Агрессия нима?
Ж: Agressiya (lotincha aggressio – hujum) – xalqaro huquqda BMT Ustavi nuqtayi nazaridan qurolli kuchlarning istalgan g‘ayriqonuniy qo‘llanishi, ya’ni qurolli tajovuz.
БМТ ҳарбий кучлари нима учун хизмат қилади?
Ж: BMT ustaviga muvofiq BMT harbiy kuchlari BMT Xavfsizlik Kengashi qarori bilan va uning rahbarligida tashkil etiladi va amal qiladi. Mazkur harbiy kuchlar faqatgina favqulodda vaziyatlarda boshqa barcha choralar natija berma- ganda (BMT Ustavi 42-moddasi), tinchlik buzilganida yoki unga tahdid tug‘ilganida, agressiya holatlarida (BMT Ustavi 39-moddasi) xalqaro tinchlik va xavfsizlikni tiklash va qo‘llab-quvvatlashga xizmat qiladi.
БМТнинг асосий мақсадларини айтинг.
Ж: BMTning asosiy maqsadlari quyidagilar hisoblanadi:
БМТ Бош Ассамблеяси ҳақида маълумот беринг.
Ж: Bosh Assambleya - BMTning eng vakolatli organi hisoblanadi. Uning ishida 193 mamlakat qatnashadi, ular har yili global tusdagi 150 dan ortiq masalani muhokama etishadi.
ЮНИСЕФ қандай фаолият билан шуғулланади?
Ж: 1946-yildan boshlab BMT doirasida, shuningdek, BMT Bolalar Fondi (YUNISEF) ham faoliyat yuritmoqda. U mamlakatlarga favqulodda vaziyatlarda ko‘maklashadi, shuningdek birlamchi tibbiy-sanitar yordam ko‘rsatish, toza ichimlik suvi bilan ta’minlash, maqbul sanitar sharoitlari yaratish bilan shug‘ullanadi, bolalar va ayollar ovqatlanishi va ta’lim olishi ustidan nazorat qiladi. YUNISEF faol ishlari tufayli har yili 3 milliondan ortiq bolaning hayoti saqlab qolinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |