Sakkizinchi dars. Mavzu. Badiiy asarning til xususiyatlari. Badiiylik va hozirgi adabiy jarayon. Reja


Download 27.47 Kb.
bet7/12
Sana02.01.2022
Hajmi27.47 Kb.
#184825
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
8 maruza ad-k

Monolog. Personajning hayot haqidagi eng muhim o’ylarini bir joyga yig’ib, yorqin ifoda etgan, personaj tomonidan boshqalarning yo’qligida yoki ular jim turgan holda aytilgan katta nutq „monolog" deb ataladi. („Monolog" „ichki nutq" demakdir.) Monolog personajning ichki dunyosini uning o’z tili bilan batafsil va hayajonli tarzda ochib beradi. Otabekning Xudoyorxon oldidagi nutqi, Yusufbek hojining Toshkent aholisini qo’zg’olonga da'vat etgan nutqi yoki uning siyosatdan nima uchun „etak qoqqani"ni oqlash niyatida Otabek qoshida aytgan so’zlari monologdir. Personajlarning bir-birlariga „yuragida borini to’kib solib" yozgan xatlarini ham monolog deb atash mumkin.

Personajning ruhiy holatini uning o’ylari orqali izhor etgan yakka nutq, odatda, „ichki monolog" deb ataladi.

Badiiy asarda monolog va dialog bilan birga ishlatiluvchi muallif nutqi ham ko’pincha katta va kichik monolog tusiga kiradi. Masalan, A. Qodiriyning Musulmonqul zulmi haqidagi mulohazalari („Musulmonqul istibdodiga xotima" bobi boshida) muallif monologidir.


Download 27.47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling