Dialog. Ikki va undan ortiq personaj o’rtasida bo’lgan suhbat „dialog" deb ataladi. Dialogning eng xarakterli xususiyati so’zlashuvchi personajlar orasida qizg’in fikriy tortishuv mavjudligidir („dialog" lotincha so’z bo’lib, „suhbat", „bahs", „tortishuv" demakdir); sof axborot mazmunidagi dialog juda ham kam uchraydi va odatda dialogdagi bahsni tayyorlashga xizmat etadi.
Dialog personajlarning ichki dunyosini ochib, ularning munosabatlaridagi ziddiyatni ko’rsatadi va rivojlantiradi, sujetning doimo „siljib borishi"ga xizmat etadi. Shu sababli dialog badiiy asar shakli va mazmunida katta rol o’ynaydi.
Dialog xarakterning shakllanishini ko’rsatishda katta rol o’ynaydi. Agar biz muallif nutqini tashlab ketib, personajlarning dialoginigina ko’zdan kechirsak ham, asarning g’oyasi, sujeti va butun mazmuni haqida ancha to’Iiq tasavvur olamiz: adabiy asarda dialogning shakllantiruvchi roli shunchalik zo’r.
Do'stlaringiz bilan baham: |