Sakkizinchi dars. Mavzu. Badiiy asarning til xususiyatlari. Badiiylik va hozirgi adabiy jarayon. Reja
Muallif nutqi va personajlar nutqi
Download 27.47 Kb.
|
8 maruza ad-k
4. Muallif nutqi va personajlar nutqi. Adabiy asar tili bir-biridan sezilarli farq qiladigau ikki bo’lakdan - muallif nutqi va personajlar nutqidan iborat. Muallif nomidan aytilgan gaplar muallif nutqini tashkil etadi. Muallif nutqining vazifalari xilma-xil, ularning hammasi asar mazmunining ta'sirchanligiga xizmat qiladi.
Asardagi muallif nutqi dastavval axborot xarakteriga ega. Muallif nutqi personaj ishidan yoki uning boshqa personajlar bilan munosabati, o’z ichki dunyosida numalar bo’layotgani haqida o’quvchiga axborot beradi. Muallifning axborot beruvchi nutqi personajlarning ishlari va holati bilangina emas, balki personajlar hayotida ro’y bergan va ularga noma’lum bo’lgan juda muhim hodisalardan yoki holatlardan ham o’quvchini xabardor qiladi. Muallif nutqi yana personajlarning ichki dunyosini, hatto ularning o’zlari ham izhor etib berolmaydigan ruhiy holatlarini tasvirlaydi. Muallif nutqi orqali biz uning tasvir etilayotgan predmetga ijobiy yoki salbiy munosabatini bilamiz va bu asarda xolisona tasvir etilgan hayot manzaralari va kishilar bilan birga asarning g’oyaviy yo’nalishi, muallifning niyati haqida aniq tasavvur beradi. Muallif nutqi, butun badiiy asarning tili kabi, ta’sirchan nutqdir. Bu ta’sirchanlik ba’zan muallif nutqining personaj nutqiga ko’chishida ham namoyon bo’ladi. Qisqasi, muallif nutqi adabiy asarning hamma katta va kichik qismlarini bir-biriga mahkam bog’lab turuvchi omildir. Personajlar nutqi asarda tasvirlanavotgan kushilarning o’zaro suhbatlari, yolg’izlikdagi o’ylari yoki bir-birlariga yozgan maktublaridan yuzaga keladi. Personajlar nutqi jamiyatdagi xilma-xil tabaqa vakillarining obrazlarini yaratishga yordam beradi. Adabiy asarning muallif nutqidan va personajlar nutqidan iborat tili o’ziga xos bir qancha xususiyatlarga ega.
Adabiy asarda xalq tilining boyligi va imkoniyatlari ijtimoiy ong mahsulotining hech bir sohasida ko’rilmagan darajada to’lalik bilan jamg’ariladi. Serqatlamlilik badiiy asar tilining katta ma’rifiy va estetik qimmatini ta’minlaydi. Obrazlilik. Adabiy asar tilining emotsionalligiga sabab uning obrazliligidir. Obrazlilik serqatlamlilik bilan bir qatorda. badiiy asarning ta’sir kuchini oshiradi. Tarixiy janrda til xususiyatlari. Istorizmlar. O’tmishdagi hayot tasvirida ishlatilgan, o’sha zamonga xos so’zlar istorizmlar deb ataladi. Istorizmlar aslida arxaizm (asar yozilgan davrda eskirib, kam iste'mol etiladigan so’zlarning bir turi bo’lib, tarixiy davrning haqqoniy manzarasini yaratishda ma’lum rol o’ynaydi. Xalq tili - badiiy til xazinasi. Til adabiyotning asosiy qurolidir, hayot hodisalari, faktlari bilan birga uning materialidir. Faktlar zamirida yashiringan ijtimoiy hayot ma'nosini uning muhimligi, to’liqligi va yorqinligicha tasvirlashni o’z oldiga vazifa qilib qo’ygan badiiy adabiyotdan ravon tushunarli til puxta tanlangan so’zlar talab etiladi. “0'tgan kunlar" xalq tilidan yozuvchi qanday foydalanishi lozimligiga yaxshi misoldir. Shuning uchun hamOybek yozgan edi: ,,Yozuvchi xalq tilining boy xazinasidan istaganicha material oladi. Asarning badiiy to’qimasida yuzlarcha maqollar, maxsus ifodalar, turli gaplar, qochirimlar, so’z o’yinlari yarqiraydi. Mana bular tilni qonli, jonli, obrazli bir til qilad Adabiy asar tilini jonli, obrazli qiladigan vositalarbadiiy til vositalari deb ataladi.
Download 27.47 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling