Samarkand davlat universiteti


X. Biologik ota-onasi hamda yaqin qarindoshlari bilan ijobiy iliq munosabatni shakllantirish va doimiy aloqani o’rnatish


Download 3.33 Mb.
bet82/137
Sana28.10.2023
Hajmi3.33 Mb.
#1732429
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   137
X. Biologik ota-onasi hamda yaqin qarindoshlari bilan ijobiy iliq munosabatni shakllantirish va doimiy aloqani o’rnatish

Har bir inson o’z shaxsiy mansubligini bilishi va o’z ijtimoiy “qobig’i”ga ega bo’lishi lozim. Zero, mustaqil hayotga moslashishining asosiy ko’rsatkichlaridan biri – bu o’z yaqinlari bilan ijobiy aloqani o’rnata olganidir.


Quyidagilarni inobatga olish zarur:
1) Bolalarda oila a`zolariga nisbatan xissiy munosabatni aniqlash;
2) Oilaviy shaxsiy, xissiy, ruhiy jarohatlar korrektsiyasi;
3) Hayotga nisbatan ijobiy ustanovkalarning shakllanganligi;
4) Mavjud bo’lgan taqdirda o’z ota va onasi bilan ijobiy munosabatni tiklash;
5) Ota-onasi mavjud bo’lmagan sharoitda yaqin qarindoshlar bilan faol aloqani tiklash;
6) Biologik ota-onalarni bola hayot tarziga ijobiy faol aralashuvini yaratish;
7) Bolalarning muassasani bitirib chiqishidan oldingi bosqichlarida ularning o’z xonadonlariga qaytib borishlarini ta`minlash va h.z.
XI. Vaqtincha bolalarning tarbiyasi bilan shug’ullana olish imkoniyati bo’lgan muqobil oilalarni qidirish

O’z biologik oilasida yashash imkoni bo’lmagan bolalarni jamiyatga samarali integratsiyalashuvini ta`minlash maqsadida bolalarni muqobil oilalarga tarbiyaga b’erish maqsadga muvofiq.


Bu borada quyidagilarga erishish zarur:

      1. Bolalarda barcha mezonlar bo’yicha tegishli savodxonligining oshirilganligi;

      2. Aholi orasida ota-ona qaramog’isiz qolgan bolalarga g’amxo’rlik ko’rsatish bo’yicha tashviqot ishlarining olib borilganligi;

      3. Qiyin hayotiy vaziyat tufayli ota-ona qaramog’isiz qolgan bolalarni mahalladan chiqarmay turib, shu mahalla aholisi ichidan bolaning oilasi o’z qiyinchiliklari va muammolarini bartaraf etguniga qadar yoki muqim yashash joyi belgilanguniga qadar vaqtincha oilaviy joylashtirishga mo’ljallangan xonadon/ muqobil oilalarning (ro’yxati) mavjudligi;

      4. Mahalla aholisi ichidan oldindan bolaning tarbiyasi bilan shug’ullana oladigan nomzod tutingan ota-onalar/oila/xonadon ro’yxatining mavjudligi;

      5. Nomzod tutingan ota-onalarni bolani oilaga qabul qilib olishga tayyorlash kurslarining yo’lga qo’yilganligi. Bu kurslar nomzod tutingan ota-onalarning pedagogik, psixologik, huquqiy, tibbiy savodxonligini oshirishga hamda bolaning individual psixologik xususiyatlari hamda olgan ruhiy jarohatlarini inobatga olgan holda ota-onalik funktsiyalarini amalga oshirishga tayyorlaydi;

      6. Mehribonlik uyida tarbiyalanayotgan bolalarni o’z oilasiga tarbiyaga olgan oila/xonadonlarning mavjudligi va h.z.

Download 3.33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   137




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling