Samarqand davlat chet tillar instituti tarjima nazariyasi va amaliyoti kafedrasi


Download 1.72 Mb.
Pdf ko'rish
bet173/201
Sana05.01.2023
Hajmi1.72 Mb.
#1080028
1   ...   169   170   171   172   173   174   175   176   ...   201
Bog'liq
Qo\'ldoshev grammar

 
PREDLOGLAR 
UNIT – 114 (At/in/on larning vaqtga ishlatilishi) 
1Soatlarga va kunning ba’zi qismlariga nisbatan “AT” predlogi ishlatiladi: at 5 o’clock – soat 5 da, at 
11.45 – soat 11.45.da, at midnight-yarim tunda, at lunchtime – tushlik paytida 
Izoh: Quyidagi birikmalarda ham “at” predlogi ishlatiladi: at night – tunda, at the weekend – hafta 
so’ngida, at week-ends – hafta oxirlarida, at Chiristmas – Milod kunida, at Easter – Pasxa bayramida, 
at Navruz – Navro’zda, at the moment – ayni paytda, at present – hozirda, at the same time – bir 
paytda, at the age of – yoshida.
2. Sana va hafta kunlari nomlari oldidan “ON” predlogi ishlatiladi. Oy nomlari oldidan raqam 
kelganda ham “on” predlogi ishlatiladi: on 12 March – 12chi martda, on Fridays – juma kunlarida, on 
Christmas day – Milod kunida. (Lekin: at Christmas).
3. Quyidagi birikmalar oldidan ham “on” predlogi ishlatiladi: on Friday morning – juma tongida, 
on Sunday afternoon – yakshanba peshinda, on Monday evening – dushanba kechqurun, on Saturday 
night – shanba kuni tunda.
4. Uzunroq vaqt oraliqlariga, ya’ni oyyilfasl nomlari oldidan “IN” predlogini ishlatamiz: in April 
– Aprelda, in 1968 – 1968 yilda, in (the) winter – qishda, in the 18
th
 century – 18inchi asrda, in the 
1970s – 1970inchi yillardain the Middle Ages – o’rta asrlarda.
Izoh: Quyidagi birikmalarda ham “IN” predlogi ishlatiladi: in the morning – ertalabda, in the afternoon 
– tushlikdan keyin, in the evening – kechqurunda (lekin: on Friday morning).
5. Next (kelasi) va last (o’tgan) so’zlari oldidan at/on/in predloglarini ishlatmaymiz: I’ll come next 
Friday. Men kelasi juma kunida kelaman. They got married last year. Ular o’tgan yili uylangan edi.
6. Kelajakdagi vaqtni bildiradigan birikmalar oldidan ham “IN” predlogi ishlatiladi. Bu birikmalar 
kelajakni ifodalaganda ularda kelgan “in” predlogi “keyin” deb tarjima qilinadi: in a week – bir haftadan 
keyin, in a month – bir oydan keyin, in a few minutes – bir necha daqiqadan keyin, in the future – 
kelajakda, in six months – olti oydan keyin, in a week’s time – bir haftalaik vaqtdan keyin, (in the past 
– o’tgan zamonda).
Lekin: I learnt to drive in four weeks. Men mashina haydashni 4 hafta ichida o’rgandim.
UNIT – 115 
1. For – predlogi biror ish-harakat yoki holatning qancha vaqt oralig’ida davom etganligini 
bildiradi va “davomida”, “-ga, -lik”, “buyon” deb tarjima qilinadi: I watched television for two hours last 
night. Men o’tgan oqshom 2 soat televizor tomosha qildim. Ann is going away for a week in September. 
Anna sentyabrda bir haftaga safarga ketmoqchi. I have been waiting for ages. Men uzoq vaqtdan buyon 
kutmoqdaman.
2. During (paytida, davrida) – predlogidan keyin ot keladi. Biror narsaning qachon sodir 
bo’lganligini aytish uchun During dan keyin ot ishlatamiz: during the film – kino paytida, during our 
holiday – ta’tilimiz paytida, during the night – tun mobaynida. I fell asleep diring the film. Kino paytida 
uxlab qoldim.
3. While (paytida, davrida) – predlogidan keyin esa Ega + Kesim keladi va ko’pincha davomli 
zamon ishlatiladi: I fell asleep while I was watching television. Televizor ko’rayotganimda uxlab qoldim.

Download 1.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   169   170   171   172   173   174   175   176   ...   201




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling