3. Jonli til, adabiy til va badiiy til. Xalqning kundalik hayotda ishlatadigau tili “so’zlashuv tili" yoki “jonli til" deb ataladi. So’zlashuv tili kishilarning aloqa quroli, ularning fikr va hislarini bir-birlariga yetkazish vositasidir.
Har bir xalqning yozuv tili “adabiy til" deb ataladi. Bu yerda “adabiyot" so’zining keng ma’nosi - yaratilgan badiiy, ilmiy-texnik, iqtisodiy va siyosiy asarlar ko’zda tutiladi. Yozilgan yoki teatr, kino, televideniye va radio orqali ko’pchilikka qaratib aytiladigan nutq hammaga tushunarli bo’lishi lozim. Bunday talab natijasida adabiy til jonli tilning bir qancha xususiyatlaridan – mahalliy so’zlar va mahalliy talaffuzdan. maxsus sohalarda ishlatiladigan so’zlardan voz kechadi.
Badiiy adabyot asarlarida ham ana shu adabiy til asos bo’lib qoladi. Ammo badiiy adabiyot tili adabiy tildan farq qiladi. Bu farqni pavqab olish uchun. masalan “O’tgan kunlar" yoki “Navoiy" romanining tilini matbuot tili bilan solishtirish kifoyadir. Badiiy adabiyot asarlarining tili “badiiy til" yoki “poetik til” dcb ataladi. Bu tilning o’ziga xos xususiyatlari bor.
So’zlashuv tili, adabiy til, va badiiy (poetik) til har bir xalqning yagona milliy tili"ni tashkil etadi. Milliy tilning bu uch sohasi doimo bir-birini to’ldirib, mukammallashtirib boradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |