S. z mirtursunova.,SH. Sh. Bobojonova. Patologiya fanidan


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet26/26
Sana27.11.2017
Hajmi5.01 Kb.
#21026
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   26

.  Gidrotsefaliya-  miya  qorinchalarida  orqa  miya  suyuqligining  ko‘payishi  bilan  ta‘riflanadigan 
kasallik. 
. Giperlogiya- sergaplik, ko‘pgapirish, ezmalik. Asosan ruhiy kasallarga xos. 
. Giperkeratoz- teri tashqi qavatining qazg‘oqlanib po‘st tashlashi. 
. Giperpatiya-sezgirlikning normadan ortib ketishi. 
. Giperfagiya- ochko‘zlik, badnafslik. 
.  Giperuremiya-  qonda  siydikchil  miqdorining  ortib  ketishi  (    %  mg  dan  ko‘p  b/shi),  buyrak  
kasalliklarida, yomon sifatli o‘smalarda, kamqonlikda va boshqa kasalliklarda. 
.  Girudin-  zulukning  og‘iz  bezlarida  ishlanadigan  modda.  Qonning  ivish  xususiyatini 
kamaytiradi. 
. Girsutizm- ayollarda ortiqcha jun o‘sishi. 
. Goniotomiya- ko‘zning rangdor mug‘uz pardalaridagi chandiqlarni kesish operatsiyasi. 
. Dekompensatsiya- tiklanish qobilyatining yo‘qolishi. 
. Dementsiya-aqlning, zehnning pasayishi. 
. Depressiya- ruhiy tushkunlik, harakatning susayishi. 
.Dermatoskleroz- terining qalinlashib, zichlashib qolishi, elastikligi yo‘qolishi. 
. Diareya- ich ketishi, ketma-ket ich ketishi. 
. Diafanoskop- burun, ko‘z, oshqozon kabi organlari ichini yoritib ko‘ruvchi asbob. 
.  Inkapsullatsiya-  o‘lgan  to‘qima  yoki  organizmga  yot  narsalar  atrofida  biriktiruvchi  to‘qima 
o‘sib, o‘rab olishi. 
.  Intubatsiya-  og‘iz,  bo‘g‘iz  orqali  nafas  olish  yo‘llariga  yasalgan  naycha  kirgizib  nafas  olishni 
tiklash, narkoz berish. 
. Iridodializ-ko‘z rangdor pardasining ko‘chishi. 
. Iridoplegiya- ko‘z qorachig‘ini kengaytiruvchi muskulning falajlanishi. 
. Yodopsin- ko‘z to‘r pardasi qadahchalari ko‘ruv pigmentlarining umumiy nomi. 
. Kaverna- a‘zolardagi bo‘shliq, kovak to‘qimaning o‘lishi va nekrotik moddani chiqib ketishidan 
hosil bo‘ladi. 
. Kampimetr- oftalmologiyada ko‘rish maydonini o‘lchaydigan asbob. 
. Kardiospazm-yurakning spazmi, torayib qolishi. 
. Kifoskolioz-umurtqa pog‘onasining oldinga va yonga qarab egilib qolishi. 
. Koarktatsiya- qon tomirining tug‘ma qisilishi. 
. Konvergensiya- o‘xshashlik, yaqinlik. 
.  Krikostomiya-  uzuksimon  tog‘ay  orqali  kekirdakni  qirqish  va  nafas  olish  yo‘llariga  havo 
kirishini ta‘minlash. 
. Limfopoez-limfa hosil bo‘lishi. 
. Melanuriya- pigmentlarning siydik bilan ajralib chiqishi. 
. Menopauza- ayollarda hayz ko‘rishning to‘xtashi. 
. Menorragiya- hayz qonining o‘z vaqtida kelib uzoq vaqtga cho‘zilib ketishi. 
. Miasteniya- muskullarning kasallikka xos tarzda tez toliqib qolishi. 
. Morfogenez- organik tuzilishlarning rivojlanish jarayoni. 
.  Morfologiya-  odam  va  hayvon  tanasidagi  organlar  va  to‘qimalar  shakli  hamda  tuzilishini 
o‘rganadigan fan. 
.  Mutatsiya-  hayot  sharoiti  o‘zgarishi  natijasida  organizmlar  belgilari  va  xususiyatlarining 
to‘satdan o‘zgarishi. 

225 
 
. Neyrosifilis- markaziy nerv sistemasining zaxmi. 
.  Neyrofarmokologiya-  farmokologiyaning  nerv  sistemasiga  ta‘sir  qiluvchi  dori  vositalarining 
o‘rganadigan qismi. 
.Neyroendokrinologiya-  endokrinologiyaning  hayot  jarayonlarini  boshqarishda  markaziy  nerv 
sistemasi bilan endokrin sistema rivojlanadigan o‘zaro aloqalarini o‘rganadigan bo‘lim. 
. Neytrofiliya- periferik qonda neytrofillar sonining ko‘payishi. 
. Neofobiya- yangilikdan o‘rinsiz qo‘rqish. 
.  Ovariotsentez-  tuxumdonni  teshish.  Tuxumdonda  suyuqlik  yig‘ilib  qolsa  nina  bilan  teshib 
suyuqlikchi quritib yuboriladi. 
. Ovarioektomiya- tuxumdonni olib tashlash. 
.  Opistotonus-  isterik  tutqanoq  vaqtida  yoki  strixnindan  zaxarlanganda  orqa  muskullarining 
tortishib odamning kamalakka o‘xshab egilib qolishi. 
. Paramneziya- xotiraning buzilishi. 
. Paraplegiya- qo‘l yoki oyoqning butunlay falajlanishi. 
.  Paraspazm-  tananing  chap  va  o‘ng  tomonidagi  ayrim  gruppa  muskullarining  bir  vaqtda 
tortishishi. 
. Paratrixos- sochning o‘z o‘rnidan boshqa joyda o‘sishi. 
. Proktologiya-gastroenterologiya kasalliklarini ularning diagnostika davolash va profilaktikasini 
o‘rganadigan fan. 
. Proktotomiya- to‘g‘ri ichakni operatsiya bilan kesish. 
.  Psixokinez-  ixtiyoriy  harakatning  boshqa  shaxsga  bevosita  tasir  ko‘rsatishi  yoki  ongning 
jismoniy kuch ishtirokisiz narsalarga ta‘siri. 
. Psixopatiya- ma‘lum bir psixik kasallik bo‘lmay ayrim shaxslarda psixikaning buzilib turishi. 
. Raxiometr- umurtqa ustunning egilganligini o‘lchaydigan asbob. 
.  Reanimatsiya-  organizm  so‘nayotgan  yoki  endigina  so‘ngan,  hayot  uchun  zarur  faoliyatini 
tiklashga qaratilgan davolash tartiblari majmuasi. 
. Revaktsinatsiya- qayta emlash. 
. Rektoskop- to‘g‘ri ichakni tekshirish, ko‘rish uchun ishlatiladigan asbob. 
. Rektostomiya- bitib qolgan to‘g‘ri ichakning ikki qismini xirurgiya yo‘li bilan ochish. 
. Rinomikoz- burun bo‘shlig‘i shilliq pardasining zamburug‘ kasalligi. 
. Rinonekroz- burun to‘qimalari nekrozi. 
. Retraksiya- tish qatorlarining g‘ayritabiiy tarzda orqaga surilib qolishi. 
. Reproduksiya- voyaga yetgan organizmlarning nasl berishi. 
. Splenomegaliya- taloqning kattalashuvi. 
. Splenopatiya- taloqning ayrim kasalliklari. 
. Spongioz- to‘qima yallig‘langanda yoki undan o‘sma yuzaga kelganda hujayralar orasida zardob 
to‘planib, shish paydo bo‘lishi. 
. Spondilit- umurtqaning yallig‘lanishi. 
. Staz- ayrim kapillyarlar, mayda arteriya va venalarda qon to‘xtab qolishi. 
. Supinatsiya- qo‘l va oyoq kaftining tashqariga buralishi. 
. Talassoterapiya- bemorlarni dengiz havosi, vannalari va sayohatlar bilan davolash. 
.  Tanotogenez-  o‘lish  jarayonida  kuzatiladigan  klinik,  bioximik  va  morfologik  o‘zgarishlar 
dinamikasi. 
.  Tanatologiya-  o‘lim  sababini,  sharoitlarini  va  murda  o‘zgarishlarini  tibbiyot  nuqtai  nazaridan 
tekshiruvchi fan. 
. Taxilaliya- bidirlab tez-tez gapirish odati. 

226 
 
.  Talassemiya-  gemoglobin  tarkibiga  kiradigan  oqsil-globin  sintezining  irsiy  buzilishi  bilan 
ifodalanadigan gemolitik kamqonlik. 
. Taxifagiya- ba‘zi ruhiy kasalliklarda uchraydigan holat, shoshib-pishib ovqatlanish. 
. Termoplegiya- issiq urishi, oftob urishi, termik isitma. 
. Tetraparez- qo‘l oyoqlar yarim falaji. 
. Traxoma- ko‘z shilliq pardasining yuqumli kasalligi. 
. Turgor- hujayralarning po‘stlog‘i bilan hujayra ichidagi moddaning 
bir-birini bosishi natijasida hosil bo‘ladigan taranglik. 
. Urosepsis- siydik yo‘li organlari kasalligi natijasida vujudga kelgan sepsis. 
. Urofobiya- noqulay sharoitda siyish extimoli tug‘ilishidan qo‘rqib turish. 
. Faringoplastika- yutqinning plastik operatsiyalari. 
. Faringospazm- yutqin muskullarining spazmi. 
. Xeylit- lablarning yallig‘lanishi. 
. Xemoz- ko‘z soqqasi shilliq pardasining shishib chiqishi. 
.  Chirey-  soch  ildizi  xaltachasi  va  yog‘  bezining  o‘tkir  yiringli  yallig‘lanishi,  ko‘pincha 
stafilakokkdan kelib chiqadi. 
.  Shizofreniya-  uzluksiz  yoki  alohida  hurujlar  shaklida  shaxsning  o‘zgarishi  bilan  kechadigan 
ruhiy kasallik. 
REFERAT MAVZULARI 
Farmatsiya, klinik farmatsiya va kasbiy ta‟lim  yo„nalishi uchun 
patologiya fanidan mustaqil tayyorlanish uchun mavzular 
 
O„quv 
xaf 
tasi 
Mustaqil ish mavzulari 
Mustaqil ta‟limga oid 
topshiriq, tavsiyalar 
Soat 

Irsiy kasalliklar. 
 
Internet ma‘lumotlari, 
referat, slaydlar
devoriy ko‗rgazmalar 


Regional mikrosirkulyatsiyaning buzilishi. 
 
Internet ma‘lumotlari, 
referat, slaydlar, 
devoriy ko‗rgazmalar 


 Yallig‘lanish mediatorlari. 
 
Internet ma‘lumotlari, 
referat, slaydlar, 
devoriy ko‗rgazmalar 


Issiq urishi. Gipertermik sindrom. 
 
Internet ma‘lumotlari, 
referat, slaydlar, 
devoriy ko‗rgazmalar 


Yog‘li infiltratsiya va distrofiya. 
 
Internet ma‘lumotlari, 
referat, slaydlar, 
devoriy ko‗rgazmalar 


Kislota – ishqor buzilishining asosiy ko‘rinishlari. 
 
Internet ma‘lumotlari, 
referat, slaydlar, 
devoriy ko‗rgazmalar 


Immunodefitsit holat OITS. 
 
Internet ma‘lumotlari, 
referat, slaydlar, 
devoriy ko‗rgazmalar 


O‘smalarni paydo qiluvchi sabablar 
Internet ma‘lumotlari, 
referat, slaydlar, 
devoriy ko‗rgazmalar 


  Irsiy gemolitik anemiyalar. 
Internet ma‘lumotlari, 


227 
 
 
referat, slaydlar, 
devoriy ko‗rgazmalar 
10 
Toj tomirlar arterosklerozi 
 
Internet ma‘lumotlari, 
referat, slaydlar, 
devoriy ko‗rgazmalar 

11 
Bronxial astma. 
 
Internet ma‘lumotlari, 
referat, slaydlar, 
devoriy ko‗rgazmalar 

12 
Vabo kasalligi.    
Internet ma‘lumotlari, 
referat, slaydlar,  

 
 
 
 
 
Adabiyotlar ro‟yxati: 
 
1.I. A. Karimov. ―Kadrlar tayyorlash  milliy dasturi‖. Toshkent-1997yil.  
2.  B.Xodiyev; L Golish  ―Mustaqil o‘quv faoliyatini tashkil etish usul va   vositalari, 
Toshkent – 2010-yil 
3.Абдуллахужаева  М.С.,  Основы  патологии  человека.  Том-1,2.  Т.,  изд–во  ―Ибн  Сино‖, 
1997г.    
     4.Abdullaev N.X., Karimov X.E. Patofiziologiya. T., ―Ibn Sino‖ nashriyoti.,1998 y. 
     5.  Abdullaev  I.X.,  Karimov  X.E..,  Iriskulov  B.O‗.,  Mirtursunova  S.Z.  Patologik  fiziologiya   
asoslari. T., ―Fan‖ nashriyoti, 2008 y.  
     6. Karimov X.Y., Saidov.S.A. Patologiya. T., SH.SH. Bobojonova. Patologiya. T., ―Tafakkur 
qanoti‖, 2014y. 
     7.Abdullaev N.X., Patofiziologiya. T., 1998 y. 
     8.Чертеков К., Умумий патология. Т., 2013 й. 230 бет. 
Qo„shimcha adabiyotlar: 
1.
 
Mirtursunova  S.Z.,  Musaev  X.N.,  Bagdasarova  E.S.,  Salibaeva  S.A.  ―Patologiya‖    fanidan 
o‗quv – uslubiy qo‗llanma ―KOLORIT GROUP‖ XK. Toshkent 2008 y.   
5.
 
Адо А.Д. и Ишимова Л.М.. Патологическая физиология. М., изд – во ―Медицина‖, 1980 
г. 
6.
 
3. Березнякова А.И. Патология учеб. пособ. Харъков. 1985 г. 
7.
 
Abdullaev  N.X..  Karimov  X.YA.,  Patologik  fiziologiyadan  amaliy  mashg‗ulotlar  uchun 
qo‗llanma. T., ―ToshMI‖ nashriyoti, 1994 y.  
6. Литвитский П.И.. Патологическая физиология. М., изд – во ―Медицина‖, 1995 г.  
 
   
 
 
 
                                      
 

228 
 
                                      Xorijiy manbalar: 
     1.  Robbins+Basic+Pathology+(9th+Edition) California- 2013y 
2.A.D.Ado, ―Patologicheskaya  fiziologiya‖. Xarkov- 1985yil 
3.S.G. Xachkruzov.‖ UZI  v  ginekologii‖. Sankt- Peterburg-2003yil 
4.Vikrem Dogra; Debra Djorj Rubens.‖ Sekreti Ultrazvukovoy diagnostiki.‖  London-2006 
yil. 
5.Vitaminы. Kratkoe rukovodstvo dlya vrachey i studentov meditsinskix, farmatsevticheskix i 
biologicheskix spetsialnostey 
Morozkina T.S. 
6.Gomeopatiya dlya vrachey obщey praktiki 
A.A. Krыlov, S.P. Pesonina, G.S. Krыlova 
7.Izbiratelnaya toksichnost. Fiziko-ximicheskie osnovы terapii. V 2-x tomax 
Albert A., Filov V.A. 
8.Klinicheskaya toksikologiya detey i podrostkov. Tom 2 
Markova I.V., Afanasev V.V., Sыbulkin E.K. 
9.Viferon. Rukovodstvo dlya vrachey 
Malinovskaya V.V., Delenyan N.V., Arinenko R.YU., Meshkova E.N. 
     10.Sekretы toksikologii 
      Luis Dj. Ling, Richard F. Klark, Timoti B. Erikson, Djon X. Trestreyl III 
 
Internet saytlari 
1.
http://www.ziyonet.uz
 
2.
http://www.wikipedia.ru
 
3.
http://www.chemist.com
 
4.
http://www.himiki.ru
 
5.
http://www.organicchem.com
    
6.
http://www.Lex.uz
.  
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
                                   
 
 
 
                                

229 
 
                                      TAYANCH  SO‟ZLAR 
 
1.
 
patologik holat 
2.
 
patogenez 
3.
 
farmakoterapiya 
4.
 
so‗rilish 
5.
 
Yurak qon tomir tizimi 
6.
 
miokard 
7.
 
arteriola 
8.
 
nojo‗ya taъsir 
9.
 
farmakologik taъsir 
10.
 
maksimal konsentratsiya 
11.
 
biosamaradorlik 
12.
 
farmakologik samaradorlik 
13.
 
absorbsiya  
14.
 
biotransformatsiya 
15.
 
ekskretsiya 
16.
 
kуmуlyasiya 
17.
 
giperхolesterinemiya 
 
18.kardioselektiv 
 
19.kardiomiopatiya 
     20.pnevmoskleroz 
 
     21.assit 
 
     22.dispnoe 
 
     23.giperglikemiya 
 
     24.pandemiya 
 
       25.girsуtizm- 
 
     26.kardiodepressiv 
 
 

230 
 
PATOLOGIYA FANIDAN KURS ISHLARI REJALASHTIRILMAGAN 
 
 
ANNOTATSIYA 
 
Ushbu  majmua  patologiya  fani  bo‗yicha  tuzilgan  bo‗lib,  keng  qo‗llamli  dunyo 
qarashga  va  chuqur  nazariy  bilimga  ega  bo‗lgan,  malakali  farmatsevt  xodimini 
tayyorlashda  patofiziologiya  fanining  axamiyati  o‗ta  muximdir.  CHunki  bu  fan 
avvalo  xastalikning  kelib  chiqish  sabablarini,  rivojlanish  mexanizmlarining 
ko‗rsatib  bera  oladi.  Patologiya  fani  ayrim  yoki  maxsus  fanlar:  fiziologiya, 
anatomiya, sitologiya, gistologiya, bioximiya, biofizika,  patanatomiya  fanlari  bilan 
bog‗liq bo‗lib, olingan bilimlar kasalliklar to‗g‗risidagi ma‘lumotlarni bilish, ularni 
taxlil  eta  olish,  uning  asosida  eksperimental  tajribada  davolash  yo‗llarini  topish, 
asoslab berish masalalarini o‗z ichiga oladi.  
Patologiya  fanidan  tuzilgan  majmuada  talabalarni  o‗qitishda  ta‘limning 
zamoaviy  usullaridan  foydalanib,  yangi  informatsion-pedagogik    texnologiyalarni 
tadbiq  etilgan.  Ma‘ruzalarda  Internet 
materiallari,  tarqatma  materiallar, 
prezentatsiyalar,  multimedia,  slaydlardan,  amaliy  mashg‗ulotlarni  o‗tishda  esa 
zamonaviy  pedagogik  texnologiyalardan  foydalaniladi.  Tuzilgan  majmuada  barcha 
mavzular buyicha texnologik xaritalar mavjud. 
Patologiya  fani  farmatsiya,  kasbiy  ta‘lim,  yunalishi  talabalariga  muljallangan 
bulib  54  soat  amaliy  mashgulot,  18  soat  ma‘ruza  jami  72  soatni  tashkil  kiladi. 
SHuningdek
 
49 soat farmatsiya  yunalishi va 42 soat kasbiy ta‘lim  yunalishi uchun 
mustakil ta‘limga muljallangan. 
 
 
 
 
 
 
 
 

231 
 
 
MUALLIFLAR HAQIDA MA‟LUMOTLAR. 
 
 
 
 
 
 
                               Mirtursunova Salomatxon Zufarovna 
                               Farmakologiya va klinik farmatsiya kafedrasi    dotsenti, 
                               biologiya fanlari nomzodi 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
Bobojonova Shahzoda Sharifovna 
Farmakologiya va klinik farmatsiya kafedrasi  
katta o‘qituvchisi 
 
 
 
 
 
 
 
 
 

232 
 
 
 
Foydali maslahatlar 
 
 
       Talabalarni 
intellektual 
salohiyatini 
oshirish 
va 
nazariy 
bilimlarini 
chuqurlashtirish uchun, yetakchi xorijiy adabiyotlardan ham foydalanish zarurdir 
    Amaliyot    darslarining  samaradorligini    oshirish  uchun      yangi  innovatsion  
pedagogik    texnologiyalardan    foydalanish    bilan  birga,interfaol  o‘yinlar,  amaliy 
ko‘nikma  hosil  qilish  maqsadida,  amaliy  mashg‘ulotlarda  o‘tkir  va  surunkali 
tajribalarni koproq bajarish  zarurdir. 
Talabalar  nazariy  mashg‘ulotlarni  to‘liq  o‘zlashtirishlari  uchun,  ma‘ruzalar  har 
hafta muntazam bo‘lishi kerak. 
Talabalar bilan ustozlar orasida electron muloqot bo‘lishi, uyga berilgan vazifalarni, 
testlarni electron tarzda yechishsa maqsadga muvofiq bo‘lar edi. 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 

233 
 
FARMAKOLOGIYA VA KLINIK FARMATSIYA KAFEDRASIDA 
PATOLOGIYA  FANIDAN 
«FARMATSIYA» FAKULTETI 1-KURS TALABALARINING BILIMINI  
BAHOLASH MEZONI 
 
Mazkur mezon O‗zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 2010 yil 26 avgustda 1981-son 
bilan davlat ro‗yxatidan qayta o‗tkazilgan O‗zbekiston Respublikasi Oliy va O‗rta maxsus ta‘lim 
vazirligini  «Oliy  ta‘lim  muassasalarida  talabalar  bilimini  nazorat  qilish va  baholashning  reyting 
tizimi to‗g‗risidagi nizomga o‗zgartirish va qo‗shimchilar kiritish haqida» 2010 yil 25 avgustdagi 
333-son buyrug‗i asosida tuzildi.  
Talabalarning fan bo‗yicha o‗zlashtirishini baholash semestr davomida muntazam ravishda 
olib boriladi va quyidagi turlar orqali amalga oshiriladi: joriy baholash (JB), oraliq baholash (OB), 
talabaning mustaqil ishi (TMI), yakuniy baholash (YAB). 
Muayyan  fan  bo‗yicha  talabaning  semestr  (yil)  davomida  o‗zlashtirish  ko‗rsatkichi  100 
ballik tizimda baholanadi. Ushbu 100 ball baholash turlari bo‗yicha quyidagicha taqsimlanadi: 
 
№ 
Baholash turi 
Maksimal ball 
Saralash bali 

Auditoriyadagi o‗quv 
mashg‗ulotida baholash 
45 
24,75 

Talabaning mustaqil ishi 

2,75 

Oraliq baholash 
20 
11,0 

YAkuniy baholash 
30 
16,5 
 
         JAMI 
100 
55,0 
 
Talabalarning  bilim  saviyasi  va  o‗zlashtirish  darajasining  Davlat  ta‘lim  standartlariga 
muvofiqligini ta‘minlash uchun quyidagi nazorat turlarini o‗tkazish nazarda tutiladi: 
JORIY  BAHOLASH  (JB)  -  talabaning  fan  mavzulari  bo‗yicha  bilim  va  amaliy  ko‗nikma 
darajasini  aniqlash  va  baholash  usuli.  JB  fanning  xususiyatidan  kelib  chiqqan  holda,  seminar, 
laboratoriya  va  amaliy  mashg‗ulotlarida  og‗zaki  so‗rov,  test  o‗tkazish,  suhbat,  nazorat  ishi, 
kollokvium,  uy  vazifalarini  tekshirish  shakllarida  o‗tkaziladi.  klinik  farmatsiya  fanidan  joriy 
baholash 100 balli reyting tizimiga binoan muhokamasida va ta‘limning interaktiv uslublarida faol 
qatnashishi uchun quyidagi tartibda amalga oshiriladi: 20% (1 ball) - vazifasini bajarilishi uchun 
beriladi,  60%  (3  ball)  -  nazariy  materiallarni  muxokamasida  faol  qatnashishiga  beriladi,  20%  (1 
ball)  -  kuzatilgan  natijalar,  chiqarilgan  xulosalar  bilan  amaliy  ishni  bayonini  to‗ldirish  va  ishni 
himoya qilish uchun beriladi. JB da maksimal ball – 5 ball. 
Mashg‗ulot darslarida № 1, 2, 4, 6, 8, 12, 14, 16, 18 talabalar joriy baxolanmaydi.  9 ta JB 
o‗tkaziladi, umumiy JB da maksimal ball 45. 
 
№ 
Ballar  
Baho  
Talabaning bilim darajasi 


A‘lo  
 
Xulosa va qaror qabul qilish; ijodiy fikrlash olish; mustaqil 
mushohada yurita olish; olgan bilimlarini amalda qo‗llay olish; 
mohiyatini tushunish; bilish, aytib berish; tasavvurga ega 
bo‗lish. 


YAxshi  
Mustaqil mushohada yurita olish; olgan bilimlarini amalda 
qo‗llay olish; mohiyatini tushunish; bilish, aytib berish; 
tasavvurga ega bo‗lish. 


Qoniqarli  
Mohiyatini tushunish; bilish, aytib berish; tasavvurga ega 
bo‗lish. 


Qoniqarsiz   Aniq tasavvurga ega bo‗lmaslik; bilmaslik. 
 

234 
 
TALABALARNING  MUSTAQIL  ISHI  (TMI)  klinik  farmatsiya  fani  dasturiga  mos 
ravishda tashkil etilgan. TMI referat, slayd, adabiy manbalarni to‗plash va sistemalashtirish, test 
savollari  tuzish,  prezentatsiyalar,  vaziyatli  masalalar,  videoroliklar  bo‗yicha  mo‗ljallangan.  TMI 
bo‗yicha hisobot kafedra tomonidan ishlab chiqilgan va tasdiqlangan shakl tartibda topshiriladi va 
talabalarga  semestr  boshida  etkaziladi.  Semestr  davomida  ikkita  mustaqil  ish  referat  shaklida 
qabul qilinadi: har biri 2,5 ball bilan baholanadi, jami - 5 ballni tashkil qilinadi. TMI ga qo‗yilgan 
baho (ball) talabaning semestr davomida to‗plagan baholari (JB) ga qo‗shiladi.  
Mustaqil  ish  bo‗yicha  belgilangan  maksimal  reyting  balining  54%  va  undan  kam  ball 
to‗plagan talaba fan bo‗yicha yakuniy nazoratga qo‗yilmaydi. 
Talabaning mustaqil ishi kafedra arxivida ro‗yxatga olinadi va 2 yil mobaynida saqlanadi. 
TMI ning o„zlashtirishi quyidagicha baholanadi: maksimal 2,5 ball.  
 
Ballar 
Baho 
2,15-2,5 
A‘lo  
1,77-2,12 
YAxshi 
1,37-1,75 
Qoniqarli  
1,35 
Qoniqarsiz  
 
 
ORALIQ  BAHOLASH  (OB)  -  semestr  davomida  o‗quv  dasturining  tegishli  (fanning  bir 
necha  mavzularini  o‗z  ichiga  olgan)  bo‗limi  tugallangandan  keyin  talabaning  bilim  va  amaliy 
ko‗nikma  darajasini  aniqlash  va  baholash  uchun,  OB  nazorat  kafedra  majlisi  qaroriga  binoan 
kombinatsiya (ogzaki va yozma) usulida amalga oshiriladi. Klinik farmatsiya
 
 fanidan OB semestr 
davomida  bir  marta  o‗tkazilidi.  OB  soni  o‗kuv  faniga  ajratilgan  umumiy  soatlar  xajmidan  kelib 
chiqqan  holda  o‗tkaziladi.  OB  baholashdan  55%  va  undan  ortiq  olgan  talaba  YAB  baholashga 
kiritiladi. OB ni 2 hafta muddatda qayta topshirishga ruxsat beriladi va balli koeffitsientsiz qayd 
etiladi. 
OB da maksimal ball  20. 
Ballar 
Baho  
17,2-20,0 
a‘lo 
17,0-14,2 
yaxshi 
14,0-11,0 
qoniqarli 
0-10,8 
qoniqarsiz 
 
YAKUNIY  BAHOLASH  (YAB)  –  semestr  yakunida  fan  bo‗yicha  nazariy  bilim  va  amaliy 
ko‗nikmalarni  talabalar  tomonidan  o‗zlashtirish  darajasini  baholash  uchun  o‗quv  mashg‗ulotlar 
tugaganidan so‗ng o‗tkaziladi. YAkuniy baholashga mazkur semestrni muvaffaqiyatli yakunlagan 
hamda  joriy,  oraliq  baholashlarni  va  talabalarni  mustaqil  ishidan  ijobiy  ya‘ni  55%  va  undan 
yuqori ballarga ega bo‗lgan talabalar qo‗yiladi. 
Klinik farmayiya fanidan yakuniy baholash fakultet Ilmiy kengashni qaroriga binoan  yozma 
shaklda o‗tkaziladi. YAB da maksimal ball 30. 
 
Ballar 
Baho  
25,8-30,0 
a‘lo 
21,3-25,5 
yaxshi 
16,5-21,0 
qoniqarli 
            0-16,2 
qoniqarsiz 
 
O‗quv  rejasiga  binoan  klinik  farmatsiya    fani  bir  semestrda  rejalashtirilgani  uchun  fan 
bo‗yicha  talabaning  umumiy  bali  semestrda  olgan  joriy,  oraliq,  mustaqil  ish  va  yakuniy 
baholashlar to‗plami orqali baholanadi. 

235 
 
JB, OB va YAB turlarida fanni o‗zlashtiri olmagan (54% dan kam ball to‗plagan) yoki uzrli 
sabab  bilan  baholash  turlarida  ishtirok  eta  olmagan  talabalarga  quyidagi  tartibda  qayta 
baholashdan  o‗tishga  ruxsat  beriladi:  qoldirgan  amaliy  mashg‗ulot  kelgusi  darsga  qadar  guruh 
o‗qituvchisiga qayta topshirish va maslahat kunida topshiriladi, 3 ta mashg‗ulotni qoldirgan talaba 
fakultet  dekani  ruxsati  bilan  qayta  topshiradi,  qayta  topshirish  jaridasida  qayd  qilinadi;  har  bir 
qoldirgan  ma‘ruza  mashg‗uloti  uchun  agar  u  qayta  topshirilsa,  JB  da  to‗plagan  ballar 
yig‗indisidan 5%, agar qayta topshirilmasa 10% balldan olib tashlanadi; OB ni 2 hafta muddatda 
qayta  topshirishga  ruxsat  beriladi;  semestr  yakunida  fan  bo‗yicha  saralash  balidan  kam  ball 
to‗plagan talabaning o‗zlashtirishi qoniqarsiz (akademik qarzdor) hisoblanadi; akademik qarzdor 
talabalarga semestr tugaganidan keyin dekan ruxsatnomasi asosida qayta o‗zlashtirishi uchun bir 
oy  muddat  beriladi,  shu  muddat  davomida  o‗zlashtira  olmagan  talaba  fakultet  dekani  tavsiyaga 
ko‗ra belgilangan tartibda rektorning buyrug‗i bilan talabalar safidan chetlashtiriladi. 
Talaba  nazorat  natijalaridan  norozi  bo‗lsa,  appelyasiya  komissiyasiga  murojaat  etishlari 
mumkin.  Appelyasiya  komissiyasi  3  a‘zodan  kam  bo‗lmagan  tarkibda  rektor  buyrug‗i  bilan 
tashkil  etiladi.  Talabalar  appelyasiya  komissiyasiga  fan  bo‗yicha  YAB  natijalari  e‘lon  qilingan 
vaqtdan boshlab 1 kun davomida ariza bilan murojat qilishlari mumkin. Appelyasiya komissiyasi 
talabalarning arizalarini ko‗rib chiqib, shu kunning o‗zida xulosasini beradi. 
O‗quv  rejasida  muayyan  semestr  (o‗quv  yili)  ga  belgilangan  fanlarning  barchasi  saralash 
balidan yuqori ball to‗plagan talabalar rektorning buyrug‗i bilan kursdan kursga o‗tkaziladi. 
Namuna: 
    
Xaftalar  
                
soni 
 Baxolash  
turi 
 

 

 

 

 

 
6  
 
7  
 

 
 

 
 
10 
 
11 
 
12 
 
13 
 
 
14  
 
15  
 
16  
 
17 
ON 
 
 
18 
YAB 
 
jami 
JN 
+  +  5  +  5  +  5  +  5  5 








45 
TMI 
 
 
1   
1   

 
1   
 

 
 
 
 
 
 

ON 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
20 
 
20 
YAB 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
30 
30 
JAMI 
 
 
5   
5   
5   
  5 

 

 

 
20 
30 
100 
 
Fanlardan  reyting  nazorati  bo‗yicha  yakunlovchi  qaydnoma  varaqasi  (vedomost)  fan 
tugagan  kundan  1  kun  muddatda  kafedrada  2  nusxada  to‗ldiriladi  va  mas‘ul  xodim,  kafedra 
mudiri tomonidan imzolanib, 1 nusxasi dekanatlarga topshiriladi.  
Talabaning  fan  bo‗yicha  baholash  turlarida  to‗plagan  ballari  reyting  qaydnomasiga  butun 
sonlar bilan qayd qilinadi  
Fan bo„yicha reyting daftarchasini rasmiylashtirish tartibi:  
 
№  Fan nomi 
Umumiy 
o‗quv soat 
Uzlashtirish 
kursatkichi 
Rey 
ting 
O‗qituvchining 
F.I.SH 
Sana 
Imzo 

Patologiya 
72 
86 
62 
Saidov.S.A. 
15.06.2013 y   
Talabaning fan bo‗yicha bir semestrdagi reytingi quyidagicha aniqlanadi;                                                       
R


V*O
'  
           100 
bu erda: V - semestrda fanga ajratilgan umumiy o‗kuv yuklamasi (soatlarda);  
               O' - fan bo‗yicha o‗zlashtirish darajasi (ballarda). 
 
Talabaning  saralash  balidan  past  bo‗lgan  o‗zlashtirishi  ―Reyting  daftarchasi‖da  qayd 
etilmaydi. 
Dekanat  va  kafedralar  tomonidan  belgilangan  tartibda  fan  bo‗yicha  talabaning  JB,  OB 
hamda  YAB  turlarida  ko‗rsatilgan  o‗zlashtirish  reyting  ko‗rsatgichlarining  monitoringi  olib 

236 
 
boriladi.  O‗zlashtirish  natijalari  kafedralar  tomonidan  reyting  nazorati  ekranida  muntazam 
ravishda yoritib boriladi va belgilangan tartibda qaydnomalarga kiritiladi.   
                     
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling