Sakkizinchi dars. Mavzu. Badiiy asarning til xususiyatlari. Badiiylik va hozirgi adabiy jarayon. Reja


Tilning badiiy asar unsurlari orasidagi alohida roli


Download 27.47 Kb.
bet2/12
Sana02.01.2022
Hajmi27.47 Kb.
#184825
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
8 maruza ad-k

2. Tilning badiiy asar unsurlari orasidagi alohida roli. Adabiy asarning shakli faqat uning tili bilan cheklanmaydi. Adabiy asarning shakliga xarakterlar, sujet, kompozitsiya va boshqa ko’pgina unsurlar ham kiradi. Badiiy asar ana shu unsurlar (tarkibiy qismlar)siz maydonga kelmaydi. Xarakterlar tasviri badiiy asarda hayotni in'ikos ettirishning bosh vositasi va shaklidir. Ammo badiiy asarning hamma unsurlari faqat til orqali ifoda etiladi. Shuning uchun ham tilning badiiy asardagi roli juda kattadir.

Tilning adabiy asardagi alohida roli yana shunda ko’rinadiki, asarning sujet qurilishida, xarakterlar tasvirining chuqurligida, kompozitsiyasida nuqsonlar bo’lsa, o’quvchi bunday asarni o’qishi mumkin, ammo tili no’noq bo’lsa, o’qimaydi, til jihatidan no’noq asar adabiyotda uzoq yashay olmaydi. Bunday asar, sozi buzilgan cholg’udek, odamning g’ashini keltiradi va oxiri o’quvchini uni oqishdan voz kechishga majbur etadi. Aksincha, tilning ravonligi va yorqinligi ba'zan asar mazmunidagi katta kamchiliklar (mazmunning sayozligi, g’oyaning bachkanaligi)ni ko’zga tashlanmaydigan qilib qo’yishi ham mumkin.

Adabiyotning eng muhim xususiyatlari - badiiylik va ommaviylik ham til orqali ro’vobga chiqadi. Badiiylik dastavval adabiy asarning tilida namoyon bo’ladi. Ijod jarayoni yozuvchi zehnida paydo bo’lgan hamma badiiy unsurlar (kishilarning obrazlari, sujet, kompositsiya, hayotiy hodisalarga ijobiy yoki salbiy munosabat va boshqalar)ning til orqali ifoda etilib, qog’ozga tushirilishi jarayonidir.


Download 27.47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling