ASOSIY XULOSALAR
Doiraviy silindrik qobiqni, elastiklik nazariyasiga qat’iy bo‘sinuvchi silindrik qatlam deb qarab, uning nostatsionar fizik nochiziqli buralma tebranishlari umumiy va aniqlashtirilgan yangi tenglamalari keltirib chiqarildi.
Doiraviy silindrik qatlamning nostatsionar fizik nochiziqli buralma tebranishlari umumiy va aniqlashtirilgan tenglamalarining quyidagi xususiy hollari tadqiq qilindi: a) silindrik yupqa devorli qobiqning nochiziqli buralma tebranishlari tenglamalari; b) doiraviy sterjenning nochiziqli buralma tebranishlari tenglamalari; Ushbu tenglamalarning xususiy hollari 1) chiziqli; 2) G.Kauderer; 3) I.G.Filippovlarning tenglamalari ekanligi isbotlandi.
Doiraviy silindrik elastik qobiq va sterjenlar nuqtalaridagi kuchlangan deformatsiyalangan holatni aniqlashga imkon beruvchi algoritm ishlab chiqildi.
Sterjenning uchidan berilgan kinematik zarba va sirt kuchi ta’sirida tebranishlari haqidagi masalada bunda ko‘chish qiymatlarini sonli hisoblash, fizik nochiziqlilik hisobga olinib amalga oshirilganda chiziqli nazariya asosidagi natijalarga qaraganda 10% kam.
Turli nazariyalar asosida ko‘chishni hisoblash natijalarini taqqoslash chiziqli nazariya asosidagi natijalar ko‘chish qiymatlarining yuqori chegarasi sifatida, G.Kauderer nazariyasi bo‘yicha olingan natijalarni esa quyi chegara sifatida qabul qilish mumkin; I.G.Filippov nazariyasi bo‘yicha olingan natijalar chiziqli nazariya natijalari bilan deyarli bir xil; dissertatsiyada olingan tenglama asosida olingan natijalar klassik va G.Kauderer nazariyalari bo‘yicha olingan natijalar orasida.
Sterjenning uchidan berilgan dinamik zarba va o‘zgarmas sirt kuchi ta’sirida tebranishlari haqidagi masala yechildi: bu yerda ham chiziqli nazariya bo‘yicha olingan natijalar nochiziqli nazariya bo‘yich olingan natijalarga nisbatan katta. Chiziqli va nochiziqli nazariyalar natijalari orasidagi farq (30%) gacha va undan ham ko‘proqqa yetishi mumkin.
Kinematik zarba ta’sirida yupqa devorli silindrik qobiqning fizik nochiziqli buralma tebranishlari haqidagi masala yechildi: qobiqning turli kesimlarida buralma ko‘chishning va kuchlanishlarning tashqi kuchning ma’lum qiymatida vaqtdan va koordinatadan bog‘liq o‘zgarishlari tadqiq etildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |