Samarqand davlat chet tillar instituti tarjima nazariyasi va amaliyoti kafedrasi


Download 1.72 Mb.
Pdf ko'rish
bet86/201
Sana05.01.2023
Hajmi1.72 Mb.
#1080028
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   201
Bog'liq
Qo\'ldoshev grammar

ONE olmoshi 
1. One olmoshi gapda noaniq shaxsni ifodalab, ega vazifasida kelishi va “kishi, odam” deb 
tarjima qilinadi: One should be careful when crossing the street. Kishi ko’chani kesib o’tayotganda 
hushyor bo’lishi kerak.
2. One olmoshi qaratgich kelishigi shaklida (-‘s) qo’shimchasini olib one’s shaklida ham 
keladi va “o’z” deb tarjima qilinadi: One should keep one’s word’s.
3. One olmoshi gapda bir marta ishlatilgan birlikdagi sanaladigan otlarni ikkinchi marta 
takrorlamaslik uchun o’sha otning o’rniga ishlatiladi: I haven’t got a dictionary. I must buy one ( = 
a dictionary)Menda lug’at yo’q. Bitta sotib olishim kerak. This is a black cat and that is a brown 
one. Mana bu qora mushuk, ana unisi esa malla
4. Gapda bir marta ishlatilgan ko’plikdagi sanaladigan otlarni ikkinchi marta takrorlamaslik 
uchun “ones” olmoshi ishlatiladi: These shoes are too small I need bigger ones. Mana bu tuflilar 
juda kichik, menga kattaroqlari kerak.
Lekin: Gapda bir marta ishlatilgan ko’plikdagi sanaladigan va sanalmaydigan otlarni ikki 
marta takrorlamaslik uchun Some va Any olmoshlarini ishlatish ham mumkin: - You can take my 
stamps if you want. – No, thank you, I have got some. Agar xohlasang mening markalarimni 
olishing mumkin. Yo’q, rahmat, o’zimni bir necht bor. Have you got roses? No, I don’t have any. 
Atirgullaringiz bormi? Yo’q, menda bironta ham yo’q.
Much va many olmoshlari
1. Much (ko’p) – olmoshi sanalmaydigan birlikdagi otlar oldidan, many (ko’p) – olmoshi esa 
sanaladigan ko’plikdagi otlar oldidan ishlatiladi: I haven’t got much milk. Menda ko’p sut yo’q. He 
hasn’t got much money (work). Unda ko’p pul (ish) yo’q. He hasn’t got many friends. Unda ko’p 
do’stlar yo’q. Have you got many English books? Ko’p inglizcha kitoblaring bormi?

Download 1.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   201




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling