aloqalami o'rnatish va muvofiqlashtirish,
barcha bo'g'in va bo'limlar o'rtasida vazifalar taqsimoti,
rahbar
xodimlar
o'rtasida
mas'uliyatlami
belgilash,
boshqarishning aniq uslubini tanlash va qaror qabul qilishda
ish tartibi izchilligi, axborotlar oqimini tashkil qilish.
Texnologiya - pedagogik jarayonlarni tashkil etish, uni
boshqarish,
professor-o'qituvchilarning
pedagogik
va
o'quvchi-talabalaming o'quv faoliyatini tashkil qilish usullari
tavsifi.
Tizim - aloqa, munosabatlar, integratsiya, yaxlitlik,
tashkil etuvchi qismlar kabi tushunchalar orqali ifodalanadi.
Bu tizimning bir-biri bilan bog'liq bo'lgan, o'zaro ta'sir
etuvchi qismlarining majmui yaxlit ob'yektni tashkil etadi.
Har bir qism yaxlit tizimning o'zgarishiga o'z hissasini
qo'shadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |